4-Mavzu. Tabiiy tosh materiallar §



Yüklə 141,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/11
tarix22.03.2024
ölçüsü141,38 Kb.
#183059
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
4- mavzu. Tabiiy tosh materiallarining asosiy xossalari

3.6
 
– rasm. Dolomit toshlardan tayyorlangan yo’lak plitkalari. 
 
Bino va inshoatlarning poydevor qismini pardozlashda, shuningdek, xona va 
zallarning inter’erini barpo etishda qalinligi 40...60 mm bo’lgan rangli tabiiy toshlar 
(ohaktosh, marmar, dolomit va sh. k.) qo’llaniladi. Bunday pardozbop tosh plitalari 
asosan, tsementli qorishmalar bilin yopishtiriladi (3.7 – rasm). Ayrim hollarda qop-
lama yuzasiga lok bilan ishlov beriladi. Natijada juda nafis manzara hosil bo’ladi. 


 
3.7
 
– rasm. Xona devori (a) va eshiklar atrofini (b) 
tabiiy toshlar bilan pardozlash. 
 
Toshli bog’ bu gulzorning alohida turi, bog’ dizaynining asli, o’ziga xos uslubi, 
tog’ landshaftining ko’rinishini beruvchi usuldir (3.8...3.9- rasmlar). Tabiiy tosh 
bog’ dizaynida juda keng ishlatilmoqda. Bog’ni chiroyli va o’ziga xos uslubda 
bezash uchun turli xil rangli va o’lchamli silliq yoki fakturali 


toshlar 
ishlatiladi. 
Oddiy tabiiy 
toshlar 
bilan 
turli 
xil 
rangdagi 
o’simliklar o’zaro uyg’unlashib, landshaft arxitekturasini hosil qiladi. 
Toshlar atrofida nafis gul va o’simliklar o’stiriladi. Bunday bog’larda turli 
gullardan tashqari archa va qarag’aylarni o’stirish odat bo’lgan. Toshli bog’ni xovli 
ichiga, yo’lakchalarning boshlanishi yoki oxiriga joylashtirish maqsadga 
muvofiqdir. 
Tabiiy tosh materiallariga mexanik ishlov berish jarayonida turli ko’rinishdagi 
chiqindilar hosil bo’ladi. Bunday chiqindilarni qurilish materiallari (pardozbop 
plitalar, bloklar va h. k.) olishda, manzarali suvoq ishlarida, betonlar uchun 
to’ldiruvchi sifatida ishlatish maqsadga muvofiq. 

Yüklə 141,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə