1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar


Xizmat safari va transport xarajatlari



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə264/296
tarix29.05.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#114081
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   296
hisob raqam kod

56300 Xizmat safari va transport xarajatlari
56302 Xizmat safari xarajatlari
56306 Yashash xarajatlar
56310 Fraxt xarajatlar
56314 Yoqilg‘i
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bank xodimlarning xizmat safari bilan bog‘liq (transport (xizmat safari xarajatlari), mehmonxona xizmati (yashash uchun boshqa xizmatlar) qiymati va limit doirasidagi kunlik xarajatlar; fraxt (bank ofislari o‘rtasida jihozlar va boshqa mulklarni ko‘chirish) xarajatlari, xususiy va ijaraga olingan harakat vositalari uchun foydalaniladigan yoqilgi xarajatlari, shuningdek o‘rnatilgan tartibga muvofiq ravishda xizmat safari uchun foydalaniladigan bank xodimlarining shaxsiy avtomobillari uchun xarajatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida xizmat safari va transport uchun qilingan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56400 Ma’muriy xarajatlar
56402 Reklama va e’lon xarajatlari
56406 Devonxona, ofis va boshqa buyumlar xarajatlari
56410 Pochta, telefon, faks
56414 Hujjat markalari uchun xarajatlar
56418 Kitob, gazeta va boshqa davriy nashriyotlar bo‘yicha xarajatlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning gazeta, radio, televideniye va boshqa axborot vositalari orqali beradigan reklama va e’lonlariga, blankalarga, devonxona va ofis qurollariga, pochta va hujjat markalariga, telefon va faks, ma’lumotlarni uzatish uchun boshqa aloqa kanallari (Reuters, SWIFT, Internet, teleks va boshqalar)dan foydalanish xarajatlari, shuningdek davriy nashrlarga, shu bilan birga elektron bildirgichi (“PRAVO” tizimi va boshqalar)ga qilingan xarajatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida ma’muriy xarajatlarga to‘langan summalar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə