1-mavzu: tarbiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Reja


Konsepsiyaning dolzarbligi va zarurati



Yüklə 1,73 Mb.
səhifə11/78
tarix30.12.2023
ölçüsü1,73 Mb.
#164717
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   78
1 mavzu tarbiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari Reja

Konsepsiyaning dolzarbligi va zarurati. Bugungi kunda rivojlangan davlatlarda yoshlar bilan ishlashning yangicha modellarini yaratishda innovatsion mexanizm va texnologiyalarni qo‘llashga doir ko‘plab amaliy ishlar qilinmoqda. Shiddat bilan o‘zgarayotgan dunyoda o‘quvchi-yoshlarni muvaffaqiyatli ijtimoiy hayotga tayyorlashda mas’uliyat, majburiyat, huquqiy ong va huquqiy madaniyat, teran dunyoqarash, sog‘lom e’tiqodlilik, ma’rifatlilik, diniy va milliy bag‘rikenglik, ma’naviy, fuqaroviy, madaniyatlararo, ijtimoiy kabi fazilatlarni shakllantirish kun tartibidagi asosiy masalalarga aylanib bormoqda. Shu bois yoshlar tarbiyasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan “Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” turkumiga kiruvchi fanlarni o‘qitish ta’lim jarayoniga yangicha yondashuvni taqozo etmoqda. Jumladan, yoshlar tarbiyasida dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy va mafkuraviy jarayonlarga to‘g‘ri baho bera olish, ijtimoiy muammolarni hal etishda to‘g‘ri qaror qabul qilish, hayotda o‘z o‘rnini topish bilan bog‘liq bo‘lgan aniq maqsadlarni shakllantira olishga o‘rgatish, buning natijasi o‘laroq, oila-jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarning uzilib qolishining oldini olish, loqaydlik, huquqbuzarlik, “ommaviy madaniyat”ning turli ko‘rinishlaridan saqlash imkoni yaratiladi.
Bu, o‘z o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasini siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-ma’naviy rivojlantirishning muhim omili bo‘lgan yoshlar tarbiyasi shaxsan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbuskorligida davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganini inobatga olib, ushbu yo‘nalishdagi prinsipial yondashuvlarni takomillashtirish, strategik maqsad va vazifalarning konseptual asoslarini ishlab chiqish zaruratini talab qildi.


3-MAVZU: TARBIYA FANINING ME’YORIY-HUQUQIY
ASOSLARI.
Reja:

  1. O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 6-iyul 2020-yildagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi VM-422-son qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyati.

  2. O‘zbekistan Respublikasi Prezidenti asarlarida tarbiyaga oid konseptual g‘oyalar.



“Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” hukumat qarori bilan yangi “Tarbiya” fani joriy etildi. 
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “tarbiya” fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarining yoshi va psixofiziologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ularning ongiga umuminsoniy qadriyatlar va yuksak ma’naviyatni yanada chuqur singdirish, ularni vatanparvarlik va insonparvarlik ruhida tarbiyalash, umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridagi ma’naviy-tarbiyaviy ishlarni yangicha asosda tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Odobnoma”, “Vatan tuyg‘usi”, “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” hamda “Dunyo dinlari tarixi” fanlarini birlashtirgan holda yagona “Tarbiya” fani 1 — 9-sinflarda — 2020/2021 o‘quv yilidan, 10 — 11-sinflarda esa — 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab fanlarga ajratilgan umumiy soatlar doirasida bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etilsin.
2. Quyidagilar:
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun “Tarbiya” fanidan darsliklar va o‘quv-metodik majmualarning yaratilishini muvofiqlashtiruvchi guruh tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun “Tarbiya” fanidan darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni yaratish bo‘yicha tuzuvchilar guruhi tarkibi 2-ilovaga muvofiq;
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun “Tarbiya” fani konsepsiyasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi:
“Tarbiya” fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartini va o‘quv dasturlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
2020-yil 10-iyulga qadar 2020/2021 o‘quv yiliga umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 1 — 9-sinflari uchun hamda 1-dekabrga qadar 2021/2022 o‘quv yiliga 10 — 11-sinflar uchun mo‘ljallangan “Tarbiya” fani bo‘yicha darsliklar va o‘quv-metodik majmualarga buyurtmalarni shakllantirsin;
2020-yil 15-iyulga qadar 1 — 9-sinflar hamda 2021-yil 1-mayga qadar 10 — 11-sinflar uchun mo‘ljallangan “Tarbiya” fani bo‘yicha darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni chop etish bo‘yicha istisno tariqasida deklaratsiya qilingan narxlar asosida davlat va xususiy nashriyot-matbaa tashkilotlari bilan shartnomalar tuzsin;
“Tarbiya” fanidan darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni yangi o‘quv yili boshlangunga qadar chop etishni tashkil etsin va ularning joylarga yetkazilishini ta’minlasin;
2020-yil iyul oyidan boshlab yangi o‘quv yili boshlangunga qadar “Tarbiya” fani bo‘yicha tayyorlangan o‘quv dasturlari va darsliklar asosida umumta’lim maktablaridagi “Boshlang‘ich ta’lim”, “Milliy g‘oya va huquq”, “Tarix” va “Dinshunoslik” mutaxassisligiga ega fan o‘qituvchilari uchun xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlarida “Tarbiya” fanidan onlayn shaklda maqsadli malaka oshirish kurslarini tashkil etsin;
malaka oshirish kurslari davomida “Tarbiya” fanidan tayyorlangan darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni tajriba-sinovdan o‘tkazsin.
4. Belgilab qo‘yilsinki:
“Tarbiya” fanidan darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni nashrga tayyorlash va chop etish (darsliklarni nashrga tayyorlash, chop etish va yetkazib berish, tuzuvchilarga haq to‘lash) bilan bog‘liq xarajatlar darslik va o‘quv-metodik majmualarning umumiy narxiga kiritiladi;
“Tarbiya” fanidan darsliklar va o‘quv majmualarini xarid qilish va yetkazib berish xarajatlari:
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 1-sinf, Mehribonlik uylari, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlari o‘quvchilarini, ijtimoiy yordamga muhtoj oilalar farzandlarini hamda o‘qituvchilar uchun “Tarbiya” fanidan darsliklar, multimedia ilovalari va o‘quv-metodik majmualar nashr etilishi, shuningdek, ijara asosida darsliklar bilan birlamchi ta’minlash — O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari hisobidan;
o‘quvchilarni ijara asosida darsliklar bilan ta’minlash — O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Xalq ta’limi vazirligi:
2020 — 2023-yillarda respublika oliy ta’lim muassasalarining “Boshlang‘ich ta’lim”, “Tarix” (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha), “Tarix o‘qitish metodikasi”, “Filologiya va tillarni o‘qitish: O‘zbek tili”, “O‘zbek tili va adabiyoti”, “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi”, “Pedagogika va psixologiya”, “Dinshunoslik” va Islomshunoslik (Islom tarixi va manbashunosligi)”, “Psixologiya (Din sotsiopsixologiyasi)” ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchilariga umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Tarbiya” fanini o‘qitish huquqi berilishi yuzasidan zarur choralarni ko‘rsin va mazkur ta’lim yo‘nalishlari o‘quv rejalariga 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab tegishli o‘zgartirishlar kiritsin;
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Tarbiya” fanini o‘qitish uchun kadrlar tayyorlanadigan yangi ta’lim yo‘nalishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga asoslangan takliflarni kiritiladi.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o ‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsh.

Bugungi kunda «Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lishlari shart!» degan hayotiy da’vat har birimizning, ota-onalar va keng jamoatchilikning ongi va qalbidan mustahkam o‘rin egallagan.
Hozirgi vaqtda mamlakatimiz aholisining 32 foizini yoki 10 millionini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarimiz tashkil etadi. YOshlarimiz haqli ravishda Vatanimizning kelajagi uchun javobgarlikni zimmasiga olishga qodir bo‘lgan, bugungi va ertangi kunimizning xal etuvchi kuchiga aylanib borayotgani barchamizga gurur va iftixor bagishlaydi. Bu sohada olib borayotgan keng miqyosli ishlarimizni, xususan, ta’lim-tarbiya bo‘yicha qabul qilingan umum-milliy dasturlarimizni mantikiy yakuniga etkazishimiz zarur. SHu maqsadda Hukumatning, tegishli vazirlik va idoralar hamda butun ta’lim tizimining, hurmatli domlalarimiz va professor-o‘qituvchilarning eng muhim vazifasi yosh avlodga puxta ta’lim berish, ularni jismoniy va ma’naviy etuk insonlar etib tarbiyalashdan iboratdir. Farzandlarimiz uchun zamonaviy ish joylari yaratish, ularning hayotda munosib o‘rin egallashini ta’minlashga qaratilgan ishlarimizni yangi bosqichga ko‘tarishni davrning o‘zi taqozo etmoqda. Biz yoshlarga doyr davlat siyosatini hech og‘ishmasdan, qat’iyat bilan davom ettiramiz. Nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatni eng ustuvor vazifamiz sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak darajaga ko‘taramiz. YOshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz2.



Yüklə 1,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə