1-mavzu. Tarbiyaga doir milliy va xalqaro tajriba fanining maqsadi va vazifalari. Reja


Tarbiya jarayonining o’ziga xos xususiyatlari



Yüklə 214,5 Kb.
səhifə2/3
tarix16.05.2023
ölçüsü214,5 Kb.
#110585
1   2   3
1-M

1.2.Tarbiya jarayonining o’ziga xos xususiyatlari. Tarbiya jarayonining yana bir xususiyati – bu uning yaxlit holda tizimli tashkil etilishidir. Yaxlitlik shundan iboratki, tarbiya jarayonining maqsadi, mazmuni va metodlarini birligi shaxsni shakllantirish g’oyasini amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Bizga ma’lumki,shaxs ma’naviy-axloqiy sifatlarni navbatma-navbat emas, balki yaxlit tarzda o’zlashtira boradi, shu bois pedagogik ta’sir ham yaxlitlik, tizimlilik xarakteriga ega bo’lishi lozim.
Tarbiya jarayonining yaxlitlik, tizimlilik xususiyati bir qator muhim pedagogik talablarga amal qilish, o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasidagi hamkorlikni qaror toptirishni talab etadi.
Tarbiyaning yana bir xususiyati shundan iboratki, bu jarayon ikki tomonlama aloqa xususiyatiga ega bo’lib, unda bolaning o’zi ham faol ishtirok etadi.
Ikki tomonlama aloqa ikki yo’nalishda, ya’ni, o’qituvchining o’quvchiga ko’rsatadigan ta’siri (to’g’ri aloqa) hamda o’quvchining o’qituvchiga nisbatan munosabati (teskari aloqa) tarzida tashkil etiladi.
Tarbiyaning pedagogik texnologiya nazariyasi g’oyasiga muvofiq, endilikda o’quvchi tarbiya jarayonining ob’ektigina bo’lib qolmasdan, sub’ekti sifatida ham faoliyat ko’rsatadi. Shuning uchun o’qituvchi o’quvchining ichki imkoniyatlari, unga nisbatan bo’layotgan tashqi ta’sirlar va axborot manbalarini inobatga olishi zarur. Agarda mazkur talab unutilsa, shaxsni tarbiyalash qiyinlashadi yoki barcha urinishlar samarasiz yakun topadi. Mana shundan tarbiya jarayonining yana bir xususiyati – tarbiyada qarama-qarshilikning mavjudligi kelib chiqadi. Ushbu qarama-qarshiliklar o’quvchilarga o’z tushunchalariga muvofiq paydo bo’lgan dastlabki sifatlar o’rtasida yoki o’quvchilarga qo’yiladigan talablar bilan ularni bajarish imkoniyatlari o’rtasidagi ziddiyatlarning kelib chiqishi uchun zamin yaratadi.
Undan tashqari bu qarama-qarshiliklar ko’pincha bolaning ongi bilan xulqi birbiriga muvofiq bo’lmasligidan,o’qituvchi va tarbiyachilarning o’quvchilar yosh, psixologik, fiziologik xususiyatlari (fe’l-atvori, xarakteri, qiziqishlari, jismoniy, ruhiy hamda fiziologik jihatdan sog’lomligi)ni yaxshi bilmasliklari oqibatida kelib chiqadi. Demak, tarbiya jarayoni o’zida quyidagi xususiyatlarni namoyon etadi:


Tarbiya qonuniyatlari
Yuqorida bayon etilgan fikr-mulohazalarga tayangan holda mavzuga quyidgicha xulosa qilish mumkin:

  1. Tarbiya muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama o’stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni bo’lib, har qanday tuzum va zamonda ijtimoiy munosabatlar mazmunini aniqlash, ularni tashkil etish asosi bo’lib kelgan.

  2. Yosh avlod tarbiyasi turli makon va zamonda muayyan maqsad asosida tashkil etiladi. Ijtimoiy tarbiyani yo’lga qo’yish jarayonida bir qator vazifalar hal etiladi. Tarbiyaning maqsad va vazifalari ijtimoiy tuzum mohiyati, taraqqiyot darajasi, ijtimoiy munosabatlar mazmuni, shuningdek, jamiyat fuqarolarining dunyoqarashi, intilishlari, orzu-niyatlari asosida belgilanadi.

  3. Tarbiya jarayonining xususiyatlarini chuqur anglash va ularni inobatga olgan holda tarbiyani tashkil etish oldinga qo’yilgan maqsadga erishish, shuningdek, bu boradagi vazifalarni ijobiy hal etish imkonini beradi.


Yüklə 214,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə