4-Mavzu. Tabiiy tosh materiallar §



Yüklə 141,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/11
tarix22.03.2024
ölçüsü141,38 Kb.
#183059
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
4- mavzu. Tabiiy tosh materiallarining asosiy xossalari



4-Mavzu. TABIIY TOSh MATERIALLAR 
 
§3.1. Tog’ jinslarining sinflanishi 
 
Tog’ jinslaridan mexanik usulda ishlov berish yo’li bilan (maydalash, 
parchalash, arralash, jilvirlash, jilolash va sh. k.) olinadigan qurilish mate- rialllari 
tabiiy tosh materiallar deb ataladi. Bunday ishlov berish nati- jasida tabiiy tosh 
materiallarning fizik-mexanik xossalari qariyib to’la saqlanib qolinadi. 
Tog’ jinslari er qobig’ini yuzaga keltiruvchi muayyan geologik jinslarni hosil 
qiladigan, ma’lum darajada o’zgarmas tarkibli minerallarning tabi- iy agregatlaridan 
iboratdir. Bitta mineraldan iborat tog’ jinslari oddiy yoki “
monomineral” 
jinslar deb, 
bir necha minerallardan iborat tog’ jinslari esa murakkab, yoki “
polimineral” 
jinslar 
deb ataladi. 
Mineral 
(lotin tilida minera - ruda) kimyoviy tarkibi va fizik xossa- lari 
bo’yicha taxminan bir jinsli tabiiy jism bo’lib, er qobig’ida sodir bo’ladigan har xil 
fizik-kimyoviy jarayonlar natijasida hosil bo’ladi. 
Kelib chiqishi bo’yicha tog’ jinslar 
“magmatik” 
(otqindi), 
“cho’kindi” 
va 
“metamorfik” 
kabi guruxlarga bo’linadi. 
Magmatik tog’ jinslari 
magma (olov suyuq massa) ning sovishi natija- sida 
hosil bo’lgan. Magma er qobig’ini yorib chiqib er yuzasida yoyiladi yoki er qobig’i 
ustki qismida soviydi. Magmaning sovish sharoitlariga qarab u chu- qurlikda 
sovigan (intruziv), otilib chiqib sovigan (effuziv) va chaqiq vulqonli jinslarga 
bo’linadi. 
Chuqurlikdagi tog’ jinslari (granit, sienit, diorit va sh. k.) yuqori qat- 
lamlarning bosimi ostida er qobig’ida magmaning sekin sovishi natijasida hosil 
bo’lgan. Bunday sharoitlarda tog’ jinslari bir tekis kristalli tuzi- lishga ega bo’ladi, 
buning natijasida turli kristallarning yirik donalari o’zaro bitta bo’lib qo’shilib 
ketadi. 
Otilib chiqib oqqan tog’ jinslari (bazalt, andezit, diabaz va sh. k.) mag- maning 
er yuzasida tez sovishi natijasida hosil bo’ladi. Bunday sharoit- larda sovigan 
magma to’liq kristallanmaydi. Hosil bo’lish sharoitlariga qarab, otqindi tog’ jinslari 
mayda donador, yashirin kristalli yoki amorf tuzilishga ega bo’ladi. Agar yopishqoq 
magmadan gazsimon mahsulotlar sekin ajralib chiqqan bo’lsa, unda g’ovakli yoki 
pemzasimon tuzilish hosil bo’ladi. 
Chaqiq vulqonli jinslar vulqon otilib chiqqanda er yuzasiga chiqarib tashlangan, 
erigan lavaning juda mayda zarrachalaridan hosil bo’ladi. Bu qat- lamlar yumshoq 
holatda (vulqon kuli, pemza) qotgan yoxud tsementlovchi tabiiy moddalar mavjud 
bo’lganda va yuqorida joylashgan qatlamlarning bosimi os- tida tsementlangan zich 
jinslarga (vulqon tufi) aylangan. 

Yüklə 141,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə