4-Mavzu. Tabiiy tosh materiallar §



Yüklə 141,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/11
tarix22.03.2024
ölçüsü141,38 Kb.
#183059
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
4- mavzu. Tabiiy tosh materiallarining asosiy xossalari

Cho’kindi tog’ jinslari 
ko’pincha ikkilamchi tog’ jinslari deb yuriti- ladi. Ular 
otilib chiqqan (birlamchi) va boshqa tog’ jinslarini tashqi sharo- itlar ta’siri ostida 
yoki qandaydir muhitdan moddalarning cho’kishi natija- sida emirilishi (nurashi) 
dan hosil bo’ladi. Hosil bo’lish tavsifi va tarki- biga ko’ra cho’kindi tog’ jinslari 
mexanik, kimyoviy va organogen jinslarga bo’linadi. 


Mexanik jinslar 
(mexanik yotqiziqlar) haroratning keskin o’zgarishi, suv va 
shamol ta’sirida otqindi va boshqa tog’ jinslarning mexanik emiri- lishidan hosil 
bo’lgan dag’al mahsulotlardir (brekchiya, konglomeratlar, qum va sh. k.). Ular 
emirilgan birlamchi tog’ jinslarining alohida donalaridan tashkil topgan g’ovak 
aralashmadan iborat bo’ladi. 
Kimyoviy cho’kindi jinslar 
karbonatli va sulfatli tog’ jinslaridan ibo- rat bo’lib, 
ularga ohaktosh, dolomit, magnezit, gips toshi, angidrid va mergel- lar kiradi. 
Bunday tog’ jinslari silikatli va alyumosilikatli mineral- larning kimyoviy o’zgarishi 
natijasida (kimyoviy cho’kindilar mahsuloti) ho- sil bo’lgan dispers minerallardir. 
Organogen jinslar 
qobirg’alari va zirhlari tarkibida mineral modda- lar bo’lgan 
tirik va o’simlik organizmlari qoldiqlarining cho’kishi natija- sida hosil bo’lgan. 
Bunday cho’kindilar odatda, zichlangan va birikkan bo’ladi (ohaktosh, bo’r, trepel, 
diatomit va sh. k.). 
Metamorfik tog’ jinslari 
cho’kindi yoki magmatik tog’ jinslarning yuqori 
harorat, yuqori bosim va boshqa omillarning ta’sirida ko’rinishining o’zgarishi 
natijasida er po’stining qalinligida hosil bo’lgan. Bunday sharoitlarda minerallar 
eritmasidan qayta kristallanadi, bu esa hosil bo’lgan jinslar zichligining dastlabki 
jinslar zichligiga nisbatan ortishiga yordam beradi. 

Yüklə 141,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə