1. Mavzu: Xorijda maktabgacha ta`lim fanining predmeti. Jahon mamlakatlari ta’limi taraqqiyotining ayrim masalalari



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/71
tarix17.05.2022
ölçüsü1,06 Mb.
#87175
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   71
1. Mavzu Xorijda maktabgacha ta`lim fanining predmeti. Jahon ma

Fan  gimnaziyalariga 

real  maktabni  bitirganlik  haqidagi  attestat 

bo‘lsagina  qabul  qilinadi.  Bu  gimnaziyalarda  ta’lim  davomiyligi  3  yil. 

Bitiruvchilar  fan  etuklik  attestatini  oladilar,  bu  esa  ma’lum  doiradagi  fanlarni 

o‘rganish uchun oliy o‘quv yurtiga kirish xuquqini beradi.  

Gimnaziyada  o‘qitishdan  maqsad: 

umumta’lim bilimlarni kengaytirish 

va  chuqurlashtirish  va  shular  asosida  o‘quvchilarni  zamonaviy  ma’lumotlarni 

olish va qayta  ishlashning ilmiy  metodlari  bilan tanishtirish,  oliy  o‘quv  yurtida 

muvaffaqiyatli  o‘qish  uchun  zarur  bo‘lgan  shart-sharoitlarni  yaratishdan  iborat. 

5-10sinflar  11-sinfda  boshlangan  individuallashtirilgan  ta’lim  dasturi  uchun 

poydevor  yaratish  vazifasini  bajarishga  mo‘ljallangan.  Gimnaziyaning  o‘ziga 

xos  xususiyati  fanlarning  differensial  tuzilgani  bo‘lib,  o‘quvchiga  tanlash 

imkoni  beriladi.  Masalan,  chet  tillar  soni  va  ularni  navbatma-navbat  o‘rganish, 

9-sinfda  o‘quvchiga  aniq  yo‘nalishdagi  fanlarni  (tabiiy-matematik,  ilmiy-

iqtisodiy,  musiqiy-badiiy)  tanlash  imkoni  beriladi.  SHunga  ko‘ra  gimnaziyalar 

maxsus  xarakterga  ega  bo‘ladi  va  an’anaviy  klassik,  tabiiy-matematik  va 

zamonaviy  tillar  turlariga  bo‘linadi.  Undan  tashqari  iqtisodiy,  pedagogik, 

qishloq  xo‘jaligi,  texnik-  texnologik,  ijtimoiy-ilmiy,  musiqiy  gimnaziyalar  va 

kommunal xo‘jalik gimnaziyalar bor.  

Klassik gimnaziyalarda albatta lotin, yunon va birorta zamonaviy til o‘rganilishi 

shart.  Tabiiy-matematik  gimnaziyalarda  matematika,  fizika,  ximiya  chuqur 

o‘rganiladi.  Gimnaziyaning  yuqori  sinflarida  asosiy,  ya’ni  xamma  uchun 

majburiy  kurslar,  hamda  individual  tanlangan  o‘ta  qiyin  (yuqori)  kurslar 

kiritilgan.




Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə