1-mavzu: Yosh va pedagogik psixologiya fanining tadqiqot sohasi va muammolari Reja



Yüklə 102,76 Kb.
səhifə11/12
tarix04.06.2022
ölçüsü102,76 Kb.
#88832
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
1 - мавзу

Birinchi davr − go‘daklikda tashqi dunyoga ongsiz “ishonch” tuyg‘usi vujudga keladi. Buning bosh sababi ota-onaning mehr-muhabbati, g‘amxo‘rligi va jonkuyarligidir. Agar go‘dakda ishonchning negizi paydo bo‘lmay, borliqqa ishonchsizlik hissi tug‘ilsa, voyaga yetgan odamlarda mahdudlik, umidsizlik vujudga kelishi shubhasizdir.
Ikkinchi davr − ilk bolalikda yarim mustaqillik va shaxsiy qadr-qimmat tuyg‘usi shakllanadi yoki, aksincha, ularning teskarisi — uyat va shubha hissi hosil bo‘ladi. Bolada mustaqillikning o‘sishi unga o‘z tanasini boshqarish uchun keng imkoniyat yaratib, bo‘lg‘usi shaxs xususiyatlaridan tartib va intizom, mas’uliyat, javobgarlik, hurmat tuyg‘ulari tarkib topishiga zamin hozirlaydi.
Uchinchi davr − o‘yin yoshi deb ataladi va unga 5−7 yoshli bolalar kiradi. Bu davrda tashabbus tuyg‘usi, qandaydir ishlarni amalga oshirish, bajarish mayli tarkib topadi. Mabodo boladagi xohish-istakni ro‘yobga chiqarish yo‘li to‘sib qo‘yilsa, buning uchun u o‘zini aybdor deb hisoblaydi. Mazkur davrda davra, ya’ni guruh o‘yinlarga, tengqurlari bilan muloqotga kirishish muhim ahamiyat kasb etadi: bola turli rollar bajarib ko‘rishiga, uning xayoloti o‘sishiga imkon yaratadi. Xuddi shu davrda bolada adolat tuyg‘usi, uni tushunish mayli tug‘ila boshlaydi.
To‘rtinchi davr − maktab yoshi boladagi asosiy o‘zgarishlar: ko‘zlagan maqsadiga erishish uchun intilish, uddaburonlik va tirishqoqlik bilan ajralib turadi. Uning eng muhim qadriyati omilkorlik va mahsuldorlikdan iboratdir. Bu yosh davrining salbiy jihatlari (illatlari) ham bo‘lib, ular ijobiy xislatlari yetarli bo‘lmasligi, ong hayotning barcha qirralarini qamrab ololmasligi, muammolarni hal qilishda aql-zakovat darajasining pastligi, bilimlarni o‘zlashtirishdagi qoloqlik va hokazolardir. Xuddi shu davrda shaxsning mehnatga munosabati shakllana boshlaydi.
Beshinchi davr − o‘spirinlik betakror xislati, o‘ziga xosligi, boshqa odamlardan keskin farqlanishi bilan tavsiflanadi. Shuningdek, o‘spirinlik shaxs sifatida noaniqligi muayyan rolni uddalamaslik, qat’iyatsizlik singari salbiy sifatlarga ham egadir. Mazkur davrning eng muhim xususiyati “rolini kechiktirish”ning o‘zgarishi hisoblanadi. U ijtimoiy hayotda bajarayotgan rollarning ko‘lami kengayadi, lekin ular­ning barchasini jiddiy egallash imkoniyatiga ega bo‘lmaydi, shuningdek, rollarda o‘zini sinab ko‘rish bilan cheklanadi, xolos. Erikson o‘spirinlarda o‘zini o‘zi anglashning psixologik mexanizmlarini batafsil tahlil qiladi, unda vaqtni yangicha his qilish, psixoseksual qizikish, patogen (kasallik qo‘zg‘atuvchi) jarayonlarni va ularning turli ko‘rinishlari namoyon bo‘lishini bayon qiladi.
Oltinchi davr − yoshlik boshqa jinsga psixologik intim yaqinlashuv qobiliyati va ehtiyoji vujudga kelishi bilan ajralib turadi. Bunda ayniqsa, jinsiy mayl alohida o‘rin tutadi. Bundan tashqari, yoshlik tanholikni yoqtirish va odamovilik kabi yoqimsiz xususiyat bilan ham farqlanadi.
Yettinchi davr − yetuklik davrida hayotiy faoliyatning barcha sohalarida (mehnatda, ijodiyotda, g‘amxo‘rlikda, pusht qoldirishda, tajriba uzatish va boshqalarda) mahsuldorlik tuyg‘usi uzluksiz hamroh bo‘ladi va ezgu niyatlarning amalga oshishida turtki vazifasini bajaradi. Shuningdek, mazkur davrda ayrim jihatlarda turg‘unlik tuyg‘usi salbiy xususiyat sifatida hukm surishi ham mumkin.

Yüklə 102,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə