4-Mavzu. Tabiiy tosh materiallar §


§3.2. Qurilishda ishlatiladigan tog’ jinslarining xillari



Yüklə 141,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/11
tarix22.03.2024
ölçüsü141,38 Kb.
#183059
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
4- mavzu. Tabiiy tosh materiallarining asosiy xossalari

§3.2. Qurilishda ishlatiladigan tog’ jinslarining xillari 
 
Tog’ jinslarining hosil bo’lish sharoitlari ularning tuzilishini ko’p jihatdan 
belgilab beradi. Ularning asosiy xossalari, jumladan, tog’ jins- larini qurilishida 
ishlatish imkoniyatlari tuzilishiga bog’liqdir. 
Chuqurlikda hosil bo’lgan magmatik 
tog’ jinslari yuqori zichligi, sovuqqa 
chidamliligi va suvni kam shimishi bilan ajralib turadi. Bunday tog’ jinslarning 
asosiy turlariga granit, diorit, gabboro, labradorit kabilar kiradi. 
Granit 
kvarts, dala shpati (ortoklaz) va slyudadan iborat. Granitning rangi 
asosiy tashkil etuvchi qism–ortoklazga, shuningdek, boshqa minerallar- ning rangiga 
bog’liq bo’ladi. U och kulrang, pushtiroq rangli va qoramtir- qizil bo’ladi. Granit 
tuzilishi donador – kristalli. Zichligi o’rta hisobda 2700 kgG’m
3
, g’ovakligi 0,5...1,5 
%, siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 100...250 MPa. Granit sovuqqa g’oyat 
chidamliligi va suvni kam shimishi, emi- rilishga chidamligining yuqoriligi bilan 
farqlanadi. Granit yaxshi tarashla- nib tekislanadi, jilvirlanadi va jilolanadi, ammo 
mo’rtligi hamda olov- bardoshligi uncha yuqori emasligi bilan farqlanadi. 
Granit bino va inshootlarni qoplash uchun ishlatiladi, undan devor toshlari, 
zinapoyalar va boshqa buyumlar, shuningdek, yo’l qoplamalari betoni uchun mayda 
chaqiq toshlar, alohida qoplama plitkalar tayyorlanadi. 
Diorit 
asosan dala shpati (plagioklaz) va mo’giz mineralidan iborat. Dioritning 
rangi to’q-yashil rangdan qora-yashil ranggacha tovlanadi, zichligi 2700...2900 
kgG’m
3
, siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 150...300 MPa. Diorit 


yuqori darajada yopishqoqligi, zarb va ishqalanib eyilishdagi qarshiligi, shuningdek, 
emirilishga chidamliligi yuqoriligi bilan tavsiflanadi. Dio- rit asosan yo’l qoplamlari 
va koshinlash ishlari uchun ishlatiladi. 
Gabbro 
yuqori mustahkam va turg’un magmatik tog’ jinsi bo’lib, dala shpa- ti 
(plagioklaz) va qoramtir rangli minerallardan iborat. Gabbro rangi to’q- kulrang, 
qora yoki to’q-yashil, zichligi 2800...3100 kgG’m
3
, siqilishdagi mustah- kamlik 
chegarasi 200...350 MPa. Gabbro yuqori yopishqoqligi va emirilishga turg’unligi 
bilan farqlanadi. Gabbrodan tayyorlangan buyumlar yo’l qurili- shida va qoplama 
materiallar sifatida keng qo’llaniladi. 
Labradorit 
gabbroning turlaridan biri bo’lib, asosan dala shpati va labrador 
mineralidan iborat. Jilolashda ko’k, yashil, sariq va boshqa rang- larda tovlanadi, 
yuzasi manzarali, bunday labradoritlar juda noyob hisob- lanadi. Labradorit 
manzarali qoplama toshlar sifatida bezak ishlarida ko’p ishlatiladi. 
Diabaz 
gabbroning otqindisiga o’xshash mayda va kristalli tuzilishi bi- lan 
tavsiflanadi. Uning rangi to’q-kulrang, ko’pincha yashil rangga moyil bo’ladi, 
zichligi 2800...3000 kgG’m
3
, siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 200...300 MPa. 
Diabaz yuqori darajada qattiqligi, yopishqoqligi va chidamliligi yuqoriligi bilan 
farqlanadi. U yo’l qoplamalari va beton uchun to’ldiruvchi sifatida ishlatiladi. 
Bazalt 
kimyoviy tarkibi bo’yicha diabaz kabi gabbroning o’xshashi bo’lib, 
rangi to’q-kulrang, yashirin kristall tuzilishga ega, zichligi yuqori va chi- damli tog’ 
jinsidir. Bazaltning zichligi 3300 kgG’m
3
gacha, siqilishdagi mus- tahkamlik 
chegarasi ba’zan 400 MPa gacha etadi va undan ortadi. Bazaltga ishlov berish juda 
qiyin, ammo yaxshi jilolanadi. Undan turli-tuman yo’l va bezak materiallari 
tayyorlanadi. 
Magmatik g’ovak jinslarga vulqon kuli va pemza, tsementlangan jins- larga esa 
vulqon tufi kiradi. 
Vulqon kuli 
vulqon lavasining kukunsimon zarrachalaridan iborat bo’lib, asosan 
amorf qumtuproqdan tashkil topgan. Yirikligi 5 mm gacha bo’lgan zarrachalar 
“vulqon qumi”
deb ataladi. Vulqon kuli va qumidan tsementlar uchun faol qo’shilma 
sifatida foydalaniladi. 
Pemza 
tashqi ko’rinishi bo’yicha sovib qotib qolgan ko’pikka o’xshagan och- 
kulrang g’ovakli jinsdir. Uning zichligi 400...600 kgG’m
3
, siqilishdagi mus- 
tahkamlik chegarasi 2...4 MPa. Pemza o’lchami 5 dan 30 mm gacha bo’lgan zarra- 
chalar ko’rinishidagi yotqiziqdir. U engil betonlar uchun to’ldiruvchi va issiq 
saqlovchi material sifatida ishlatiladi. 
Vulqon tufi 
zichlangan va tsementlangan vulqon kulidan iborat bo’lgan g’ovakli 
tog’ jinsidir. Tuflar turli-tuman rangga ega: pushtirang, to’q-sariq, qizil, jigarrang va 
h. k. Ular sezilarli darajada g’ovakliligi, kam zichligi va issiq o’tkazuvchanligi, 
etarli darajada mustahkamligi va chidamliligi, shuningdek, yaxshi ishlanuvchanligi 
bilan tavsiflanadi. Tuflarning bu sifatlari ulardan bino devorlarini qoplash uchun 
samarali foydalanishga imkon beradi. Tuflarni qazib olish va ishlash jarayonida 
hosil bo’lgan chi- qindilar maydalanganidan va fraktsiyalarga ajratilganidan keyin 
ulardan engil betonlar uchun to’ldiruvchi sifatida foydalaniladi. 


Chaqiq cho’kindi tog’ jinslarning uvalanib ketadigan turlari (qum, sha- g’al) 
hamda tsementlangan turlari (qumtosh, konglomerat va brekchiyalar) qurilishda 
keng ko’lamda ishlatiladi. 
Qum 
yirikligi 0,16...5 mm bo’lgan turli jinslar donalarining uva- lanadigan 
aralashmasidan iborat. Qumning tarkibi kvarts, dala shpati, ohak- tosh, pemza va 
boshqa jinslardan iborat bo’lib, kelib chiqishi bo’yicha tog’, daryo, dengiz bo’ylari, 
tepalik va barxan qumlariga bo’linadi. Qumdan qorish- malar va betonlar uchun 
mayda to’ldiruvchi sifatida foydalaniladi. 
Shag’al 
o’lchami 5 dan 120 mm gacha bo’lgan tog’ jinslari aralashmasidan 
iborat bo’lib, u asosan beton uchun yirik to’ldiruvchi sifatida ishlatiladi. 
Xemogenli cho’kindi jinslar jumlasiga dolomit, magnezit, gips, kabilar kiradi. 
Dolomit 
shu nomdagi mineraldan iborat zich tog’ jinsi. Tashqi ko’ri- nishi va 
fizik – mexanik xossalari bo’yicha dolomit zich ohaktoshga o’xshaydi. Undan 
qoplama plitalar, beton uchun to’ldiruvchilar, o’tga chidamli materi- allar va mineral 
bog’lovchi moddalar tayyorlanadi. 
Magnezit 
asosan magnezit mineralidan iborat. U bog’lovchi moddalar va o’tga 
chidamli materiallar ishlab chiqarishda ishlatiladi. 
Gips tosh 
asosan shu nomdagi mineraldan iborat bo’lgan zich tog’ jinsi 
hisoblanadi. Gips tosh qurilishbop gips va gipsli bog’lovchilar ishlab chiqa- rish 
uchun hom ashyo hisoblanadi. 
Organogen cho’kindi jinslardan qurilishda zich ohaktosh, ohaktosh-chig’a- 
noqtosh, bo’r, trepel, diatomitlardan foydalaniladi. 
Ohaktosh 
asosan kaltsit mineralidan iborat bo’lgan va keng tarqalgan tog’ 
jinsidir. Ohaktoshning rangi va uning ko’p xossalari tarkibida aralash- malar (loy, 
kremnezyom, temir oksidlari va h. k.) bo’lishiga bog’liq. 
Bo’r 
mikroskopik chig’anoqlardan iborat kam tsementlangan tog’ jinsi 
hisoblanadi. Bo’r oq rangli bo’lib, undan bo’yoq va qorishma uchun oq kukun 
bo’yoq (pigment) sifatida, shuningdek, ohak va portlandtsement ishlab chiqarishda 
foydalaniladi. 
Diatomit va trepel 
asosan diatomitli suv o’simliklarning zirhli yoki toshga 
aylangan organizmlarning skeletlari ko’rinishidagi amorf qum - tuproqdan tashkil 
topgan uvalanadigan engil tog’ jinslaridan iboratdir. Bu tog’ jinslarning rangi oq, 
sariq va qora, zichligi 400...1200 kg

m
3
. Diatomit va trepellar issiqdan himoyalash 
materiallari tayyorlash uchun va tsement- larga qo’shiladigan faol mineral qo’shilma 
sifatida ishlatiladi. 

Yüklə 141,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə