1-mavzu: Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati va tasniflanishi


-jadval. Xorijiy investitsiya va kreditlarning o’zlashtirilishi



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə91/108
tarix30.12.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#167510
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   108
xorijiy investitsiya maruza (3)

8.3-jadval.
Xorijiy investitsiya va kreditlarning o’zlashtirilishi



Xorijiy investitsiya va kreditlarning jami asosiy kapitalga o’zlashtirilgan investitsiyalardagi ulushi 22,1 % dan 26,9 % ga ko’payib, o’tgan yilgi ko’rsatkichga nisbatan 4,8 % punktga oshdi, mos ravishda: Buxoro viloyatida 75,0 % (20,7 % punkt), Namangan viloyatida 35,7 % (10,7 % punkt), Surxondaryo viloyatida 17,4 % (6,5 % punkt), Xorazm viloyatida 11,8 % (5,2 % punkt) hamda Toshkent shahrida 18,8 % ini (2,4 % punktga) xorijiy investitsiya va kreditlar tashkil etdi.
Shu bilan birga, quyida keltirilgan hududlarda xorijiy investitsiya va kreditlarning kamayishi kuzatildi: Qoraqalpog’iston Respublikasida 12,0 % (33,7 % punktga kamayish), Qashqadaryo viloyatida 19,2 % (9,5 % punkt), Sirdaryo viloyatida 5,7 % (2,6 % punkt), Farg’ona viloyatida 8,1 %ni (2,7 % punkt) tashkil etdi. (8.3-jadval).



8.2-rasm. Xorijiy investitsiya va kreditlarni o’zlashtirish (mln. AQSh doll.)

2017 yil yanvar-dekabrida o’zlashtirilgan xorijiy investitsiya va kreditlarning YaIM ga nisbati 6,5 % ni tashkil etib, o’tgan yilga nisbatan 1,2 % punktga ko’paydi.


O’zlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlarning dollar ekvivalentidagi qiymati 3184,6 mln. AQSh dollarini tashkil etib, undan 2420,4 mln. AQSh dollari to’g’ridan-to’g’ri va boshqa xorijiy investitsiya va kreditlarni tashkil etdi (2016 yilga nisbatan 40,7 % ga o’sish).
Olib borilayotgan investitsion jozibadorlikni oshirishga qaratilgan chora tadbirlar natijasida to’g’ridan-to’g’ri va boshqa xorijiy investitsiyalarning o’zlashtirilgan hajmi 2017 yilning yanvar-dekabrida 33,2 % punktiga ko’payib, 12395,2 mlrd. so’mni va jami investitsiyalardagi ulushi 20,4 % ni tashkil etdi.
2017 yilning yanvar-dekabrida o’zlashtirilgan to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar va kreditlarning YaIM ga nisbati 5,0 % ni tashkil etib, 2016 yildagi ko’rsatkichga nisbatan 1,3 % punktga ko’paydi.
2017 yilda ayrim iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha xorijiy investitsiya va kreditlarning o’zlashtirilishini 8.3-rasmda ko’rish mumkin.
Rasmdan ko’rinib turibdiki, quyidagi iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha xorijiy investitsiya va kreditlar eng ko’p o’zlashtirildi: xom neft va tabiiy gaz qazib chiqarish faoliyat turiga jami o’zlashtirilgan xorijiy investitsiya va kreditlarning 56,5 % ini tashkil etib, 2016 yilga nisbatan 25,6 % punktga ko’paydi, mos ravishda axborot va aloqa faoliyat turiga 9,5 % ni tashkil etib 2016 yilga nisbatan 2,3 % punktga ko’paydi. Shu bilan birga, quyidagi iqtisodiy faoliyat turlariga xorijiy investitsiya va kreditlar kamaydi: tashish va saqlash faolitida 9,0 % (4,1 % punktga kamayish), elektr, gaz, bug’ bilan ta’minlash, havoni konditsiyalash faoliyatida 2,4 % (9,9 % punkt), kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatida 1,9 % (13,9 % punktga kamayish).




Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə