1-mavzu: Tibbiy bilim asoslari faniga kirish va odam organizmi haqida tushuncha



Yüklə 360,06 Kb.
səhifə24/57
tarix24.06.2022
ölçüsü360,06 Kb.
#90053
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   57
TBA MARUZA

Vitaminlar va uning ahamiyati. Vitaminlar ham yogʻlar, oqsillar, uglevodlar mineral tuzlar, suv kabi organizm uchun zarur boʻlʻgan oziqa moddalardan hisoblanadi. Rus olimi N.I. Lunin (1853-1938) 1880-yilda organizm uchun zarur boʻIgan moddalardan biri vitaminlar ekanini birinchi boʻlib isbotladi. 1912-yilda K.Funk tomonidan ular vitaminlar deb nomlandi (vita-hayot degan maʻnoni anglatadi). Vitaminlarning 40 dan ortiq turi boʻlib, ular organizmning oʻsishiga, modda almashinuviga, immun holatiga, yurak-qon tomir, nerv tizimining ish faoliyatiga taʻsir koʻrsatadi Agar biror vitamm organizmga mutlaqo kirmasa avitaminoz, yetishmasa gipovitaminoz, meʻyoridan ortib ketsa gipervitaminoz deyiladi Har bir vitamm turh xil vazifani bajaradi.
Oʻsmirnmg ovqatlanishi vitaminlar jihatidan ham toʻla sifatli boʻlmogʻi kerak. Vitaminlar organizmning normal o ʻsishi, rivojlanishi va hayot faoliyati uchun zarur: ular almashinuv jarayonlarini ragʻbatlantiruvchi va boshqaruvchilar sifatida, ayniqsa assimilyatsiya jarayonida katta ahamiyatga ega. Vitaminlar mehnat qobiliyatini va organizmning turli kasalliklarga va tashqi muhitnmg noqulay sharoitlariga nisbatan chidamini oshiradi. Organizm uchun ayniqsa vitamin A, B1 , B2 ,PP, B6 ,C,D larning ahamiyati juda muhim.
Ovqatda vitaminlar yetarli bolmaganda odam juda jahldor bolib qoladi salga charchaydi, ishtahasi va mehnat qobiliyati pasayadi, baʻzan ogʻir kasalliklar kelib chiqadi. Biroq, shuni bilish kerakki, vitaminlarni, ayniqsa vitamin preparatlarini ortiqcha miqdorda isteʻmol qilish ham juda zararli.
Vitaminlar ikkita katta guruhga boʻlinadi.
1. Suvda eriydigan vitaminlar. Bularga V vitaminning katta guruhi, C, PP vitaminlar kiradi.
2. Yog ʻda eriydigan vitaminlar. Bularga A, D, E, K vitaminlar kiradi. Odam orpnizmida A, D, B, B, PP, S vitaminlar, parchalanib ketadi.
Vitaminlar bola organizmidagi barcha hayotiy jarayonlarni normal oʻtishida muhim ahamiyatga ega. Agarda bolalar organizmida vitaminlar yetishmasa shifokor maslahati bilan dorixonada tayyor holda sotiladigan vitamin tabletkalaridan kuniga 1,2-dona isteʻmʻol qilinishi kerak.
Mineral moddalar. Mineral moddalarsiz organizm yashay olmaydi. Ular xuddi oqsillar kabi muhim qurilish materiali hisoblanadi: skelet suyaklarining tuzilishida, tish toʻqimalarining shakllanishida ishtirok etadi. Mineral tuzlar organizmdagi biologik suyuqliklar osmatik bosimini maʻlum darajada tutib turish, organizmda kislota-ishqor muvozanatini boshqarish uchun zarur boʻladi: bir qator hayotiy jarayonlar faqat mineral moddalar ishtirokida sodir boʻladi. 0ʻsmirlik yoshidagi organizmning mineral tuzlarga boʻlgan ehtiyoji katta yoshlilarga nisbatan katta. Bunga organizmning tez oʻsishi va shakllanishi, shuningdek, moddalar almashinuvining juda jadal kechishi imkon beradi. Organizmga zarur boʻladigan mineral tuzlarga natriy, kaliy, kalsiy, fosfor, temir, oltingugurt, marganets va boshqalar kiradi. Bu mineral tuzlar oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida boʻladi.
Kalsiy - fermentlar va hujayralar ichidagi almashuv jarayonida qatnashadi. Kalsiyning bufer sistemasi hosil boʻlishidagi roli katta ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, kalsiy ionlari mushaklardagi nerv qoʻzgʻalishida ishtirok etadi. Kalsiy hayvon va oʻsimlik mahsulotlarida boʻladi. Organizmdagi 60% temir gemoglobinning asosiy qismini tashkil qiladi.
Temir- organizmda toʻplamlar hosil qilish xususiyatiga ega. Oziqa bilan isteʻmol qilinayotgan temir miqdorining kamayishi anemiyaga olib keladi. Temir hujayralardagi almashinuv jarayonida qatnashadi.
Yod - mikroelementlari yetishmasligidan endemik boʻqoq kasalligi kelib chiqadi. Yodning fiziologik ahamiyati qalqonsimon bez faoliyatiga boʻlgan ijobiy va salbiy taʻsiri bilan harakterlanadi. Organizmda yod yetishmasligi qalqonsimon bez faoliyatining buzilishi va buqoq paydo boʻlishiga sabab boʻladi. Bu kasallikning oldini olishning maxsus va umumiy qoidalari boʻlib, maxsus qoidaga organizmning yod bilan taʻminlanishini tashkil etish kiradi (yodli tuzlardan foydalanish shular jumlasidandir). Umumiy qoidaga esa bolalar uchun sanitariya-gigiyena tavsiyalari kiradi.
Suv - Tirik zot borki, suvsiz yashay olmaydi. Odam ovqat yemasdan bir oydan ortiq, suvsiz esa bir necha kun yashay oladi. Suv organizmda moddalar almashinuvi normal kechishi uchun zarur. Hujayralardagi suv yetarli miqdorda boʻlgandagina undagi barcha almashinuv jarayonlari normal kechadi. Shuning uchun organizmga suv ham xuddi oqsillar, yogʻlar, uglevodlar, vitaminlar va mineral moddalar singari muntazam tushib turishi kerak. Maktab oʻquvchilari uchun bir sutkada ichiladigan suyuqlik (suyuq ovqatni ham hisobga olganda) 1,2-1,5 litrdan oshmasligi kerak. Bolaning oʻsishi va rivojlanishi organizmining suv bilan yetarli darajada taʻminlanishiga bogʻliq. Tashqi muhitning odatdagi harorati va namligida odamning sutkalik suv balansi taxminan 2,2-2,81. Organizm bir sutkada siydik bilan 1,5 1, ter bilan 400-600 ml va najas bilan 100-150 ml suv yoʻqotadi. Havo harorati yuqori boʻlib, suv almashinuvi buzilganda organizm koʻp suv yoʻqotadi.

Yüklə 360,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə