4-Mavzu. Tabiiy tosh materiallar §



Yüklə 141,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/11
tarix22.03.2024
ölçüsü141,38 Kb.
#183059
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
4- mavzu. Tabiiy tosh materiallarining asosiy xossalari

3.1
 
– rasm Mexanik ishlov berilgan tabiiy tog’ jinslari. 
 
Tabiiy tosh materiallariga qayta ishlov berishning quyidagi usullari mavjud: 
dag’al ishlov berilgan (xarsangtosh, tosh bo’laklari, chaqiq tosh, shag’al va qum); 
buyum va profilli qismlar; to’g’ri shakldagi tosh buyum va bloklar (yo’lbop va 
devorbop); yuzasiga manzarali ishlov berilgan qoplama tosh taxta- plitalar (devor, 
pol, zinapoya va yo’lak qoplamalari uchun); yo’l qurilishbop buyumlari (bardyur 
bloklari, chor qirrali yo’lbop va yo’lakbop turli xil shakldagi toshlar, bruschatkalar 
va h. k.). 
Tabiiy toshlarga mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan texno logik 
tizimlar orqali ishlov beriladi. Tosh yuzasi aylanuvchi asbob yorda- mida tirnalib 
yoki abraziv usuldda silliqlanib ishlanishi mumkin. Bunda tosh yuzasi to’lqinsimon 
(qabariq-botiqli), yo’nilgan (egatsimon, taram- taramli), qovurg’asimon (chigal izli) 
va nuqtali g’adir-budirli ko’rinishlarda qayta ishlanib, tosh-taxtalar ishlab chiqariladi 
(3.2 – rasm). 
Toshga ishlov berish uchun turli xil ko’chmas dastgoxlardan, shuningdek
tarashlovchi ixcham asboblardan foydalaniladi. Qurilish maydonchalarida ushbu 
asboblar vositasida qoplama ishlarni bajarishda tosh taxtalarning kerakli joylari 
jilvirlanadi. 


3.2
 
– rasm. Tosh taxtalarning manzarali ko’rinishi. a-to’lqinsimon 
(qabariq-botiqli); b-qovurg’asimon (chigal izli); d-yo’nilgan (egatsi- 
mon, taram-taramli); e-nuqtali (g’adir-budirli). 
 
 
§3.4. Pardozbop tabiiy tosh material va buyumlarning xossalari va 
turlari 
 
Tabiiy tosh materiallarning asosiy xossalari. 
Qurilishida qo’lla- niladigan 
pardozbop tabiiy tosh materiallarning turli-tuman fizik- mexanik xossalari ichida 
zichligi, siqilishdagi mustahkamlik chegarasi, edirilish va ishqalanishga bardoshligi, 
sovuqqa chidamliligi kabi xossalar muhim ahamiyatga egadir. 
Quruq holatdagi zichligi 
bo’yicha tabiiy tosh materiallar og’ir (zichligi 1800 
kg

m
3
dan ortiq) va engil (1800 kg

m
3
dan kam) xillarga bo’linadi. 
Og’ir tosh materiallarga granit, sienit, gabbro, diorit, diabaz, bazalt, dolomit, 
marmar va sh. k. kiradi. Ular yo’l qurilishi, bino va inshootlar- ning suv va nam 
tegishi mumkin bo’lgan qismlarida, pol devorlarini bezashda, yuqori mustahkam 
yo’l qoplamasi betonlarini tayyorlashda ishlatiladi. 
Engil g’ovak tosh materiallarga vulqon tufi, pemza, chig’anoqtosh, g’ovakli 
ohaktosh va opoka kabilar kiradi. Ular asosan devorbop donali tosh va blok- lar 
tayyorlashda ishlatiladi (issiq saqlash xususiyati yuqori bo’lganligi uchun). 
Tabiiy tosh materiallar mustahkam, chidamli va issiq o’tkazmaydigan bo’- lishi 
kerak. Toshning mustahkamligi uning markasi bilan belgilanadi. Toshlarning 
markasi ulardan tayyorlangan namunalarni siqilishdagi muvaq- qat qarshiligi 
bo’yicha aniqlanadi. 


Siqilishga mustahkamlik 
chegarasi bo’yicha tabiiy tosh materiallar quyidagi 
guruhlarga bo’linadi: yuqori mustahkam (30...100 MPa); o’rtacha mustahkamli 
(3,5...25 MPa) va mustahkamli past (0,4...2,5 MPa); 
Sovuqqa chidamliligi 
bo’yicha tabiiy tosh materiallarning F10, 15, 25, 35, 50, 
100, 150, 200 va 300 markalari mavjud. 
Zich tosh materiallar sovuqqa chidamli bo’ladi. Porforsimon toshlar esa sovuq 
ta’sirida yorilib ketishi mumkin. 
Suvga chidamlilik 
darajasiga ko’ra (yumshash koeffitsienti bo’yicha) tosh 
materiallar 0,6; 0,75; 0,9 va 1 ko’rsatkichli guruhlarga bo’linadi. Doimo suv 
ta’sirida bo’ladigan materiallar uchun ushbu koeffitsient 0,8 dan, tashqi devor uchun 
esa 0,6 dan kam bo’lmasligi kerak. 
Yo’l qoplamalari, sanoat binolarining pollari uchun mo’ljallangan ma- 
teriallarga qo’shimcha talablar qo’yiladi (ishqalanib edirilish, eyilishga yuqori 
chidamlilik va sh. k.). 
Edirilish va ishqalanishga bardoshlilik ularning zichligi, mustahkamligi va 
tuzilishiga bog’liq bo’ladi. Toshlar yo’l qoplamalari, bino pollari va zinapoyalarga 
ishlatilganda ularning ushbu xususiyatlari katta ahamiyatga egadir. Mayda kristalli 
tuzilishga ega bo’lgan toshlar silliqlanganda sir-panchiq bo’lganligi uchun zinapoya 
va polarda ishlatilishi tavsiya etilmaydi. Qoplama plitalar tayyorlanadigan tabiiy 
tosh uchun tashqi ko’rinishi va rangi katta ahamiyatga ega. 
U yoki bu tosh materiallar va buyumlar uchun tog’ jinslari namunalarini sinash 
natijalari tashqi ko’rinishini baholash, shuningdek, foydalanish sharoitlarini hisobga 
olib tanlanadi. 

Yüklə 141,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə