4-Mavzu. Tabiiy tosh materiallar §


Metamorfik tog’ jinslaridan



Yüklə 141,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/11
tarix22.03.2024
ölçüsü141,38 Kb.
#183059
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
4- mavzu. Tabiiy tosh materiallarining asosiy xossalari

Metamorfik tog’ jinslaridan 
qurilishda eng ko’p qo’llaniladiganlari gneyslar, 
gilli slanetslar, marmar va kvartsitlardir. 
Gneys 
mineralogik tarkibi granitlarga o’xshash bo’lib, granitlardan ho- sil 
bo’lgan, lekin ulardan slanetscimon tuzilishi bilan farqlanadi. Gneys- larning rangi 
oq yoki olachipor, fizik-mexanik xossalari granitga yaqin. Qu- rilishda gneyslardan 
granitlar singari maqsadlarda foydalaniladi. 
Gilli slanetslar 
gillarning o’ta zichlanishi va yuqori harorat ta’sirida erib 
keyinchalik sovishi natijasida hosil bo’ladi. Rangi kulrang yoki ko’k- qora. Gilli 
slanetslar suvda erimaydi, qalinligi 4...10 mm li plastin- kalarga oson parchalanadi. 
Gilli zich slanetslardan yasalgan bunday plastin- 


kalar tomga yopiladigan tabiiy qoplama sifatida uzoq chidaydigan material hisoblanadi. 
Marmar 
donador kristall tog’ jinsidan iborat bo’lib, yuqori harorat va bosim 
ta’sirida ohaktoshlar va dolomitlarning qayta kristallanishi nati- jasida hosil bo’ladi. 
Sof marmar oq rangda bo’ladi, lekin tarkibidagi aralashmalar miqdoriga qarab rangi 
yashil, qizil, kulrang va hatto qora bo’lishi ham mumkin. Aralashmalar bir tekis 
taqsimlanganda marmarlar har xil gulli, olachipor rangda bo’ladi, bu esa unga ajoyib 
manzara beradi. 
Marmar yuqori zichligi va mustahkamligi bilan tavsiflanadi; uning zichligi 
2800 kg

m
3
gacha etadi, suv shimuvchanligi 0,7 % dan oshmaydi, siqi- lishdagi 
mustahkamlik chegarasi esa 100 dan 300 MPa gacha o’zarib turadi. Marmar uncha 
qattiq bo’lmaganligi tufayli undan yupqa plitalarni arralash va yo’nish mumkin. U 
ichki devorlarni qoplash, zinapoyalar, deraza tokchalari, shuningdek, jamoat binolari 
hamda inshootlarda foydalaniladigan boshqa jihozlarni tayyorlash uchun ishlatiladi. 

Yüklə 141,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə