1-mavzu: tabiiy fanlar konsepsiyasi reja


Hayotning biokimyoviy evolyutsiyasi



Yüklə 35,26 Kb.
səhifə5/8
tarix22.03.2023
ölçüsü35,26 Kb.
#102918
1   2   3   4   5   6   7   8
1-MAVZU TABIIY FANLAR KONSEPSIYASI

Hayotning biokimyoviy evolyutsiyasi. Bu nazariya XX asrning 20-30-yillarida shakllana boshladi. Bu nazariyaga ko’ra Yerning ilk rivojlanishi davrlarida undagi iqlim sharoitlari hozirgi zamondagiga nisbatan juda katta farq qilgan. Bunday sharoitda avval oddiy organik birikmalar abiogen usulda sintezlangan va asta-sekin kimyoviy evolutsiya natijasida murakkablashib, eng oddiy hayot shakllariga aylangan va undan keyin biologik evolutsiya boshlangan.
Ch. Darvin fikriga ko’ra hayot faqat hayot bo’lmagan sharoitlardagina kelib chiqishi mumkin. Geterotrof mikroorganizmlar yangi hosil bo’lgan organik moddalarni darrov parchalab tashlaydi. Shuning uchun ham hozirgi davrda hayot yangidan kelib chiqishi mumkin emas.
Yerda hayotning kelib chiqishi uchun zarur bo’lgan ikkinchi sharoit birlamchi atmosfera tarkibida kislorod bo’lmasligidir. Chunki kislorod bo’lsa, u yangi hosil bo’lgan organik moddalarni parchalab tashlagan bo’lar edi.
Hayotning anorganik moddalardan abiogen molekular evolutsiya natijasida hosil bo’lishi to’g’risidagi nazariya rus olimi A. I. Oparin (1924) va ingliz olimi J. Xoldeyn (1929) tomonidan yaratilgan.
Tabiatshunoslar fikriga ko’ra Yer bundan taxminan 4,5 - 5 milliard yillar oldin paydo bo’lgan. Dastlab Yer changsimon holatda, harorati juda yuqori (4000 – 8000s) bo’lgan. Asta-sekin sovish jarayonida og’ir elementlar sayyoramizning markaziga, yengillari esa periferik qismiga joylasha boshlagan.
Yerda eng qadimgi odiy tirik organizmlar taxminan 3,5 milliard yil avval paydo bo’lgan deb taxmin qilinadi. Hayot avval kimyoviy, keyin esa biologik evolutsiyaning mahsulidir.
Kimyoviy evolutsiya Yerning birlamchi atmosferasi tarkibidagi N, H, C, O o’zaro reaksiyaga kirishib ammiak, metan, uglerod oksidlari, vodorod sulfide, suv bug’lari kabi oddiy organik birikmalarni hosil qiladi.
Dastlab juda kam miqdordagi erkin kislorod birikmalar tarkibiga kirib tamom bo’lgan. Biologik monomerlar abiogen usulda sintezlangan. Yerning sovishi natijasida birlamchi okeanlar hosil bo’lgan. Suvdagi kislorod hisobiga oddiy organik birikmalar oksidlanib spirtlar, aldegidlar, aminokislotalar hosil bo’lgan, birlamchi okean murakkab organik moddalar bilan to’yinib borgan. A. I. Oparin hayotning paydo bo’lishini tajribada o’rganish mumkinligi g’oyasini birinchi bo’lib olg’a surdi. Darhaqiqat, S. Miller (1953 yy) tajribada birlamchi Yer sharoitining modelini yaratdi. U qizdirilgan metan, ammiak, vodorod va suv bug’lariga elektr uchquni ta’sir etib, asparagine, glitsin, glutamin aminokislotalarini sun’iy sintezladi.
Oparin fikriga ko’ra oqsil molekulalari kolloid birikmalarni hosil qilgan. Bu birikmalar suvdan ajralib turadigan koaservat tomchilarini hosil qiladi (lotincha coacervus - quyqa, quyuq narsa ma’nosini anglatadi).
Koaservatlar o’ziga suvdan har xil moddalarni biriktirib, bir-birlaridan tobora farqlanib borgan, ularda kimyoviy reaksiyalar kuzatilgan, keraksiz moddalar ajratilib chiqarilgan.
Koaservatlarni tirik mavjudodlar deb atash mumkin emas. Kimyoviy evolutsiyaning so’nggi bosqichlarida koaservatlar o’sa boshlagan, moddalar almashinishiga o’xshagan tirik organizmlarga xos belgilar paydo bo’lgan. Koaservatlar membrana bilan o’rala boshlagan va ularda bo’linish xususiyati paydo bo’lgan deb faraz qilinadi. Bunday koaservatlar protobiontlar yoki birlamchi hujayralar deb ataladi.
Keyingi 20 yilda yoki XX asrning oxirlarida Koinotda organik birikmalar mavjudligi haqida ma’lumotlar olindi (meteoritlar) va yerda hayot Koinot bilan bog‘liq ravishda paydo bo‘lganligi isbotlandi.
Oldingi idealistlar, diniy oqimlar va hatto materialistlarning nazariyalari ularning bilim o‘rganish darajasi yetarli bo‘lmaganlari uchun to‘liq asosli emas edi.
Geraklid (e.o.530 – 470 yy) tabiatga dialektik nuqtayi nazaridan qarab shunday degan: “Tabiatdagi hamma narsa o‘tkinchi va hamma narsa o‘zaro bog‘lanib, kosmosning birinchi elementlari olov, suv, havo, yer hammasi o‘zgaradi”. Bu faktlar umumiy birlikning kurtaklari bo‘lib, materiya rivojlanishining boshi va oxiri yo‘qligini ko‘rsatgan.
Dastlabki faylasuflarning hayot haqida fikrlari o‘ziga xos bo‘lgan. Chunonchi: Fales hamma narsa suvdan tabiiy rivojlanish orqali hosil bo‘lgan deydi. Anaksimandrning fikricha, hayot suv va yerga tushgan haroratning ta’siri natijasida hosil bo‘lgan. Anaksimenning fikricha, hayotning paydo bo‘lishida havo asosiy elementi bo‘lib, u qalinlashishi va siyraklashishi natijasida moddalar o‘zgarishi mumkin. Odam va hayvon yerning yopishqoq qismidan paydo bo‘lgan.
Ulardan keyinroq yashagan faylasuf mexanik materializm tarafdorlaridan biri bo‘lgan Demokrit (e.o.460 - 370 yy) fikricha dunyo son-sanoqsiz bo‘linmaydigan atomlardan iborat bo‘lib, ular cheksiz maydonlarga joylashgandir. Atomlar bir-biri bilan uzluksiz qo‘shiladi va ajralib ketadi, to‘xtovsiz harakatlanadi va hajmiga, shakliga, yirikligiga va tuzilishiga qarab, turlicha bo‘ladi. Ularning yengillari yuqoriga ko‘tarilib, havo va olovni, og‘irlari pastga tushib, suv va yerni hosil qilgan va ulardan yer va suvdagi barcha tirik organizmlar hosil bo‘lgan.
Qadimgi grek faylasufi Empedokl (e.o.490 - 430 yy) tirik jonivorning paydo bo‘lish mexanizmini o‘z - o‘zicha talqin qiladi. U Geraklid elementlar haqida bildirgan ilk fikrni rivojlantirib, ularning aralashuvi juda turli ko‘rinishlar hosil qiladi, ayrimlari bir-biriga to‘g‘ri kelmasa, parchalanib ketsa, ayrimlari qulay sharoitda saqlanib qoladi, elementlarning qo‘shilishi natijasida hayvonlarning organlari paydo bo‘ladi, hosil bo‘lgan organlarning qo‘shilishi natijasida butun organizmlar paydo bo‘ladi, deydi. Empedoklning fikri aslida hayotiy bo‘lib, tabiatda hayotchan yoki chidamlilari yashab qoladi. Forobiy falsafiy ta’limotida o‘z davridan kelib chiqib, hayotning paydo bo‘lishiga o‘z fikrini bildiradi. Uning ta’limoti mohiyat-e’tibori bilan ilohiy ta’limotdan tubdan farq qilib, ilmiy g‘oyalar bilan yo‘g‘rilgandir. Bu falsafaga ko‘ra, tiriklik yagona mavjudotdan iborat.
Borliqning kelib chiqishi Forobiy ta’limotida to‘rt unsurdan-tuproq, suv, havo, olovdan tashkil topgan, osmon jismlari ham shu jismlarning o‘zaro birikuvidan paydo bo‘ldi, deyiladi.
O‘rta asrlardagi Markaziy Osiyolik allomalardan yana biri Beruniy ham bir qator ilg‘or fikrlarni aytib o‘tdi. Osmon jismlarini geometrik tushuntirish asosida olim Kopernikdan bir necha asr avval yerni Koinotning markazi deb biluvchi geliotsentrik va Quyoshni Koinotning markazi deb o‘rgatuvchi geliotsentrik tizim teng kuchga ega degan xulosaga keladi.

Yüklə 35,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə