Mavzu: Ilmiy tadqiqot turlari va uni olib borishning asosiy usullari



Yüklə 270,89 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü270,89 Kb.
#133455
ergashev tadqiqod

.

Tadqiqot metodologiyasi fanidan.

Mavzu: Ilmiy tadqiqot turlari va uni olib borishning asosiy usullari.

.

Reja:

1.Ilmiy tadqiqotning turlari.

2.Ilmiy tadqiqotlar strukturasi. 3. Eksperimental tadqiqotlar

.

Ilmiy tadqiqot uchta tarkibiy nqism:

1.Insonning maqsadli faoliyati,

2.ilmiy mehnat predmeti

3.ilmiy mehnat vositalaridan iboratdir.

.

Insonning maqsadli ilmiy faoliyati tadqiqot obyekti haqida yangi bilimlarga yoki obyekt haqidagi mavjud bilimlarni to‘ldirishga erishishda anglab yetishni bilishning aniq usullaridan va ilmiy uskunalardan (o‘lchov, hisoblash texnikalari) mehnat vositalaridan foydalanishga tayanadi

.

Ilmiy mehnat predmeti tadqiqotining faoliyatiga yo‘naltirilgan tadqiqot obyekti va u haqidagi bugungacha bo‘lgan bilimlar. Tadqiqot obyektiga moddiy dunyoning har qanday materiali (M ) (elektrotexnik uskunalar, elektrlashtirilgan qurilmalar, mashina va mexanizmlar), jarayonlar (texnologik, energetik, agrotexnik, elektromagnit, moddiy materiallar elementlari va h.k.lar) kiradi. Ilmiy tadqiqotlar, ko‘zlangan maqsadi, tabiat yoki ishlab chiqarish bilan bog‘liqlik darajasi, ilmiy ishning xarakteri va chuqurligiga (qamroviga) qarab fundamental, amaliy va ishlanmalarga bo‘linadi

.

Fundamental tadqiqotlar prinsipial yangi bilimlarni (yaratish) barpo etish va oldinda mavjud bilimlar sistemasini rivojlantirishga qaratiladi va undan maqsad tabiatning yangi qonunlarini yaratish (kashf etish) voqeliklar orasidagi bog‘liqliklarni ochib berish va yangi nazoratlar yaratishdir.

.

Ishlanmalar yoki loyiha-konstruktorlik ishlari amaliy tadqiqotlar natijalarini texnik yechimlarni (mashina, qurilma, material, mahsulot) ishlab chiqarish texnologiyalarini tajriba nusxalarini yaratish va sinab ko‘rish, yangiliklarni takomillashtirishda foydalanishga qaratilgan ilmiy tadqiqotning yakuniy qismidir. (Masalan, elektr maydoni yordamida urug‘lik donlarni saralash texnologiyasini amalga oshiriuvchi texnik qurilmani yaratishdir.

.

rasmda keltirilgan sxemada loyihalash va o‘zlashtirish bosqichlari bir vaqtning o‘zida fan va texnika sohalariga tegishli hisoblanadi. Shuningdek, fundamental tadqiqotlar va ishlab chiqarish oralig‘ida o‘zaro bog‘langan bosqichlar: amaliy tadqiqotlar – ishlanma – loyiha joylashgan. Ilmiy tadqiqotlar strukturasi. Ilmiy izlanishlar – obyektiv borliqni, qonuniyatlar va real dunyo voqeliklari orasida bog‘liqlikni anglab yetish – bilish jarayonidir.

.

Bilish – ilmiy izlanishlar (tadqiqotlar) yordamida amalga oshiriladigan bilmaslikdan bilimga, chala yoki noaniq bilimlardan to‘laroq va aniq bilimlarga inson onggi va tafakkuri yo‘naltirilgan murakkab jarayondir. Ilmiy tadqiqotlar bosqichma-bosqich amalga oshiriladi va texnika yo‘nalishida ko‘pgina holatlarda keltirilgan strukturaga monand ketma-ketlikda tashkil etiladi. Ilmiy tadqiqotlar olib borishni har bir bosqichida ilmiy muammoni (masalani) umumiy yechimi bilan bog‘liq ilmiy izlanishlar olib boriladi. Ilmiy tadqiqotning birinchi bosqichida nafaqat tadqiqot olib boriladigan muammo yoki masala shakllantiriladi, balki ishning muvaffaqiyatli yakuni ko‘p tomonlama bog‘liq bo‘lgan ilmiy tadqiqot vazifalari ham aniq shakllantiriladi.

,

Eksperimental tadqiqotlar – ilmiy asosida qo‘yilgan tajribadir. Eksperimental tadqiqotlardan ko‘zlangan maqsad ilmiy muammo (masala) yechimining to‘g‘riligini tekshirib ko‘rish bo‘lib, uning natijasini tasdiqlashi yoki inkor etishi mumkin. Tadqiqot olib borilayotgan obyekt (muammo yoki masala) bo‘yicha fundamental izlanishlar olib borilmagan yoki nazariy asoslari yetarli bo‘lmagan hollarda eksperimental tadqiqotlar natijalari muammoni nazariy yechimlarini shakllantirishga (topishga) asos yaratadi.

.

Tadqiqot natijalariga yakun yasash, olingan natijalar tadqiqot maqsadi va vazifalariga to‘la javob berishi hamda umumiy xulosa va tavsiyalarni shakllantirishi ilmiy izlanishning yakuniy bosqich vazifalariga kiradi. Texnika sohasida, jumladan, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish sohasida tadqiqotlar natijalarini o‘zlashtirish (amalda tadbiq etish) bosqichi ham ko‘zda tutiladi. Bunda tadqiqot natijalarini yoki texnologik va konstruktorlik ishlanmalarini iste’molchiga yetkazish ishlari amalga oshiriladi.


Yüklə 270,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə