1-mavzu: Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati va tasniflanishi


-rasm. Navoiy EIIZga kiritilgan va kiritilishi rejalashtirilgan investitsiyalar dinamikasi (mln. AQSh dollari)41



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə87/108
tarix30.12.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#167510
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   108
xorijiy investitsiya maruza (3)

7.2-rasm. Navoiy EIIZga kiritilgan va kiritilishi rejalashtirilgan investitsiyalar dinamikasi (mln. AQSh dollari)41

Umuman, “Navoiy” EIIZning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi uchun hozirda quyidagi omillar mavjud:


turli xom ashyo resurslarining mavjudligi va ularni 30%dan kam bo’lmagan mahalliylashtirish darajasida chuqur qayta ishlash imkoniyati;
ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish bilan bog’liq yirik bozorlarning mavjudligi;
transport infratuzilmasining rivojlanganligi;
katta inson salohiyatining mavjudligi;
hududda yuqori texnologiyalarni jalb etish orqali diversifikatsiyalangan ekologik toza sanoat bazasini shakllantirish imkoniyati.


Asosiy tushunchalar


Erkin iqtisodiy zonalarshunday geografik hududki, ularda mamlakatda qabul qilingan normal xo’jalik faoliyati tartibiga qaraganda imtiyozli soliq to’lash tartibi joriy etiladi.
Erkin savdo zonasi — bu dengiz porti yoki aeroportda joylashgan, yoki unga yaqin chegaralangan hudud, u milliy bojxona hududidan tashqarida bo’lib, bu erda saqlash, saralash va qadoqlash operatsiyalari amalga oshiriladi.
Eksport-ishlab chiqarish zonalari — milliy bojxona hududi doirasidagi anklavlar sifatida tavsiflanadi. Mazkur hududlar, odatda, xalqaro portlarga yaqin joylashtirilgan bo’lib, asbob-uskunalar, yig’ish uchun zarur ehtiyot qismlar va materiallar iqtisodiy siyosat choralari qo’llanilmagan holda olib kiriladi. Import qilinayotgan mahsulotlar eksport-ishlab chiqarish zonasida qayta ishlanadi va qabul qiluvchi tomonning bojxona aralashuvisiz eksport qilinadi.
Ilmiy-texnologik zonalar — ushbu hududda ilmiy va texnologik ishlab chiqarish faoliyati yirik ilmiy-tadqiqot markazlari va universitetlar atrofida joylashgan, fan sig’imkorligi yuqori bo’lgan, ilm ko’p talab qiladigan firmalar shaklida birlashadi va ular texnologik parklar, texnopolislar, ilmiy parklar, texnologik markazlar, ishbilarmonlik markazlari, deb nomlanadi.

Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə