1-Mavzu: Tarbiya fanini o’qitish metodikasi fanining asosiy maqsad va vazifalari



Yüklə 276,6 Kb.
səhifə18/26
tarix16.05.2023
ölçüsü276,6 Kb.
#110683
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26
1 Mavzu Tarbiya fanini o’qitish metodikasi fanining asosiy maqs

Ta’limni tashkil etish metodikasi ta’lim mazmunini shakllantirish kabi erkin tanlanishi mumkin emas. Bu borada muayyan ijtimoiy, psixologik va pedagogik talablarni inobatga olish zarur. Bunday talablar ta’limning tashkiliy-metodik tamoyillari deb yuritiluvchi tamoyillar mazmunida o‘z ifodasini topgan:


  • ta’limning izchilligi, tizimliligi, ketma-ketligi;

  • ta’limda onglilik va ijodiy faollik;

  • ta’limda ko‘rgazmalilik;

  • ta’limning samaradorligi va ishonchliligi (mustahkamligi);

  • ta’limning tushunarliligi;

  • guruhli va individual ta’lim birligi;

  • ta’limning o‘quvchilar yoshi va individual xususiyatlariga mos kelishi;

  • oqilona talabchanlik bilan bola shaxsini hurmat qilishning muvofiqliligi;

  • pedagogik hamkorlik.

Yuqorida bir qator ta’lim prinsiplari berilgan o‘lib, ularning ichida tizimlilik tamoyili alohida ahamiyat kasb etadi.
Ijtimoiy taraqqiyotning har bir davridagi maktabning tarixiy tajribasi ta’lim vazifasini ma’lum bir tizimsiz bajarib bo‘lmasligini ko‘rsatadi.
O‘quv materialini tushuntirish tizimi o‘quv materiali aniq bayon qilingan g‘oyalarga, o‘qituvchi bu g‘oyalarning qaysilarini tushuntirmoqchi ekanligiga, bolalar yoshi, ularning bilimlarni o‘zlashtirishga qanchalik imkoniyat berishini, o‘qituvchining yaxshi bilish bilmasligiga, shu yosh va shu saviyadagi bolalarga xos fikrlash faoliyatining xususiyatlariga, darsdagi bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni odamda qanday tushunilishiga bog‘liqdir.
Hozirgi zamon didaktikasi o‘qitishda xususiydan umumiyga qarab borishni talab qiluvchi klassik tamoyilga o‘zgartirishlar kiritdi. Ko‘p hollarda boshlang‘ich sinflardayoq umumiy holatlardan yakka xususiy holatlarga boyish mumkinligi isbotlanadi, shu munosabat bilan. anchagina vaqt tejaladi va yutqizilmaydi, aksincha, o‘quvchilar tafakkurini rivojlantirish ishida yutuqlarga erishiladi.
Dars mazmunining muqobil tuzilishini tanlash, o‘qitishdagi didaktikaning tizimlilik tamoyilini hisobga olishni talab qiladi.
Ta’limda izchillikka rioya qilib o‘qitish lozim, toki bugun o‘rganilgan bilimlar kecha o‘rganilganlarni mustahkamlansin, ertaga o‘rganiladiganlarga zamin hozirlasin.
YA’ni o‘tilayotgan fan yoki bayon qilinayotganligi materialning o‘quvchilarning oldingi o‘zlashtirgan ilmiy bilimlari, ko‘nikma va malakalari bilan izchil va uzviy bog‘lanishi, shu bilan bir vaqtda o‘qitilayotgan o‘quv materiallarini o‘zlashtirish orqali kelajakdagi bilimlarni o‘zlashtirishga, shuningdek navbatdagi ta’lim bosqichiga zamin yaratilishi nazarda tutiladi.
Ta’limning tizimli bo‘lishi uning izchil bo‘lishi bilan bog‘liqdir. Izchillikka asoslangan ta’limning harakterli belgisi shundaki, u o‘quvchilarning oldindan o‘zlashtirgan bilim va malakalari zamiridaligi bilim, ko‘nikma va malakalar hosil qilish, ularning o‘zaro bog‘lanishlarini takomillashtirish va aksincha, bilimlarni bahs qilish jaryonida oldindan o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarini yana ham chuqurlashtirish, kengaytirish va mustahkamlashni ta’minlashga qaratilgandir.
Tizimlilik va izchillik o‘quvchilarda har qaysi o‘quv fanlarining bir - biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lishini ko‘rsatishda ham muhim ahamiyatga ega.
Ta’limning tizimli bo‘lishi tamoyili bayon qilinayotgan o‘quv materilalarini mustahkamlash va ilgari o‘tilgan materiallarini to‘ldirishga xizmat qilishini; o‘quvchilarning uzluksiz va tizimli suratda mustaqil ish olib borishlarini, o‘quvchilarning o‘zlashtirgan bilim va hosil bo‘lgan ko‘nikma, malakalarini hisobga olib borishni ham o‘z ichiga oladi.
Tizimlilik va izchillik tamoyillri o‘zaro bog‘liq bo‘lgan alohida o‘quv fanlarini hamda kundalik o‘quv materiallarini mantiqiy jihatdan bir biriga mustahkam bog‘liq holda va muayyan bir tartibda o‘qitish hamda ta’lim jarayonida o‘quvchilarni tizimli ilmiy bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirib olishlarini ta’minlaydi.
Ta’limning ilmiy bo‘lish tamoyili. Ilmiy bo‘limlar-voqelikning xaqqoniy in’ikosidir. Tevarak- atrofini o‘rab olgan dunyoning qonuniyatlarini, narsa va xodisalarning ichki muhim xossalarini va o‘zaro aloqalarini aks ettiruvchi bilimlargina ilmiy hisoblanadi.
Ta’limning ilmiyligi tamoyili o‘quvchininig o‘quv materialidagi qonuniyatlarni aks ettirishi, tushinishi va o‘zlashtirishi uchun to‘g‘ri sharoit yaratish maqsadida zarurdir.
Nazariy tamoyillarni tushinish - materialni ilmiy asosida izohlab berishning muhim belgisi bo‘lib, u o‘quvchining fikrlash faoliyati xususiyatlarini belgilaydi. Ilmiy-bilimlar ilmiyligicha qolib, voqelikni har xil bo‘lish tamoyili. Ilmiy izoh ta’limning hamma bosqichlarida, har bir sinfda ilmiylik tamoyillari vazifalaridan biri - nazariy ma’lumotlar tizimini shy ma’lumotlarda tevarak-atrofdagi dunyoni qanchalik chuqur aks etganligi nuqtai nazaridan bilib olishdir.
Ilmiylik tamoyili barcha guruhlardagi va turli o‘quv yurtlaridagi o‘quvchilarga o‘rganish uchun ilmiy jihatdan ishonarli, amalda sinab ko‘rilgan ma’lumotlar berilishini talab etadi.
Ilmiy bilimlarni egallash jarayonida o‘quvchilarda ilmiy dunyo qarash, e’tiqod tarkib topadi. Tafakkur rivojlanadi.
Ta’limning ilmiy bo‘lish tamoyili ta’lim jarayonida o‘quvchilarni Hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti darajasiga muvofiq keladigan ilmiy bilimlar bilan qurollantirish, yoshlarni ilmiy-tadqiqot usullari bilan tanishtirib borishni ta’minlashga qaratilgan.
Didaktikaning ilmiylik tamoyili maktab ta’limning mazmunigagina aloqador bo‘lib qolmay, o‘qitish usullariga ham aloqadordir. U ta’lim jarayonida fan-texnika yutuqlaridan foydalana oladigan o‘qitish usullarini takomillashtirishni ham talab qiladi.
Ta’lim da tarbiyaning birligi tamoyili. Maktab o‘quvchilariga ta’lim berish, tarbiyalash va ularning umumiy rivojlanishlari bir butunlikda amalga oshirish zarur. Ta’lim tizimida ta’lim tarbiyaning birligi tamoyili asosiy va etakchi tamoyillardan biri hisoblanadi. U didaktik qonunlarning o‘qish va o‘qitish borasidagi tub mohiyatini ifodalaydi. Binobarin o‘quv fanlarining har biri, xatto, ayrim mavzu va mavzuchalari ham, shubhasiz, tarbiyalovchilik harakteriga ega.
Ta’lim jarayonida o‘tilayotgan katta va kichik mavzularning mazmunidan kelib chiqadigan tarbiyaviy tomonlarini to‘g‘ri belgilash va uni ta’lim bilan birga, bir butunlikda amalga oshirishni ta’minlash juda muhim va hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Demak, bir butun ta’lim jarayonida ikki o‘zaro bog‘liqlik: hayotni bilish va unga bo‘lgan munosabatni tarkib toptirish jarayoni ajralib turadi.
Maktabda beriladigan ta’lim bilan tarbiya o‘rtasidagi pedagogik jarayonning butunligini ta’min etuvchi uzviy birlik hamisha mavjud.
Maktab ta’limida o‘quvchilar tabiy fanlarni-mamavzutika, ximiya, biologiya, astronomiya va boshqa fanlarni o‘zlashtirish orqali ilmiy e’tikodlari shakllana boradi. Ular dunyoni o‘rganish mumkinligini ilmiy asosda anglab oladilar, haqiqatga ishonch bilan, yolg‘on narsalarga nafrat bilan qaray oladigan bo‘ladilar. Ular butunlay xaqqoniy hukm chiqaradigan aqlli, idrokli, imonli inson bo‘lib etishadilar.
Maktab ta’limida gumanitar fanlarning ham tarbiyaviy mohiyati juda muhimdir. Tarix fanini o‘rganish orqali o‘quvchilar jumhuriyatimiz tarixi, uning rivojlanish bosqichlari, moddiy- madaniy, ilmiy-siyosiy, ma’naviy jihatdan rivojlanishi, adabiy-badiy merosi, bobokalonlarimiz tomonidan qoldirilgan qimmatli xazinalirimiz, hozirgacha o‘rganilmay qolgan xalq pedagogikasi durdonalari bilan tanishadilar. Adabiyot va san’atni o‘rganish o‘quvchilarni chin inson qilib tarbiyalashdagi eng zarur shartlardandir.
Ta’lim-tarbiyaning birligi ta’lim jarayonini to‘g‘ri tashkil qilish va o‘qitishning xilma-xil usul va uslublaridan foydalana olishga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Ayniqsa, ta’lim bilan tarbiyaning birligini ta’minlamoq uchun:
a) bayon qilinaetgan o‘quv materiallarining mazmuni ham ilmiy, ham g‘oyaviy jihatdan to‘g‘ri tashkil qilinishi;
b) o‘qitilayotgan mavzuning ilmiy va tarbiyaviy mohiyatini ochib berilishi, ta’lim jarayonida hadislardan foydalanish imkoniyatini yaratilishi;
v) bayon qilinayotgan puxta va mustahkam o‘zlashtirilishi va turmushda unga amal qilinishi;
g) ta’limda muammoli jaryonni vujudga keltirish, o‘quvchilarning qiziqishlari, aktivlik va tashabbuskorliklarini ta’minlashga e’tiborning kuchaytirilishi,
d) ta’lim jarayonida o‘quvchilarning uyushqoqlik, intizomlilik va javobgarlikni sezish, o‘zaro yordam xislarini tarbiyalashni ta’minlamoq zarur.
Ta’limda nazariyaning amaliyot bilan bog‘lab o‘qitish tamoyili. Didaktikada ta’limni turmush bilan, ishlab chiqarish amaliyoti bilan bog‘lab olib borish eng asosiy va etakchi tamoyildir. Ilmiy bilimlar kishilarning ishlab chiqarish faoliyati ehtiyojlari asosida paydo bo‘lib, ana faoliyaga xizmat qilganligi va xayot bilan bog‘langanligi sababli, bilimlarni egallash uchun ularning mazmunini o‘zlashtirib olishgina emas, balki bilimlarni amalda qo‘llay bilish ham kerak.
Bu tamoyil ta’limning ilmiy tamoyili bilan mustahkam bog‘langandir. O‘quvchilar ilm bilan qurollanar ekan, ilmni nazariy jihatdan o‘rganar ekan ilmning amaliy ehtiyoj tufayli paydo bo‘lganini, ishlab chiqarish kuchlarini qanday taraqqiy etganini, texnika va iqtisod sohasidagi yangiliklar ilmni tabora rivojlantirib borishini, ilm esa, o‘z navbatida, ishlab chiqarishni takomillashtirishga va hayotni yaxshilashga yordam berishini bilib boradilar. Binobarin, barkamol inson tarbiyasining maqsad va vazifalari ham, ta’limning mazmuni ham, o‘qitish usullari, ta’limni tashkil etish shakllari ham nazariya bilan amaliyotning birligiga asoslanadi.
Maktab ta’limi tizimida nazariya bilan amaliyotning birligi tamoyili dastavval o‘quv fanining mazmuni va o‘ziga xos xususiyatiga bog‘liq holda o‘qish jarayonida amalga oshiriladi.
Bu birlik ilmiy bilimlarni puxta o‘zlashtirish va uni amalda qo‘llay olish, o‘quv materiallarini idrok qilish, anglash shuningdek, uni mustahkam esda saqlab qolish kabi ruxiy operatsiyalar bilan bog‘liq holda bir butun jarayonni tashkil etadi.
Ta’lim jarayonida o‘quvchilar tomonidan mamavzutika, fizika, biologiya, ximiya, astronomiya va bashka tabiiy fanlardan o‘zlashtirgan nazariy bilim, ko‘nikma va malakalar o‘quv tajriba xonalari va laboratoriyalari, zamonaviy texnika vositalari, tajriba er uchastkalari va ishlab chiqarish mehnati jarayonida qo‘llaniladi. Bu mashg‘ulotlar ularni kelgusida zarur bo‘lgan tajriba bilan qurollantiradi.
Ta’lim jarayonida nazariya bilan amaliyotning birligi tamoyilining izchillik bilan amalga oshirilishi oqibatidagina o‘quvchilar o‘quv materialining tub mohiyatini, tabiiy va jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlarini ilmiy asosda atroflicha to‘g‘ri, chuqur tushunib oladilar va kelajakda amaliy faoliyatlari uchuy zarur bo‘lgan maxorat, ko‘nikma va malakalar hosil qiladi.
O‘quvchilarni amaliy faoliyatga tayyorlash nazariy bilimlarni egallash jarayonida boshlanadi. Keyinchalik u laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarda davom ettiriladi. Bu mashg‘ulotlarda o‘quvchilar o‘qituvchi rahbarligida tajriba sharoitida olgan bilimlarning ishonarli ekanligini tekshiradilar, mustahkamlaydilar va chuqurlashtiradilar. Bilimlarni amalda qo‘llanish malakalarini hosil qiladilar.
Ishlab chiqarish ta’limi o‘quvchilar amaliy faoliyatining muhim bosqichidir. Ular egallab olgan nazariy bilimlar asosida tanlagan kasblariga doir mehnat ko‘nikmalari hosil qiladilar. SHu bilan birga nazariy bilimlarga ham aniq kiritab boriladi.
O‘quvchilarning korxonalarda o‘tkazadigan ishlab chiqarish amaliy mashg‘ulotlari o‘qishni unumli mehnat bilan bog‘lab olib borishning yakunlovchi bosqichidir. Amaliy mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning bajarayotgan hamma ishlari orqali ularda fan asoslarini o‘rganish va mehnatga bo‘lgan qiziqish, intilishi tabora rivojlanadi, mehnatga bo‘lgan muhabbat, mehnat ahliga hurmat, ehtirom kamol topadi.
Ta’limda onglilik, faollik va mustaqillik tamoyili. Bu tamoyil o‘qitishni shunday tashkil etishni nazarda tutadiki, bunda o‘quvchilar ilmiy bilimlarni hamda ularni amalda qo‘llash usullarini ongli va faol egallab olishadi. Ularda ijodiy tashabbuskorlik va o‘quv faoliyatida mustaqillik, tafakkur, nutq madaniyati va ilmiy dunyoqarash, e’tiqod tarkib topadi.
O‘qitishning ongli tamoyili o‘quvchilarning materialni idrok qilishda ta’riflar, teoremalar, adabiyotdan she’r yodlash va hokazolarning ifodalanishigina emas, balki ularning hayotiy hodisalar, jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lgan mazmunini ham tushunishlarini talab etadi. Aks holla bilimlarda yuzakichilik avj oladi, unda material quruq yodlab olingan bo‘ladi. O‘quvchilar uni qayta aytib bera oladilar, lekin uning mohiyatini tushunmaydilar va amaliy faoliyatlarida qo‘llay olmaydilar.
Bilimlarni ongli ravishda o‘zlashtirish o‘quvchilarda bu bilimlarga nisbatan ma’lum munosabat hosil qilishini, emotsional kechinmalar uyg‘otishni ham o‘z ichiga oladi. O‘quvchining bilimlarini o‘zlashtirishga faol munosabatda bo‘lishi uning bilish faoliyatini aktivlashishiga yordam beradi.
O‘qitish jarayonida onglilik va faollik tamoyili o‘quvchilarda tafakkur va nutqni rivojlantirishni nazarda tutadi. Mustaqil tafakkur turli usullar bilan hosil qilinadi. Tafakkurni shakllantirish usullaridan biri mustaqil hal qilish, muammoli vazifalar qo‘yishdir.
Ta’lim jarayonida o‘quvchilar faolligi, dastavval, ularning aqliy faoliyati-tafakkur qilish faoliyatidir. SHunga ko‘ra, ta’limni ongli o‘zlashtirish tamoyili, bir tomondan o‘quvchilarni mustaqil, faol fikr qilishlarini nazarda tutsa, ikkinchi tomondan, aynan shu jarayon davomida o‘quvchilarni mustaqillik va faolliklarini hamda mantiqiy fikr qilish faoliyatlarini tarbiyalab, takomillashtirib borishni nazarda tutadi.
Onglilik va faollik tamoyili o‘quvchilarni mehnat va o‘qishda ijodiy faoliyat usullariga o‘rgatishni talab qiladi. Qayta kurish davrining maktab va xalq ta’limi oldiga qo‘ygan talablari ham shu maqsadga qaratilgan.
Xuddi shu maqsadga maktablar haqidagi hujjatlardagi tavsiyalar - darsning tashkil qilishning faol shakllarini qo‘llash, yuqori sinflarga ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarini birga qo‘shib olib borish, ishlab chiqarish korxonalariga ekskursiya, unumli mehnat davomida o‘quv harakteridagi topshiriqlarni bajarish va boshqalar xizmat qiladi. O‘quvchilar faolligini rivojlantirish, ularnimg o‘quv faoliyatlarining takomillashtirish tufayli ayni vaqtda o‘qitishda yuksak samaradorlikka erishiladi, ya’ni o‘quv jarayoni tezlashadi.
Ta’limda ko‘rsatmalilik tamoyili. Ta’limning ko‘rsatmalilik tamoyili didaktik tamoyillarning biri bo‘lib, u o‘qitish jarayonining sifatini oshiradi, o‘quvchilarning bilim olishlarini osonlashtiradi.O‘qitishning ko‘rsatmaliligi shuni tasdiqlaydiki, agar o‘quvchilarda o‘rganilayotgan narsa va xodisalarni bevosita idrok qilishga bog‘liq muayyan hissiy amaliy tajriba bo‘lgan taqdirdagina ular bilimlarni ongli suratda o‘zlashtiradilar. Bu tamoyil o‘qitish jarayonida ko‘rish, eshitish, hid bilish, ta’m-ma’za bilish, teri, muskul- harakat kabi sezgi organlarining birlikda ob’ektga safarbar qilinishini talab etadi.
Ko‘rsatmalilik tamoyili ta’limning etakchi qonun -tamoyillarni va talablarni amalga oshirishda vositachilik. CHunonchi:
1. Bayon qilinayotgan mavzuning mazmuniga mos keladigan materiallardan unumli va to‘g‘ri foydalanish o‘quvchilarning o‘tilayotgan materialni o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqishini ta’minlaydi. Dars qiziqarli bo‘ladi.
2. Ta’limda qo‘llanilayotgan ko‘rsatmali qurollar o‘quvchilarning qay darajada yaqqol va aniq, obrazni idrok qilishini ta’minlasa va kuzatayotgan ob’ektga mumkin qadar ko‘proq sezgi organlari safarbar qilinsa, o‘quv materiallari shunchalik tez, qulay va oson o‘zlashtiriladi, uzoq vaqt eslab qolish hamda qayta esga tushirish mumkin bo‘ladi, oqibatda o‘quv materiallarining puxta o‘zlashtirilishi ta’minlanadi.
3. Ko‘rsatmali materiallar orqali o‘quvchilar ob’ektiv borliqdagi narsa, voqealar bilan, ularning xususiyati, belgilari bilan tanishadi. Mavhum xodisalarning aniq obrazlar orqali idrok qilinishi natijasida o‘quvchilarni mantiqiy fikr qilish qobiliyatlari rivojlanadi. O‘quvchi-larning ayniqsa sxema, jadval, diagramma kabi materiallar ustida ish olib borishlari va material xususiyatlarini taqqoslash, tahlil qilish, umumlashtirish, xulosa chiqarishlari alohida ahamiyatga egadir.
4. O‘quv materiallarining ko‘rsatmali bo‘lishi o‘zlashtirilgan ilmiy bilimlarni tajribada, ishlab chiqarish amaliyotida qo‘llana olishlari uchun zarur bo‘lgan ko‘nikma va malakalar bilan ham qurollantiriladi.
Ta’limda ko‘rsatmalilikning samarali natijalar berishi uchun uning boshqa tomonlariga ham e’tibor berish kerak.
Birinchidan, ishlatiladigan ko‘rsatmali qurollar u yoki bu sinf o‘quvchilarining yoshi va o‘ziga xos xarakter xususiyatlari, umumiy tayyorgarligi- saviyasiga mos keladigan bo‘lishi lozim.
Ikkinchidan foydalanadigan ko‘rsatmali qurollar o‘tilayotgan dars mavzusining mazmunini ochib berishga yordam beradigan materiallar bo‘lishini hisobga olmoq, demak, uning to‘g‘ri tanlanishiga e’tibor bermoq lozim.
Uchinchidan, dars jarayonida foydalanish uchun belgilangan ko‘rsatmali materiallardan unumli foydalanmoq uchun zarur bo‘lgan ta’lim usullari to‘g‘ri tanlangan bo‘lishi zarur. Ayni paytda maktablarimizda qo‘llanilayotgan materiallarni quyidagicha guruhlarga ajratish mumkin:

  1. Buyum va narsalarni asli, tabiiy holda ko‘rsatuvchi materiallar: o‘simliklar va ularning tarkibi, hayvonlar, ma’danlar, gerbariylar, kolleksiyalar, ashyolar, asboblar va razryadlarni hosil qilishni sinf yoki laboratoriya sharoitida namoyish qilish va boshqalar.

  2. Grafik-ko‘rsatmali qurollar: chizmalar, diagramma, filmlar, diapozitivlar, ovozsiz kinofilmlar.

  3. Tasviriy-ko‘rsatmali qurollar: rasm, fotosurat, diafilmlar, diapozitivlar, ovozsiz kinofilmlar.

  4. Eshittirish bo‘yicha ko‘rsatmalilik, gramplastinkalar, magnit lentasiga yozib olingan badiiy o‘qish namunalari, chet el tillaridagi so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilishga oid materiallar.

Ta’limning ko‘rsatmali bo‘lishi hozirgi zamon maktablari oldida turgan eng muhim masalalardan biri bo‘lib kelgan va hozir ham undan yanada samarali foydalanish borasida katta ishlar olib borilmoqda.
Ta’limning o‘quvchilarga mos bo‘lishi tamoyili. Ta’limning o‘quvchilarga mos bo‘lishi tamoyili deganda o‘quv material-larning mazmuni, uning hajmi, harakteri, u yoki bu sinf o‘quvchilarining jismoniy rivoji, umumiy tayyorgarligi-saviyasi va imkoniyatlariga loyiq bo‘lishi tushuniladi. Moslik tamoyilida ta’limning ikki tomoni e’tiborda tutiladi:
1) Ma’lum sinf uchun belgilangan o‘quv materiallarining harakteri, mazmuni va hajmi shy sinf o‘quvchilarining yosh xususiyatlariga mos bo‘lishi,
2) Har bir sinf uchun belgilangan bilim hajmi shy sinf o‘quvchilarining saviyasiga mos bo‘lishi lozim. Biroq, shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, maktab islohatidan keyingi qayta qurish jarayoni uchun maktablarimiz faoliyatidagi mazkur ikki holatni qat’iy va hal qiluvchi didaktik talablar deb bo‘lmaydi. CHunki, muayyan bir sinf o‘quvchilarining jismoniy rivojlanishida ham, bilim o‘zlashtirishidagi kuch va qobilyatlarda ham, albatta, har-xilliklar bo‘ladi va buni hisobga olmaslik aslo mumkin emas. SHuningdek, moslik tamoyilini maktab ta’limining mazmuni bola-larning kuch quvvatiga qarab "engillashtirish", "osonlashtirish" deb ham tushunmaslik lozim. Aksincha, o‘quvchilarning saviyasiga muvofiq ravishda, asta sekin qiyin va murakkabroq bilimlar berib borish talab qilinadi.
Ilg‘or klassik pedagogika namoyondalari ta’limning o‘quvchilarga mos bo‘lishi yuzasidan bir qator tamoyillar ishlab chiqqanlar. Ulardan biri "Osondan qiyinga qarab borish" tamoyilidir.
O‘tiladigan materialning haddan tashqari chigal bo‘lishi bolalarni qiziqishini so‘ndirganidek, u bilimda olg‘a qarab borishini ham ta’minlay olmaydi. Aksincha o‘tilajak materiallar bolalar saviyasiga nisbatan og‘ir, tushunish qiyin bo‘lsa, qo‘yilgan misol va masalalarni echish, hal qilishga o‘quvchilarning qurbi etmasa, ularda o‘z kuchiga ishonmaslik kayfiyati tug‘iladi. Moslikning ikkinchi bir tamoyili "Ma’lumdan noma’lumga qarab borish" dir. Bu tamoyilga amal qilishda o‘quvchilarda avvaldan mavjud bo‘lgan ilmiy bilim va tajribalar zamirida yangi, hali o‘quvchilarga ma’lum bo‘lmagan ma’lumotlar bilan qurollantirishni tushunmoq lozim.
Moslik tamoyilining uchinchisi "Soddadan murakkabga qarab borish"dir. Ko‘pincha biz tushunib etgan, o‘zlashtirilgan hamma narsalar sodda, tushunib etmagan, o‘zlashtirilmagan narsalar esa murakkabdek ko‘rinadi.
Ta’limning sodda bo‘lishi u yoki bu o‘quv materialini ortiqcha kuch sarflamay tushunib olishdir. O‘quvchilar yaxshi tushungan, o‘zlashtirilgan bilimlarni yangi tushunchalar (murakkab) bilan aniq va ravshan qilib bog‘lay olishlari natijasida sodda vazifalarni (misol va masalalar) bajara borib, murakkab materiallarni o‘zlashtirish, murakkab bo‘lgan masalalarni ham echishga-hal qilishga hozirlanib boradilar.
Ta’limda bilim, ko‘nikma va malakalarni puxta va mustahkam o‘rganish tamoyili. Ta’limning puxta o‘zlashtirish tamoyili muhim didaktik talab va tamoyillarni, ya’ni o‘quvchilar tomonidan tizimli va ongli o‘zlashtirilgan ilmiy bilimlarni mustaxkam, esda saqlab qolish hamda o‘zlashtirilgan ilmiy bilimlarni o‘z turmush faoliyatlarida qo‘llay olish malakalari bilan qurollantirishni nazarda tutadi.
Demak, puxta o‘zlashtirishni harakterli belgisi ta’limni mustahkam esda saqlab qolishdir. Boshqacha qilib aytganda, bu tamoyil o‘quvchilarning xotira faoliyati, ya’ni o‘quv materiallarini esda qoldirish, esda saqlash va qayta esga tushirish kabi xotira jarayoni faoliyatiga bog‘liqdir. O‘quv materiallarini mustahkam esda saqlab qolish, ayni dars jarayonida bayon qilinayotgan o‘quv materiallarini tazimli va ongli o‘zlashtirilishiga bog‘liq. Avvalgi mashg‘ulotlarda hosil qilingan bilim ko‘nikma va malakalar ancha murakkabroq materialni o‘zlashtirib olish uchun pillapoya, baza bo‘lib xizmat qiladi. Lekin hosil qilingan bilim puxta o‘zlashtirilgan, yaxshi mustahkamlashgan bo‘lishi va o‘quvchilarning xotirasida o‘zoq vaqt saqlanishi kerak. Mustahkamlash tamoyili shulardan iborat bo‘lib, ularga rioya qilmaslik o‘quvchilarning ilmiy bilimlarni puxta o‘zlashtirolmasligiga sabab bo‘ladi.
SHunday qilib, bilim, ko‘nikma va malakalarini o‘zlashtrib olishning mustahkamligiga avvalo hamma o‘qitish tamoyillari: tushunarlilik, tizimlilik va izchillik, nazariya va amaliyotning bog‘liqligi, ko‘rsatmalilik, o‘quvchilarning onglilik va faolligi tamoyillarini amalga oshirish bilan erishiladi. Puxta o‘zlashtirishni muvaffaqiyati ko‘p jihatdan takrorlash va mashq qildirishga ham bog‘liqdir.
Takrorlashning ahamiyati shundaki, takrorlash jarayonida faqat oldindan o‘zlashtrilgan o‘quv materiallarigina esga tushurilmay, balki shu o‘quv materiallariga bog‘liq bo‘lgan yangi yangi ma’lumotlar ham beriladi, o‘zlashtirilgan bilimlarning noaniq, tuman bo‘lib qolgan tomonlari oydinlashtiriladi va to‘ldiriladi.
Takrorlash, xotirada qayta tiklashni bir necha yo‘l bilan olib borish mumkin. Har bir darsda avvalgi dars materiali bilan yangi material o‘rtasida bog‘liqlik o‘rnatish maqsadida kundalik takrorlash o‘tkaziladi. Mavzu yoki bo‘lim yuzasidan o‘rganilgan materialni tizimlashtirish, chuqurlashtirish va mustahkamlash maqsadida o‘quv yilining oxrida Asosiy savollar bo‘yicha yalpi takrorlanadi.
Takrorlanishning ikkinchi turi maxsus qaytarishdir. Bunday takrorlash katta mavzularni o‘tib bo‘lgach, shuningdek, ma’lum bir chorak ichida o‘tilgan material yuzasidan olib boriladi. Maxsus takrorlashning keng tarqalgan turi o‘quv yili oxirida alohida ajratilgan soatlarda o‘tkaziladi.
Ta’limda o‘quvchiga xos xususiyatlarni hisobga olish tamoyili. Ta’lim-tarbiya jarayonining hamma tomonlari umumsinf o‘quvchilari jamoasiga xos xususiyatlarga amal qilgan holda yo‘l qo‘yiladi. Biroq har bir o‘quvchi o‘ziga xos jismoniy, axloqiy, ruhni va bashka xususiyatlarga egaki, bu uning o‘quv faoliyatiga katta ta’sir etadi. SHu jihatdan ta’lim jarayonida umumsinf o‘quvchilarini, hamda shy sinfdagi har qaysi o‘quvchining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holla ish ko‘rish muhim didaktik ahamiyatga ega.
O‘quvchilarning real o‘quv imkoniyatlarini, ularning rivojlanish jihatlarini o‘rganish hozirgi vaqtda shunchaki xoxish emas, balki majburiy talabdir. Busiz o‘quv jarayonini muqobilllashtirish, uni boyitish aqlga sig‘maydi.
Sinf o‘quvchilari jamoasiga xos bo‘lgan umumiy xususiyatlar, avvalo, ma’lum sinf o‘quvchilarining jismoniy, aqliy va ruhiy rivojida namoyon bo‘ladi. Ta’limning muvaffaqiyatli bo‘lishida o‘quvchilaraning o‘ziga xos xususiyatlarini kuzatish va o‘rganish hamda shy xususiyatga xos muomala qilish hal qiluvchi o‘rin egallaydi.
Darsda har bir o‘quvchining o‘ziga xos xususiyatlarini to‘la hisobga olish juda qiyin va har doim ham buning iloji bo‘lavermaydi. Pedagog o‘quvchilarni darsdagi va amaliy mashg‘ulotlar jarayonidagi ishini, uy vazifalarini bajarishini kuzatadi, ularning bilimi, yozma ishlari, yasagan ko‘rgazma materiallarini tekshiradi. Darsdan tashqari vaqtlarda o‘rtoqlari va boshqalarga bo‘lgan munosabati, xulqi, irodaviy sifatlarini o‘rganadi, ular bilan suhbat qiladi. Kuzatish jarayonida u o‘quvchining kuchli va ojiz tomonlarini, uning qiziqishlari, tafakkuri, nutqi, xotirasi, diqqati, xayoliga mos bo‘lgan xususiyatlarni bilib oladi, o‘quvchining hayotiy va mehnat qobilyatini o‘rganadi. Bo‘sh o‘zlashtiruvchi dasturning ma’lum bir bo‘limi yoki fan buyicha orqada qolish sabablarini aniqlaydi. O‘qituvchi ularni bilib olgandan keyin birinchi navbatda yomon holatlarning ta’siriga bardosh berish choralarini ko‘radi.
Masalan: o‘quvchining ko‘rish qobilyati uncha yaxshi bo‘lmasa yoki yomon eshitsa, uni birinchi qatorga o‘tqizishi kerak. Bu narsa diqqati beqaror bo‘lgan o‘quvchilarga ham tegishlidir. Bundan tashqari, ulardan tez-tez so‘rash, undan o‘rtog‘ining javobini qaytarishta, to‘ldirishga yoki u xaqda o‘z fikrini bildirishga majbur etish lozim.


Yüklə 276,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə