1. Mavzu: Ta`limni moderenezatsiyalash sharoitida maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish metodikasining nazariy asoslari. Reja


Predmetlar o’lchamini taqqoslashga o’rgatish



Yüklə 1,72 Mb.
səhifə19/125
tarix17.02.2023
ölçüsü1,72 Mb.
#101007
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   125
1. Mavzu Ta`limni moderenezatsiyalash sharoitida maktabgacha tMATEMATIKADAN MARUZA

Predmetlar o’lchamini taqqoslashga o’rgatish.
Narsalaming yig‘indisini taqqoslash. Bolalar dastlab narsa- laming ikki guruhini taqqoslash asosida miqdoriy nisbatlar: tenglik- tengsizlik bilan tanishtiriladi.
Kichkintoylar diqqati bir guruhdagi narsalami, boshqa guruh- dagi narsalami, taqqoslanayotgan guruhlaming qaysi birida narsalar ko‘p va qaysisida kamligini yoki har ikkala guruhda ham bab- baravarligini aniqlashga qaratiladi.
Narsalaming ikki yig‘indisini taqqoslash bolalaming «qancha bo‘lsa, shuncha», «bab-baravar», «ortiq», «кат» iboralarining ma’nosini anglab olishlariga yordam beradi.
Awal ulaiga amaliy taqqoslashning eng oddiy usuli—narsalami namunaviy rasmlari ustiga qo‘yish usuli o‘igatiladi. Bunday rasmdagi tasvir kichkintoylarga tasviming har bir elementini ajrata olishni va uning chegaralarini ko‘ra bilishni o‘rgatishga yordam beradi.
Bolalarni mashq qildirish uchun narsalaming rasmlari bir- biridaa baravar uzoqlikda qator qilib terib qo'yilgan ko'rgazmalar- dan foydalaniladi. Bolalaming to‘plamlardagi narsalarsonini idrok etib, tajribalarini oshirib borishlari muhim ahamiyatga ega, shuning uchun ko'rgazmalarda 3 tadan 5 tagacha narsa tasvirlangan bo‘lishi kerak. Bu mashg‘u!otlarda harbirbola ikkita ko'rgazma bilan ishlaydi. U har qaysi ko’rgazmaga o'yinchoqlarning 2 turini navbatma- navbat joylashtiradi. Kichkintoylarga o'yinchoqlar qutichada (yoki Iikopchada) beriladi. Bu o‘yinchoqlar bolaga kerak bo'lganidan ortiq bolishi kerak. Masalan, agar ko‘rgazmada 4 ta qo‘ziqorin- chaning rasmi bo'lsa, qurichaga kamida 6-7 dona qo‘ziqorin solib beriladi. Bolalar kartochkada nechta rasm chizilgan bo‘lsa, ularning ustiga shuncha narsa qo'shishni o‘rganishlari kerak.
Pedagog (tarbiyachi) mashg'ulotning birinchi qismida yig‘ma tasmalarga asosiy e’tibor bolalaming ustma-ust qo‘yish usulini bilib olishlariga qaratiladi. Bolaga o'yinchoq yoki rasmlami qanday qo'yganligini aytib berishini taklif qilish foydalidir.
Ikkinchi mashg'ulotda bolalar og'zaki ko'rsatma bo‘yicha ish qiladilar. Avval ularga birinchi mashg'ulotda ishiatgan o'yinchoqlari- ning biror turidan foydalanish so‘ngra esa bu o'yinchoqlarni bosh- qalari bilan almashtirish tavsiya etiladi.
Tasmalarni ustiga qo‘yish usuli bolalarga 2-3 mashg‘ulot davomida o'rgatiladi. Shundan so‘ng bolalarga tasmalarni ustiga qo'yish usuli yordamida bir to‘plam elementlari bilan boshqa bir to'plam elementlarini taqqoslash o‘rgatila boshlanadi.
Mashg‘ulotlarda ko‘rgazmalar didaktik material vazifasini bajaradi. Tasmalaming birida bir-biridan bir xil uzoqlikda joylashgan predmetlar yoki geometrik figuralar (3-5 dona)dan foydalaniladi.
Predmetlar (archalar, qo‘ziqorinchalar, ko‘rgazmalar va hokazolar)ning tekislikdagi rangli tasviridan, hajmli kichkina o‘yinchoqlardan va geometrik figuralar (doiralar, kvadratlar, uchburchaklar)ning modellaridan tarqatma material sifatida foydalaniladi.
Ba’zi kichkintoylar ko‘rgazmalardagi rasmlarning qanday joy- lashganligini bilishga qiynaladilar. Ular rasmlar o'rtasidagi oraliqni go‘yo ko'rmaydilar. Bunday bolalarga ko‘rgazmalarni katakchalarga ajratib berish maqsadga muvofiqdir. Shunda predmetning har bir rasmi alohida katakcha ichida joylashgan bo‘ladi, uning ostida esa rasmsiz katak bo‘ladi. Yuqori doskadagi har bir rasmdan pastki
doskaga ko‘rsatkich o‘tkazilgan ko'rgazmalami ham berish mumkin. Ko‘rsatkichlar kichkintoylaming prcdmetlarni ko‘rgazmalardagi rasmlar bilan taqqoslashlariga yordam beradi.
Bolalar ustiga qo'yish usulidan foydalanganlarida, ular pred- metlarning rasmlarini faqat bir-biridan farq qiladilar va ustini bekitadilar. Endi topshiriq murakkablashadi: predmetlarni rasmlar ostiga aniq qo‘yish, ular o'rtasidagi oraliqni (ya’ni, ulaming fazoviy joylashuvini) qat’iy hisobga olish kerak.
Bolalami yoniga qo‘yish usuli bilan tanishtirishdan oldin ularga o'yinchoqlar (rasmlar)ni ko'rgazmalardagi rasmlar ustiga qo‘yish taklif qilinadi. Bunday qilish ish-harakatning yangi usulini ilgari o‘zlashtirilgan usul bilan boglash imkonini beradi.

Yüklə 1,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə