1-mavzu: Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati va tasniflanishi


O’tish iqtisodiyoti mamlakatlarida jalb kilinayotgan TTXIga ta’sir qiluvchi omillarni quyidagicha guruhlash mumkin



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə107/108
tarix30.12.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#167510
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   108
xorijiy investitsiya maruza (3)

O’tish iqtisodiyoti mamlakatlarida jalb kilinayotgan TTXIga ta’sir qiluvchi omillarni quyidagicha guruhlash mumkin:

  • siyosiy vaziyat;

  • tadbirkorlikka ko’maklashuvchi chora-tadbirlar;

  • iqtisodiy o’sish sur’atlari;

  • iqtisodiy siyosat;

  • korruptsiya darajasi.

Ushbu omillar TTXIning iqtisodiyotga jalb etilishi yoki chetga chiqib ketishiga sabab bo’ladi va uning hajmiga ta’sir ko’rsatadi.
Har qanday TMK investitsiya ob’ektini quyidagi uch omildan kelib chiqqan holda aniqlaydi:
a) retsipient-mamlakat yuritayotgan siyosat;
b) ushbu mamlakatlar hukumatlarining investitsiyalarni qo’llab-quvvatlash faoliyati;
v) mamlakat iqtisodiyotining umumiy holati tavsifi (9.1-jadval).
Turli omillarning TTXI oqimiga ta’siri investitsiyalarning asosiy maqsadi, turi, tarmog’i, tashkil etilayotgan korxona hajmi va investorning strategiyasiga bog’liq. Turli maqsadlardan kelib chiqib, investorning strategiyasi va qabul qiluvchi mamlakat ko’zlayotgan maqsadga bog’liq holda investitsiyalarni joylashtirish uchun turli ob’ektlar tanlanadi.
YuNKTAD mutaxassislari tomonidan tayyorlangan 9.2-jadvalda o’tish iqtisodiyoti mamlakatlarida TTXI oqimlarini tartibga solib turuvchi yoki rag’batlantiruvchi iqtisodiy omillar umumlashtirilgan shaklda berilgan. Ko’rsatkichlarning uch guruhga bo’linishi nisbiydir. Masalan, ikkinchi guruh omillar — “siyosiy omillar” - haqiqatda faqat iqtisodiy sabablarni: makroiqtisodiy barqarorlik, valyutaning konvertatsiyalanishi, xususiylashtirish sur’atlari va boshqalarni aks ettiradi. Uchinchi guruh omillari esa “biznesga ko’maklashish” qator siyosiy omillarni, shu jumladan, “siyosiy muhit” va “mamlakat imidji” kabilarni o’zida mujassamlashtirib, retsipient-mamlakat uchun xos xususiyatlar bo’lib, ularni tahlil qilish, mazkur mamlakat TTXIning oqib kelishi uchun tegishli shart-sharoitni yaratishni istaydimi, degan savolga javob beradi.



Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə