1. Mavzu: Ta`limni moderenezatsiyalash sharoitida maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish metodikasining nazariy asoslari. Reja


M. Montessori metodi haqida tushuncha



Yüklə 1,72 Mb.
səhifə16/125
tarix17.02.2023
ölçüsü1,72 Mb.
#101007
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   125
1. Mavzu Ta`limni moderenezatsiyalash sharoitida maktabgacha tMATEMATIKADAN MARUZA

M. Montessori metodi haqida tushuncha.
Та'limning insonparvarlashuvi va inson qobiliyatlarining ochilishi hamda uning ta’limga nisbatan bo‘lgan turli -tuman ehtiyojlari qondirilishi, milliy umumbashariy qadriyatlar ustuvorligining ta’minlanishi, inson jamiyat va atrof muhit o‘zaro munosabatlarining uyg’unlashuvidir.
Shu bois bugungi kunda maktabgacha ta’lim pedagogikasini rivojlantirish maqsadida bir qancha ilg’or usullar tatbiq etib kclinmoqda.
Shulardan biri Mariya Montessori texnologiyasidir. Bu mohiyatan hayotdan o‘zlashtirilgan “tabiiy” usul bo‘lib, bola tarbiyasida o‘zining har tomonlama mukammaligi bilan ommalashgan.
Prezident 1.A.Karimov ta’kidlagandek “Erkin fuqaro ongli yashaydigan, mustaqil fikrga ega bo‘lgan shaxs ma’naviyatini shakllantirish bizning bosh milliy g’oyamiz bo‘lishi zarur” M.Montessori texnologiyasi aynan shu fikrni olg’a suruvchi usullar majmui bo‘lib ma’nan yctuk mustaqil fikrlovchi va doimo muvaffaqiyatga erishishga
intiluvchi shaxsni tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashda mazkur texnologiyani xalqimizning milliy madaniy va tarixiy merosi hamda umumbashariy qadriyatlar bilan uyg’unlashtirgandagina ko‘zlangan maqsadga erishish mumkin. Bunday tarbiya asoslarini yaratish esa bugungi kunda asosiy maqsadidmiz hisoblanadi.
“Bizning bolalarga bo‘lgan munosabatimizni o‘ylar ekanman -deydi.
Montessori biz ularda tug’ilajak aqliy tuyg’ularini ehtiyojkorlik bilan rivojlantiruvchi hamda mashq qilidiruvchi omil hisoblanamiz”. Dcmak biz bolalarni rivojlantiriuvchi asosiy omil ekanmiz, inson uchun nima muhim biz ularga nisbatan qanday munosabatda bo‘lishimiz kerak? - degan savolga javob izlashimiz zarur.
Eng avvalo bola bizning shaxsiy mulkimiz dcgan fikrdan qutilishimiz kerak. U nafaqat o‘z oilasining a’zosi balki jamiyatning bir bo‘lagi ckaniga ko‘nikishimiz zarur. Bundan tashqari bola boshqalarga
tegishli bo‘lgan yagona insoniy hilqat hisoblanishini ochiq tan olishimiz juda muhim.
Kichik yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanishi (Montessori metodikasi bo ’yicha)
Agar biz bugungi kunda «Zamonaviy maktablarda o‘quvchilarning intellcktual rivojlanish darajasi qay ahvolda?» dcgan savolni bersak, Montessori bizning savolimizga shunday javob bcrar edi: «Maktab o‘qituvchisi o‘quvchi intellektining quruvchisi hisolanadi. O‘quvchi o‘qituvchi imkon bcrgan darajada
shakllanadi. O‘qituvchi nimaniki bergan bo‘lsa, o‘shani biladi. O‘qituvchi nimani tushuntirgan bo‘lsa, o‘quvchi undan ko‘p ham, kam ham narsani tushunmaydi. O‘quvchilarning muvaffaqiyatlarini maqtashganda bu maqtovlar bcvosita o‘qituvchiga ham tegishlidir. Sinfning yutug’i — uning muvaffaqiyatidir. Uning mahorati shundaki, o‘quvchilarga yetkazishni zarur deb bilgan darsini bolalarning
diqqat bilan tinglashlaridir». Aytilgan bu so‘zlar ayni haqiqat. Xo‘sh, bular boshlang’ich maktabga tegishlimi yoki bolalar bog’chasiga aloqador? O‘qituvchi, tarbiyachi, xullas, bolalarni tarbiyalovchilarning barchasi ta’lim-tarbiya jarayonida faoliyat yurituvchi asosiy shaxs hisoblanadilar. Shuningdck, ularning ruhiy rivojlanishida ham chcksiz quvvat manbai hisoblanadi. Bolalarga faqatgina kattalar tomonidan yoki o‘z xohishi bilan yoxud bclgilangan dasturga ko‘ra taqdim etiladigan «taomni» qabul qilishgina qoladi, xolos. Va shu o‘rinda «erkinlik», «erkin tarbiya» deb ataluvchi tushunchani yuzaga keltiradi.
«Erkinlik» masalasi qancha ko‘p muhokama qilinmasin, bola baribir qaram bo‘lib qolmoqda. Hattoki unga yuqori darajada e’tibor ko‘rsatilganda ham u erkin emas, balki «qarovsiz»dir. Ya’ni, uning intellekti qarovsiz, «yoqimsiz taomni tanovvul» qilishga majbur. Natijada rivojlanish uchun keng erkinlik beruvchi
hissiyotlarga bo‘ysunadi. Faqatgina shunchaki harakatlanadigan bola erkin hisoblanmaydi. Balki o‘z harakatlarida aniq o‘ylangan maqsadga ega bo‘lgandagina muayyan tashkil etilgan sharoitda o‘z shaxsini rivojlantirishga va shakllantirishga qodir. Shaxsiy rivojlanishi uchun uning o‘zi mustaqil ish tanlay
oladi. Biror bir ishga uzoq vaqt davomida o‘z intilishi bilan katta intellektual, maqsad bilan sho‘ng’ib ketadi. Fikrni jamlab prcdmctlarni (sensor materiallarda) tanlash imkoniyatini, muhokamasi va tuzatish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. O‘z salohiyatini yuzaga chiqarib, uni yuksaltirish uchun turtki bera oladigan bolagina erkin hisoblanadi.


Yüklə 1,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə