1-mavzu: Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati va tasniflanishi



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə16/108
tarix30.12.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#167510
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   108
xorijiy investitsiya maruza (3)

Asosiy tushunchalar:


Xalqaro kapitallar migratsiyasi — jahon iqtisodiyotining turli mamlakatlari o’rtasida egalariga qo’shimcha daromad keltiruvchi kapitalning qarama-qarshi harakatidir.
Kapitalning chetga chiqib ketishi — kapitalning bir qismini milliy aylanmadan ajratib olish va uni tegishli shakllarda xorijiy mamlakatlar iqtisodiyotiga o’tkazish jarayonidir.
Xususiy kapital — xususiy shaxslar tomonidan xorijga joylashtiriladigan yoki xorijdan qabul qilinadigan nodavlat manbalar mablag’laridir.
To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar (TTXI) - xorijiy kapitalning uzoq muddatli kiritilishi bo’lib, investor tashkil qilayotgan firma aktsiyalari yoki aktsioner kapitaliga to’la ega bo’lish yoki kamida 10 foizi xo’jalik faoliyatining ta’sirchan nazorat qilinishini ta’minlaydi.
Portfel investitsiyalar — kapitalni xorijiy korxonalar qimmatli qog’ozlariga (korxona ustav kapitalining 10% dan kam qismini) kiritish shaklida olib chiqib ketish bo’lib, investorlarga ular faoliyatini bevosita nazorat qilish imkonini bermaydi.
Jamg’arish - joriy davrdagi qayta ishlashning moddiy asosini kengaytirish orqali kelajakda aholi iste’molini oshirishga yo’naltirilgan jarayondir.
Kapital qo’yilmalarasosiy fondlarni qayta tiklash, rivojlantirish va yangilashga yo’naltirilgan moddiy xarajatlardir.
Jamg’arma — kapital qo’yilmalar tushunchasidan kengroq bo’lib, u korxonaning asosiy fondi bilan birgalikda aylanma mablag’larni, ishlab chiqarish zaxiralarini va noishlab chiqarish fondlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan kapital qo’yilmalarni o’z ichiga oladi.
Jamg’arish hajmi — sarflanayotgan kapital qiymatining yalpi ichki mahsulotdagi ulushidir.
Moliyaviy jamg’arish — qo’shilgan qiymat yoki daromadning asosiy va aylanma kapitalni kengaytirishga, yangilashga yo’naltirilgan qismidir.
Real investitsiyalar — xo’jalik sub’ektining operatsion faoliyatini amalga oshirish va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal qilishi bilan bog’liq aktivlarni yaratishga sarflangan kapitaldir.

Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə