Davlatni
idora qilishda vazirlar, amirlar va viloyatlarda o’tirgan noiblarning roli benihoya
katta bo’lgan. Shuning uchun ham Amir Temur ularni tanlash va vazifalarga tayinlash ishiga
alohida ahamiyat bergan. Ular Sohibqironning
fikricha sadoqatli, axloqiy pok, adolatpesha,
tinchliksevar va tashabbuskor odamlar bo’lishi kerak. “Tuzuklar” muallifining fikriga ko’ra,
masalan, vazirlar to’rt sifatga ega bo’lishlari shart:
1.
Asillik, toza nasllik va ulug’vorlik.
2.
Aqlu farosatlik.
3.
Sipoh bilan raiyat ahvolidan boxabarlik va ularga g’amxo’rlik ko’rsatish, ular bilan yaxshi
muomalada bo’lish.
4.
Sabru
bardoshlilik, muloyimlik.
“Tuzuklar”da keltirilgan ma’lumotlarga ko’ra Amir Temur o’z davlatini, bir uchi Chinu Mochin
va ikkinchi uchi Shom hududida bo’lgan ulkan mamlakatni bor-yo’g’i yetti nafar vazir yordamida
boshqargan. Bular quyidagilar (7-jadval).
Dostları ilə paylaş: