1. Moliyaviy strategiya. Moliyaviy taktikaga


Moliya mexanizmining mazmuni



Yüklə 22,85 Kb.
səhifə5/5
tarix14.02.2023
ölçüsü22,85 Kb.
#100806
1   2   3   4   5
1. Moliyaviy strategiya. Moliyaviy taktikaga

Moliya mexanizmining mazmuni

Moliyaviy siyosatni amalga oshirish hamda uni hayotga muvaffaqiyatli tadbiq qilish uchun moliya mexanizmidan foydalaniladi. U jamiyat tomonidan iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida qo‘llaniladigan moliyaviy munosabatlarni tashkil etish uslublari yig‘indisini tashkil qiladi. Moliya mexanizmi o‘z tarkibiga moliya munosabatlarini tashkil etish turlari, shakllari va usullarini, ularni miqdoriy aniqlash uslublarini oladi.

Mohiyati jihatidan moliya mexanizmi - taqsimlash va qayta taqsimlash munosabatlarining keng tizimini amalga oshirish, daromad va jamg‘armalarni tashkil qilish, markazlashgan va markazlashmagan pul fondlarini tuzishni taominlovchi shakl va usullar yig‘indisidan iboratdir.

Moliya mexanizmining tarkibi ancha murakkab bo‘lib, unga turli moliyaviy munosabatlarga xos elementlar kiradi. Aynan moliyaviy o‘zaro aloqalarning ko‘pligi ularni tashkil etishning turlari, shakllari va usullarini (moliya mexanizmi elementlarini) ko‘p miqdorda qo‘llashni taqazo etadi.

Davlat o‘zining ijro qiluvchi va qonun chiqaruvchi organlari yordamida iqtisodiy qonunlar taosirini chuqur o‘rganish, moliyaning rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganish, iqtisodiy va moliyaviy siyosat vazifalarini o‘rganish asosida ichki mahsulot va milliy daromadni taqsimlash usullarini o‘rnatadi, pul jamg‘armalarining shakllarini belgilaydi, to‘lov va ajratmalar turlarini ishlab chiqadi, davlat moliyaviy resurslaridan foydalanish yo`nalishlari va tamoyillarini ishlab chiqadi va b.

Moliya mexanizmi direktiv (ma’muriy) va tartibga soluvchi mexanizmlarga bo‘linadi.

Direktiv (ma’muriy) moliya mexanizmi – davlat ishtirok etadigan moliya munosabatlari: soliqlar, davlat krediti, budjet xarajatlari, budjetdan moliyalashtirish, budjet qurilmasi va budjet jarayonini tashkil qilish, moliyaviy rejalashtirishni tashkil etishning barcha tizimlarini batafsil ishlab chiqilishini nazarda tutadi.

Bir qator holatlarda boshqa, ya’ni butun moliya siyosatini amalga oshirilishida katta ahamiyatga ega bo‘lgan (korporativ qimmatli qog‘ozlar bozori) moliya munosabatalariga yoki bunday munosabat tomonilaridan biri – davlatning vakili bo‘lganda (davlat korxonalari moliyasi) ham tadbiq etiladi.



Tartibga soluvchi moliya mexanizmi davlat manfaatlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qilmaydigan moliya munosabatlarida qo‘llaniladi va faqatgina asosiy qoidalarni o‘rnatilishini nazarda tutadi. Moliya mexanizmining bunday xilma-xilligi xususiy korxonalarda ichki xo‘jalik moliya munosabatlarini tashkil qilish uchun xarakterlidir.

Bu holatda davlat moliya resurslaridan foydalanishning umumiy tartiblarini o‘rnatadi.
Yüklə 22,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə