1-mavzu: tovar ishlov berish fani va uning vazifalari reja


Subtropik mevalarning sifat ko’rsatkichlari



Yüklə 383,95 Kb.
səhifə20/89
tarix11.12.2023
ölçüsü383,95 Kb.
#146714
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   89
1-mavzu tovar ishlov berish fani va uning vazifalari reja-fayllar.org

Subtropik mevalarning sifat ko’rsatkichlari
Suyutropik mevalarga tsitruslar (apelsin, mandarin, limon, greyfurut), anor,, xurma, anjir va boshqalar kiradi. Respublikamizda yetishtiriladigan asosiy subtropik mevalar anor, xurma, anjir va limon (issiqxonalarda yetishtiriladi) hisoblanadi. Bu mevalar bir guruhga kiritilsada kimyoviy tarkibi, shifobaxshlik xususiyatlari va sifat ekspertizasini o’tkazish uslublari bo’yicha ma’lum darajada bir-biridan farq qiladi.
Anor. Anorning mevasi yirik (diametri 12 sm gacha), sharsimon, po’sti oqish (oqpo’st) yoki qizg’ish (qizil po’st) bo’ladi. Ichida meva xonalarga bo’lingan, xonalarda ta’mi nordon-shirin, rangi qizil yoki pushti sersharbat etga o’ralgan urug’lar bor. Anor mevalari bir donasining og’irligiga qarab katta (400 g dan ortiq), o’rtacha kattalikda (300-400 g) va kichik (300 g dan kamroq) bo’ladi. Anorlar tarkibidagi kislotalar miqdoriga qarab shirin, nordon-shirin va nordon guruhlariga bo’linadi. SHirin anorlar etida qand miqdori 15-19 foiz miqdorida bo’ladi. Anor tarkibida vitaminlar va xilma-xil mineral elementlar mavjudligi uchun ham shifobaxshlik xususiyatiga egadir.
Surxondaryo viloyatining Dashnobod, Bandixon va Farg’ona vodiysi Quva tumanining «Anor» xo’jaliklarida yetishtirilgan anorlarning qozoqi va qizil anor navlari bo’yicha o’tkazilgan ko’p yillik tadqiqot natijalari shundan dalolat beradiki, anor mevasi makro- va mikro elementlarga boyligi bilan alohida diqqatga sazovordir. Anor mevasi tarkibida kaliy, natriy, kaltsiy, magniy kabi makroelementlar va rux, temir, marganets, nikel kabi mikroelementlar borligi aniqlangan. Anor sharbati tarkibida boshqa tsitrus mevalaridagiga nisbatan S, V1 va R vitaminlarining miqdori kamroq bo’lsada, bu mevalar ham inson organizmi uchun fiziologik faol moddalarning muhim manbai bo’lib xizmat qilishi tadqiqot natijalari asosida isbotlangan.
Anorning sifati GOST 27573-87 nomerli standart talabiga javob berishi kerak. Bu standart talabi bo’yicha anor mevalari sifat darajasiga qarab birinchi va ikkinchi tovar navlariga bo’linadi.
Har ikkala navga kiritiladigan mevalar yangi, butun, yetilib pishgan, sog’lom, toza, ortiqcha namliklarsiz, ombor zararkunandlari bilan zararlanmagan, shakli va rangi bo’yicha aynan shu pomologik navga xos bo’lishi kerak. Ikkinchi tovar navida esa shakli va rangi bo’yicha shu pomologik navga xos bo’lmagan mevalar ham bo’lishiga ruxsat etiladi. Mevalar ta’mi va hidi bo’yicha esa o’ziga xos, begona ta’mlarsiz va hidlarsiz bo’lishi kerak.
Anor mevalarining sifatini baholashda aniqlanadigan asosiy ko’rsatkichlardan biri meva ko’ndalang kesimining diametri hisoblanadi. Bu ko’rsatkich iste’molga mo’ljallangan mevalarning birinchi navida 75,0 mm dan, ikkinchi navida esa 60,0 mm dan kam bo’lmasligi standartlarda ko’rsatib qo’yilgan.
Anor mevasida uchraydigan asosiy nuqsonlardan biri quyosh nuri ta’sirida anor po’stlog’ida qora doqlarning paydo bo’lib qolishi hisoblanadi. SHu sababli mevalarda ma’lum darajada bu nuqsonning bo’lishiga ruxsat etiladi. Anorning birinchi tovar navida anor yuzasining 1/8 qismidan katta bo’lmagan, ikkinchi navida esa 1/4 qismida katta bo’lmagan qora dog’ga ega bo’lgan mevalar bo’lishiga yo’l qo’yiladi. Anorning sifat ekspertizasini o’tkazishda aniqlanadigan yana bir ko’rsatkich anor po’stlog’ining mexanik shikastlanganlik darajasi hisoblanadi. Birinchi navli anor mevasida po’stlog’i urilib shikastlangan mevalar bo’lmasligi kerak, ikkinchi navlarida esa yuzasi anor mevasi yuzasining 1/4 qismidan katta bo’lmagan jarohatli mevalar bo’lishiga ruxsat etiladi. SHuningdek, anorning ikkala tovar navida ham mexanik jarohatlari bitgan mevalar miqdori chegaralanmaydi. Lekin, standart talabi bo’yicha anorning har ikkala tovar navida ham chirigan, ezilib qolgan, pishmagan, qishloq xo’jalik zararkunandalari bilan zararlangan mevalar bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi.
Xurmo. Xurmo mevasi yassi, sharsimon, sirti silliq, po’sti zarg’aldoq-sariqdan to’q-qizil ranggacha bo’ladi. Xurmoning sifati RSTUz 854-98 nomerli standart talabiga javob berishi kerak. Bu standart talabi bo’yicha xurmo mevasi birinchi va ikkinchi tovar navlariga bo’linadi.
Har ikkala tovar naviga kiritiladigan mevalar yangi, butun, toza, sog’lom, qishloq xo’jalik zararkunandalari bilan zararlanmagan, mexanik jarohatlanmagan, shakli va rangi bo’yicha shu pomologik navga xos bo’lishi kerak. Ta’mi va hidi esa yoqimli, o’ziga xos, begona ta’mlarsiz va hidlarsiz bo’lishi kerak.
Xurmo mevalari uchun ham asosiy ko’rsatkichlardan biri meva ko’ndalang kesimining diametri hisoblanadi. Bu ko’rsatkich birinchi navga kiritiladigan mevalarda 60 mm dan kam bo’lmasligi kerak. Ikkinchi navga kiritiladigan mevalar uchun esa bu ko’rsatkich me’yorlashtirilmaydi.
Anor mevasidagi singari xurmo mevasida ham quyosh nuri ta’sirida qora dog’lar paydo bo’lishi mumkin. Standart talabi bo’yicha birinchi navga kiritiladigan xurmo mevalarida qora dog’lar bo’lmasligi kerak, ikkinchi navlarida esa xurmo yuzasining 1/8 qismidan katta bo’lmagan qora dog’li mevalar bo’lishiga yo’l qo’yiladi. Xurmo mevalari mexanik ta’sirga chidamsiz, nozik meva bo’lganligi sababli har ikala tovar navida ham po’stlog’i shikastlanib qolgan jarohatli mevalar bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi. SHuningdek, xurmoning ikkala tovar navida ham chirigan, ezilgan va pishmagan ko’m-ko’k mevalar bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi.

Yüklə 383,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə