1-mavzu: Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati va tasniflanishi



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə88/108
tarix30.12.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#167510
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   108
xorijiy investitsiya maruza (3)

Innovatsion markaz — iqtisodiy tarkibi uncha katta bo’lmagan kichik, yangi tashkil etilgan kompaniyalar uchun mo’ljallangan muayyan hududdir.
Ilmiy parklar — turli o’lcham va rivojlanish bosqichidagi fan sig’imkorligi yuqori, ilm ko’p talab qiladigan firmalar joylashgan muayyan hududdir.
Tadqiqot parki — ilmiy-texnika yutuqlarini texnik namuia bosqichigacha ishlab chiqariladigan sanoat kompaniyalari, ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik tajriba idoralarini o’z ichiga oluvchi hududtsir.
Kompleks erkin iqtisodiy zonalar — savdo, bojxona, sanoat, tadqiqot funktsiyalarini bajaruvchi va investorlarning turli xil iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanishlariga imkon beradigan kompleks hududlardir.
Integratsion zonalar — milliy, jahon iqtisodiyoti bilan uzviy bog’langan, erkin faoliyat yuritish huquqiga ega, xalqaro mehnat taqsimotiga keng jalb qilingan va bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar uchun xos bo’lgan hudud hisoblanadi.
Offshor zona — yuridik shaxslarga nisbatan soliq imtiyozlari yaratilgan, buxgalteriya hisoboti va audit bo’yicha talablar yumshatilgan, bojxona to’lovlari va savdo cheklovlari qisman yoki butunlay olib tashlangan ma’lum davlatning erkin iqtisodiy hududidir.
8-mavzu. O’zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiyalashda xorijiy investitsiyalarning o’rni

8.1. Xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga jalb etishning holati va tarkibi


8.2. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va texnikaviy qayta qurollantirishda xorijiy investitsiyalarning o’rni
8.3. Xorijiy investitsiyali korxonalar xorijiy investitsiyalarni jalb etish shakli sifatida
8.4. O’zbekistonga jalb qilinayotgan portfel investitsiyalar va ularga ta’sir etuvchi omillar


8.1. Xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga jalb etishning holati va tarkibi

Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni modernizatsiyalashning muhim omillaridan biri – iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb etishdan iborat. Bu borada mamlakatda amalga oshirilayotgan investitsiya siyosati quyidagi tamoyillarga asoslanadi:


- tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish;
- xorijiy investitsiyalarny jalb etishning huquqiy va institutsional asoslarini takomillashtirish;
- xorijiy investorlarga nisbatan “ochiq eshiklar” siyosatini izchillik bilan olib borish;
- xorijiy investitsiyalarni raqobatbardosh mahsulot ishlab
chiqariladigan ustuvor tarmoqlarga yo’naltirish.
Xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga keng miqyosda jalb etish o’tish davrining strategik va joriy vazifalarini hal etish zaruriyati bilan bog’liq. Ushbu vazifalar ichida eng muhimlari – iqtisodiyotda tarkibiy o’zgartirishlarni amalga oshirish, mamlakatning eksport salohiyatini mustahkamlash, iqtisodiyotni modernizatsiyalash, yuqori texnologik raqobatbardosh tarmoqlarni yaratish, ilg’or xorij texnologiyasi nou-xau va boshqaruv tajribalarini jalb etishdir (8.1-jadval).

Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə