1 Nazokat kamilova, Farrux abdumalikov 9-sinf


. 2-§. Nosiruddin Burhoniddin RABG‘UZIY



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/45
tarix11.12.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#145343
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   45
9-sinf adabiyot test. GOLDEN BOOKS(1)

22
.
2-§. Nosiruddin Burhoniddin RABG‘UZIY
26. «Qisasi Rabg‘uziy»da Muhammad alayhissalomdan: «Siz bir kuni 
tuyani uraman deb mening yelkamga qamchi bilan urgan edingiz», – 
deb qasos tilagan kim edi?
A) Ali B) Ukosha C) Usmon D) Umar 
27. Qaysi sahobalar payg‘ambarning o‘rniga «meni urg‘il» deya 
yig‘lashadi?
A) Umar, Usmon, Ali B) Abu Bakr, Usmon, Ali
C) Abu Bakr, Hasan D) Abu Bakr, Umar, Usmon
28. «Qisasi Rabg‘uziy»da quyidagi fikrlar kimning tilidan aytilgan?
«Ey Ukosha, ul qamchini maning yuzumga, ko‘zumga urg‘il. 
Rasul alayhissalomning qutlug‘ taniga tegmasun». 
 
A) Umar B) Usmon 
C) Abu Bakr D) Ali
29. «Qisasi Rabg‘uziy»da Ukoshaning asosiy maqsadi nima edi?
A) payg‘ambarning egnidagi muhri nubuvvat (payg‘ambarlik muhri)ni 
ko‘rish 
B) payg‘ambardan qasos olish 
C) payg‘ambardan sahobalik martabasini talab qilish
D) payg‘ambardan «Qur’on» oyatlaridan eshitish
30. Quyidagi oyatni eshitib ko‘p sahobalar xursand bo‘lishadi, ammo 
qaysi sahoba chuqur qayg‘uga tushadi?
«Bugun diningizni sizlarga mukammal qilib berdim va tamom qilib 
berdim, sizlarga ne’matimni va to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadigan din bo‘lsin 
uchun islomni sizga ravo ko‘rdim». 
 
A) Umar B) Usmon
C) Abubakr Siddiq D) Hazrat Ali
31. «Qisasi Rabg‘uziy»da Oyisha (raziyallahu anho) necha yoshlarida 
rasul alayhissalomga «ulashganlari» aytiladi?
A) 7 yoshda B) 8 yoshda
C) 9 yoshda D) 10 yoshda
32. «Qisasi Rabg‘uziy»da keltirilishicha, rasul alayhissalom vafot 
etganlarida Oyishayi Siddiqa raziyallahu anho necha yoshda 
bo‘lganlar?
A) 20 yoshda B) 40 yoshda
C) 25 yoshda D) 30 yoshda
33. «Qisasi Rabg‘uziy»da Rasulning og‘rib qolgani haqidagi fikrlar 
kimning tilidan aytilgan?
A) Umar B) Abdulloh ibn Mas’ud 
C) Abu Bakr D) Siddiq
34. «Qisasi Rabg‘uziy»dan olingan quyidagi parchada tashbeh 
(o‘xshatish) san’atiga asos bo‘lgan so‘z birikmalarini toping.
«Kun kelu og‘rig‘i ziyoda bo‘ldi. Qizil mengizi sarg‘ardi, chechaktek 
englari soldi. Jabroil xoja mengizlik bo‘lub ustun turur. Azroil bir 
badaviy arabtek bo‘lub kirib keldi». 
 



Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə