1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]



Yüklə 53,14 Kb.
tarix20.06.2023
ölçüsü53,14 Kb.
#118119



[OKOZ:

1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.01.00 Umumiy masalalar]

[TSZ:

1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Qarz oluvchi jismoniy shaxslarning qarz yukini tartibga solish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 23-avgustdagi 19/11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3205-1, 16.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.09.2022-y., 10/22/3205-1/0831-son — 2022-yil 17-dekabrdan kuchga kiradi)
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 19-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3205]
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-iyuldagi PQ-4400-son “Mikromoliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 23-avgustdagi 19/11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3205-1, 16.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.09.2022-y., 10/22/3205-1/0831-son — 2022-yil 17-dekabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Qarz oluvchi jismoniy shaxslarning qarz yukini tartibga solish to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 23-avgustdagi 19/11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3205-1, 16.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.09.2022-y., 10/22/3205-1/0831-son — 2022-yil 17-dekabrdan kuchga kiradi)
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2019-yil 28-sentabr,
24/5-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 28-sentabrdagi 24/5-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Qarz oluvchi jismoniy shaxslarning qarz yukini tartibga solish to‘g‘risidagi
NIZOM
(ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 23-avgustdagi 19/11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3205-1, 16.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.09.2022-y., 10/22/3205-1/0831-son — 2022-yil 17-dekabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom qarz oluvchi jismoniy shaxslarga mikroqarzlar ajratilayotganda qarz yukini hisoblash tartibini, qarz yukining ruxsat etilgan miqdorini, shuningdek kreditlar va mikroqarzlar bo‘yicha kunlik eng yuqori foiz stavkalarini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 23-avgustdagi 19/11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3205-1, 16.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.09.2022-y., 10/22/3205-1/0831-son — 2022-yil 17-dekabrdan kuchga kiradi)
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
qarz oluvchi — kredit tashkilotiga mikroqarz olish uchun murojaat qilgan jismoniy shaxs;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 23-avgustdagi 19/11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3205-1, 16.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.09.2022-y., 10/22/3205-1/0831-son — 2022-yil 17-dekabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
qarz yuki ko‘rsatkichi — qarz oluvchining kredit va/yoki mikroqarzlari bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lovlari miqdorining uning o‘rtacha oylik daromadi miqdoriga bo‘lgan nisbati;
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 23-avgustdagi 19/11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3205-1, 16.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.09.2022-y., 10/22/3205-1/0831-son — 2022-yil 17-dekabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
qarz beruvchi — bank, mikromoliya tashkiloti, lombard va mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi to‘lov tashkiloti;
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 23-avgustdagi 19/11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3205-1, 16.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.09.2022-y., 10/22/3205-1/0831-son — 2022-yil 17-dekabrdan kuchga kiradi)
kredit (mikroqarz) shartnomasi bo‘yicha to‘lovlar — kreditning (mikroqarzning) to‘liq qiymati, foizlar, shartnomani tuzish vaqtida ma’lum bo‘lgan boshqa to‘lovlar, shu jumladan uchinchi shaxs foydasiga to‘lanadigan to‘lovlar, agar bunday to‘lovlar shartnoma shartlaridan kelib chiqadigan bo‘lsa;
o‘rtacha oylik to‘lovlar miqdori — qarz oluvchi tomonidan barcha qarz beruvchilar bilan tuzilgan kredit (mikroqarz) shartnomalari, shuningdek qarz oluvchi kafil va/yoki birgalikda qarz oluvchi sifatida ishtirok etadigan kredit (mikroqarz) shartnomalari bo‘yicha to‘lovlarning o‘rtacha oylik qiymati;
o‘rtacha oylik daromadlar miqdori — jismoniy shaxsning mehnatga haq to‘lash tarzidagi, shuningdek pensiya va boshqa daromadlari;
birgalikda qarz oluvchi — qarz oluvchi bilan kredit (mikroqarz) va uning foizlari bo‘yicha oylik to‘lovlarda qatnashuvchi, shuningdek kredit (mikroqarz) bo‘yicha solidar javob beruvchi jismoniy shaxslar.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Qarz yuki ko‘rsatkichi har bir qarz oluvchiga qarz beruvchi tomonidan mikroqarz ajratishda uning summasi va qarz oluvchining amaldagi kredit (mikroqarz) shartnomalari bo‘yicha asosiy qarz qoldig‘i yig‘indisi bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan oshganda hisoblanadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 23-avgustdagi 19/11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3205-1, 16.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.09.2022-y., 10/22/3205-1/0831-son — 2022-yil 17-dekabrdan kuchga kiradi)
3. Qarz beruvchi tomonidan kreditga (mikroqarzga) doir huquqlar sotib olinganda qarz yuki ko‘rsatkichi hisoblanmasligi mumkin.
2-bob. Qarz oluvchining o‘rtacha oylik to‘lovlari miqdorini aniqlash
4. O‘rtacha oylik to‘lovlar miqdori hisob-kitobiga quyidagi to‘lovlar kiritiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
qarz beruvchi tomonidan mikroqarz ajratish to‘g‘risida ko‘rib chiqilayotgan murojaat bo‘yicha;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 23-avgustdagi 19/11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3205-1, 16.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.09.2022-y., 10/22/3205-1/0831-son — 2022-yil 17-dekabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
qarz beruvchi tomonidan mikroqarz ajratish to‘g‘risida ko‘rib chiqilayotgan murojaatda birgalikda qarz oluvchi nazarda tutilgan taqdirda, uning barcha kreditorlar bilan tuzilgan har bir mikroqarz shartnomasi bo‘yicha;
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 23-avgustdagi 19/11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3205-1, 16.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.09.2022-y., 10/22/3205-1/0831-son — 2022-yil 17-dekabrdan kuchga kiradi)
qarz yuki ko‘rsatkichini hisoblash sanasida qarz oluvchi va barcha qarz beruvchilar o‘rtasida tuzilgan hamda amalda bo‘lgan kredit (mikroqarz) shartnomalari bo‘yicha;
qarz oluvchi kafillik shartnomasiga muvofiq kafil sifatida ishtirok etgan kreditlar (mikroqarzlar) bo‘yicha, agar qarz yuki ko‘rsatkichini hisoblash sanasida ular bo‘yicha 30 kundan ortiq muddati o‘tgan to‘lovlari mavjud bo‘lsa.
5. Qarz beruvchi o‘rtacha oylik to‘lovlarni kredit byurosi tomonidan taqdim etiladigan kredit hisobotidagi va qarz beruvchi boshqa rasmiy manbalardan olgan ma’lumotlaridan foydalangan holda hisoblab chiqadi. Bunda qarz beruvchi o‘rtacha oylik to‘lovlari miqdorini hisoblashda aktual (olingan sanasi 7 ish kunidan oshmagan) ma’lumotlardan foydalanishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Qarz yuki ko‘rsatkichini hisoblash va mikroqarz berish sanasi o‘rtasidagi vaqt oralig‘i bir kalendar oydan oshmasligi kerak.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 23-avgustdagi 19/11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3205-1, 16.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.09.2022-y., 10/22/3205-1/0831-son — 2022-yil 17-dekabrdan kuchga kiradi)
3-bob. Qarz oluvchining o‘rtacha oylik daromadlari miqdorini aniqlash
7. Qarz oluvchining o‘rtacha oylik daromadlari miqdori qarz oluvchi tomonidan oxirgi 12 oy ichida olgan daromadlari miqdorining o‘rtacha arifmetik qiymati sifatida hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qarz beruvchi tomonidan ko‘rib chiqilayotgan mikroqarz ajratish haqidagi murojaatda birgalikda qarz oluvchi nazarda tutilgan bo‘lsa, uning daromadlari ham o‘rtacha oylik daromadi hisob-kitobiga kiritiladi.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 23-avgustdagi 19/11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3205-1, 16.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.09.2022-y., 10/22/3205-1/0831-son — 2022-yil 17-dekabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Qarz beruvchi qarz oluvchining o‘rtacha oylik daromadlarini aniqlashda qarz oluvchi tomonidan taqdim etilgan va/yoki o‘zi kredit byurodan yoki boshqa manbalardan mustaqil ravishda olgan ma’lumotlardan foydalanadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 23-avgustdagi 19/11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3205-1, 16.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.09.2022-y., 10/22/3205-1/0831-son — 2022-yil 17-dekabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Qarz beruvchi qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchining o‘rtacha oylik daromadlarini aniqlashda quyidagi tasdiqlovchi hujjatlar va ma’lumotlardan foydalanish huquqiga ega:
ish beruvchi tomonidan tasdiqlangan ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan;
pensiya miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlardan;
fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya badallari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan;
qarz oluvchining bank hisobvaraqlariga tushgan daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan;
to‘langan soliqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlardan;
foizlar, dividendlar, mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotlardan.
Bunda, qarz beruvchi mazkur bandda keltirilgan hujjatlar bilan cheklanmasdan boshqa ma’lumotlardan foydalanishi mumkin.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 23-avgustdagi 19/11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3205-1, 16.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.09.2022-y., 10/22/3205-1/0831-son — 2022-yil 17-dekabrdan kuchga kiradi)
4-bob. Qarz yuki o‘sishini cheklash me’yori
Oldingi tahrirga qarang.
10. Qarz beruvchi tomonidan mikroqarzlar ajratilayotganda jismoniy shaxsning qarz yuki ko‘rsatkichi 50 foizdan oshmasligi kerak.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 23-avgustdagi 19/11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3205-1, 16.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.09.2022-y., 10/22/3205-1/0831-son — 2022-yil 17-dekabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Qarz beruvchi tomonidan jismoniy shaxslarga ajratiladigan kredit yoki mikroqarz bo‘yicha foiz to‘lovlari hamda boshqa to‘lovlar (asosiy qarz to‘lovlari, shartnoma shartlarini bajarmaganlik uchun qo‘llaniladigan javobgarlik choralari bundan mustasno) yig‘indisi kredit yoki mikroqarzning asosiy qarz qoldig‘iga nisbatan kunlik 0,3 foizdan oshmasligi lozim.
Bunda, mazkur bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlar qaysi davr uchun undiriladigan bo‘lsa, kunlik foiz hisob-kitobida shu davrdagi kunlarga teng miqdorda taqsimlanadi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 4-yanvardagi 30/13-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3205-2, 02.02.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2023-y., 10/23/3205-2/0068-son — 2023-yil 3-maydan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
111. Kredit yoki mikroqarz bo‘yicha asosiy qarzdan tashqari barcha to‘lovlar, shu jumladan foizlar, vositachilik haqlari, neustoyka (jarima, penya), javobgarlikning boshqa choralari yig‘indisi yiliga qarz miqdorining yarmidan ko‘pini tashkil etishi mumkin emas.
Bunda, qarz miqdori deganda:
kredit yoki mikroqarz shartnomasining muddati 12 oyga teng yoki undan kam bo‘lganda shartnoma bo‘yicha ajratilgan kredit yoki mikroqarzning miqdori;
kredit yoki mikroqarz shartnomasining muddati 12 oydan ko‘p bo‘lganda 12 oyga teng bo‘lgan davrning boshidagi kredit yoki mikroqarz asosiy qarzining qoldig‘i;
12 oyga teng bo‘lgan davr ichida kredit yoki mikroqarzning asosiy qarz miqdori oshganda, ushbu miqdor oshgan sanadan boshlab keyingi davr uchun oshgan kredit yoki mikroqarz asosiy qarzining qoldig‘i tushuniladi.
Mazkur bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan cheklov quyidagi tartibda hisob-kitob qilinadi:

Bunda,
qoldiqii davr uchun kredit yoki mikroqarz asosiy qismining oshmay turgan qoldig‘i;
kunlar_soniii davrdagi kredit yoki mikroqarz asosiy qismining qoldig‘i oshmay turgan kunlar soni;
i davr — kredit yoki mikroqarz qoldig‘i oshmay turgan muddat;
to‘lovlar — kredit yoki mikroqarz bo‘yicha asosiy qarzdan tashqari barcha to‘lovlar, shu jumladan foizlar, vositachilik haqi, neustoyka (jarima, penya), javobgarlikning boshqa choralari;
muddat — 365 kun yoki kredit yoki mikroqarz shartnomasi muddati 12 oydan kam bo‘lganda uning muddati kun hisobida.
Kredit yoki mikroqarz shartnomasi bo‘yicha kredit yoki mikroqarzning asosiy qarzidan tashqari to‘lanadigan barcha to‘lovlarni hisoblashda mazkur Nizomning ilovasida keltirilgan misollardan foydalaniladi.
(111-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 4-yanvardagi 30/13-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3205-2, 02.02.2023-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2023-y., 10/23/3205-2/0068-son — 2023-yil 3-maydan kuchga kiradi)
5-bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
12. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
13. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi A. IKRAMOV
2019-yil 6-dekabr
Oldingi tahrirga qarang.
Qarz oluvchi jismoniy shaxslarning qarz yukini tartibga solish to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Kredit yoki mikroqarz bo‘yicha asosiy qarzdan tashqari to‘lanadigan barcha to‘lovlarni hisoblash bo‘yicha misollar
1) kredit yoki mikroqarz shartnomasining muddati 12 oyga teng yoki undan kam bo‘lganda:

kredit yoki mikroqarz bo‘yicha barcha to‘lovlar



shartnoma bo‘yicha ajratilgan kredit yoki mikroqarzning miqdori

x 50%

2) kredit yoki mikroqarz shartnomasining muddati 12 oydan ko‘p bo‘lganda:

kredit yoki mikroqarz bo‘yicha 12 oyga teng bo‘lgan davr ichida barcha to‘lovlar



12 oyga teng bo‘lgan davrning boshiga kredit yoki mikroqarz asosiy qarzining qoldig‘i

x 50%


3) 12 oyga teng bo‘lgan davr ichida kredit yoki mikroqarzning asosiy qarz miqdori oshganda:

Bunda, to‘lovlarning eng ko‘p miqdori:
a) X davr uchun:

X davrning dastlabki uch oyi uchun:

10 000 000

x

90 kun (yanv. -31 kun, fev. -28 kun, mar. -31 kun)

x 50%

=

1 232 876,71

365

+

X davrning keyingi to‘qqiz oyi uchun:

15 000 000

x

275 kun (apr. -30 kun, ..., dek. -31 kun)

x 50%

=

5 650 684,93;

365

=

6 883 561,64;

b) Y davr uchun: 7 500 000 = 15 000 000 (12 oyga teng bo‘lgan davrning boshiga qoldiq) x 50%;
v) Z davr uchun: 5 000 000 = 10 000 000 (12 oyga teng bo‘lgan davrning boshiga qoldiq) x 50%.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 4-yanvardagi 30/13-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3205-2, 02.02.2023-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2023-y., 10/23/3205-2/0068-son — 2023-yil 3-maydan kuchga kiradi)


(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2019-y., 10/19/3205/4177-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 16.09.2022-y., 10/22/3205-1/0831-son; 02.02.2023-y., 10/23/3205-2/0068-son)

Yüklə 53,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə