Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar mavjud ob’ektlarning umumiy xususiyatlari



Yüklə 261,87 Kb.
səhifə1/4
tarix08.06.2023
ölçüsü261,87 Kb.
#116215
  1   2   3   4
Бобур (2)


MUNDARIJA




KIRISH




I BOB.

Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar mavjud ob’ektlarning umumiy xususiyatlari




1.1-§.

Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar haqida umumiy ma’lumot




1.2-§.

2018-2022-yillar davomida O‘zbekiston Respublikasida sodir bo‘lgan yong‘inlar bo‘yicha statistik ma’lumot.




1.3-§.

Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar mavjud ob’ektlarda saqlanadigan kimyoviy moddalarning umumiy xususiyatlari




I-bob yuzasidan xulosalar




II BOB.

Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar mavjud ob’ektlarda sodir boladigan avariyalarni oldini olish va bartaraf etish




2.1-§.

Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar mavjud xavfli ob’ektlardagi avariyalar tasnifi




2.2-§.

Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar mavjud ob’ektlarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariyalarning oldini olish




2.3-§.

Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar mavjud ob’ektlarda avariya sodir bo‘lganda amalga oshiriladigan tadbirlar




2.4-§.

Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar mavjud ob’ektlarda avariya oqibatlari




2.5-§.

Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar mavjud korxonalarda mumkin bo‘lgan avariyalarni oldini olish va ulardan ko‘riladigan zararni kamaytirish







II-bob yuzasidan xulosalar




III-BOB.

Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar mavjud bo‘lgan korxonalarda yong‘in o‘chirish va talofatlarni bartaraf etish, avariya-qutqaruv ishlarini tashkillashtirish “MAKSAM CHIRCHIQ”Aksiyadorlik jamiyati korxonasi misolida.




3.1-§.

“MAKSAM CHIRCHIQ” Aksiyadorlik jamiyatining umumiy tavsifi




3.2-§.

“Maksam Chirchiq” Aksiyadorlik jamiyatida yong‘in sodir bo‘lganda yetib keladigan kuch va vositalar.




3.3-§.

“Maksam Chirchiq” Aksiyadorlik jamiyat korxonasida suyuq ammiak saqlash rezervuar parkida sodir bo‘lgan yong‘inni ko‘chma texnika bilan o‘chirish uchun jalb etilgan kuch va vositalarni hisoblash.







III-bob bo‘yicha xulosalar







Bitiruv malakaviy ishi bo‘yicha takliflar







Xulosa







Foydalanilgan adabiyotlar



KIRISH


I BOB KUCHLI TA’SIR ETUVCHI ZAHARLI MODDALAR MAVJUD OB’EKTLARNING UMUMIY XUSUSIYATLARI
1.1-§.Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar haqida umumiy ma’lumot
Kuchli ta'siretuvchi zaharli moddalar xaql iste'moli mollarini ishlab chiqaruvchi ayrim korxonalarda ishlab chiqarish jarayonida qo'llaniladigan kuchli zaharlovchi moddalar zahiralari bo'lishi mumkin. Bunday inshootlardagi mazkur moddalar turli katta-kichik talafotlar tufayli yoki dushmanlar xatti-harakati oqibatlarida saqlanayotgan idishlaridan tashqi muhitga tushishi, kimyoviy ikqilamchi zaharlanish o'choqlarining vujudga kelishi va odamlar orasida sanitar yo'qotishlarga sabab bo'lishi mumkin.
Bunday kimyoviy moddalar qatoriga xlor, ammiak, azot kislotasi va azot oksidlari, ftor va uning birikmalari, vodorod perekisi, gidrazin, aminobirikmalar kiradi.
Xlor moddasi jangovar maqsadlardan chetlashtirilgan bo'lsa ham, hozirgi paytlarda turli ishlab chiqarish korxonalarida xomashyo tariqasida ishlatiladi. Masalan, suvni yuqumli kasalliklar sababchilaridan - mikroblardan tozalovchi, xloramin kabi vositalarni ishlab chiqarishda as qotadi.
Xlor moddasi tashqi muhitga tushgach, xlorli bulutlarni hosil qilib, zichligi kattaroq bo'lgani bois yer bag'rilab tarqalib, barcha o'nqir-cho'nqirliklarni, yaxshilab berkitilmagan yerto'la-yu, berkinchoqlarga kirib ketadi.
Kam va o'rtacha miqdordagi xlor ko'zni achishtirib, og'riq paydo qiladi, to'sh suyagi ortida siquv sezgisi va og'riqni, tomoq qirilishini, ko'zyoshi oqishini, quruq og'ir yo'talni, ovoz payfari qisuvini keltirib chiqarishi mumkin.
Katta miqdordagi xlor hajmi tez fursatlarda o'pkalarning shishishiga sabab bo'ladi. Jarayon bo'g'uvchi moddalar bilan zaharlanganidek kechadi.
O'ta yuqori darajadagi xlor bug'lari sharoitiga tushib qolgan odam, qisqa vaqt ichida es-hushini yo'qotadi va nafasning barham topishi tufayli hayotdan ko'z yumadi.
Xlor bilan zaharlangan kishilarga dastlabki tibbiy yordam tariqasida ularga havotozalagich kiydirilishi va ularni xavfsiz toza havoli joylarga ko'chirish tavsiya etiladi.
Ammiak - qitiqlash-g'ashga tegish ta'siriga ega bo'lgan gaz bo'lib, bug'lanish jarayonida hosil bo'ladigan moddalarni so'rib olish maqsadida sovitgichli korxonalarda hamda azotli o'g'itlarni ishlab chiqarishda qo'llaniladi. Ammiak ta'sirida kuchli ravishda qitiqlash alomatlari kelib chiqadi (nafas yo'llari kuchli ta'sirlanadi). Kam miqdorlarda burun shamollashining yengil alomatlariga sabab bo'ladi. Shikastlanish bronxlar bo'ylab tarqaladi. Jarayon 3-5 kun davom etadi.
Ammiak katta miqdorlarda kuchli yo'talni, ko'krak qafasi sohasida og'riq va siquv sezgisini, bronxlarni - tarqalgan yiringli yallig'lanishga sabab bo'ladi. Og'ir zaharlanganda nafas - tovush paylari taranglashib, qisiladi, o'pkalarning shamollashi va shishishi vujuda kelishi mumkin. Bunday hollarda markaziy nerv tizimi qo'zg'olib ketadi.
Ammiak moddasidan zaharlangan taqdirda, zaharlanganlarni tezda, zudlik bilan toza havoga olib chiqib. qisib turgan kiyim-kechaklardan forig' etish, kislorod berish tavsiya qilinadi. Ko'z shilliq qavati zararlangan paytlarda, uni yaxshilab, obdan suv bilan yuvish kerak. Tuzilmalar ammiakli sharoitlar vujudga kelib chiqqan sharoitlarda, havotozalagich va himoya kiyimlarida xizmat qilishlari lozim.
Azot kislotasi va azot oksidlari. Azot kislotasidan qishloq xo'jalik maqsadlarida azotli o'g'itlar (selitra) ishlab chiqarish, bo'yoq moddalarini tayyorlash jarayonlari, metallarni bo'yash, ayrim portlovchi moddalar (piroksilin), tutunsiz yonuvchi modda (porox) va raketalarning yonilg'i moddalarini ishlab chiqarish kabi sohalarda foydalaniladi. Bu birikmalar yorug'lik, chang, qizdirish va boshqa tashqi muhit omillari ta'sirida parchalanib, azotning dioksidini, -t-150°C harorat ta'sirida esa, azot oksidini hosil bo'lishiga olib keluvchi manbaa bo'lib xizmat qiladi.
Unutmaslik kerakki, azot kislotasi kuchli oksidlovchi moddalar qatoridan o'rin olgan. Azot kislotasi aytib o'tilgan hosilalariga nisbatan, 25 %gacha zaharining kuchliligi bilan ajralib turadi. Kishi tanasiga azot kislotasi birikmalari turli yo'llar bilan kirishi mumkin (nafas yo'llari, teri va xazm qilish kanali orqali). Azot kislotasi va uning hosilalari hamda birikmalari mahalliy va umumiy salbiy ta'sir etish xususiyatlariga ega.
Mahalliy ta'siri teri orqali vujudga kelib chiqqanida, to'qimalardagi oqliklarni pishiradi (koagulyatsiya qiladi) va to'qimalardagi suv yo'qolib, quruq yashil-sariq rangli po'st hosil bo'ladi. Paydo bo'lgan po'stlar og'riqsiz kechadi, chunki azotli moddalar ta'sirida nerv uchlari ham nobud bo'Iishi namoyon bo'ladi. Shikastlangan qism terining so'rg'ich qavatiga ham tarqaladi. Natijada kimyoviy kuyish kelib chiqadi. Bu holat xuddi yuqori haroratlar ta'siridagi kuyish kabi xususiyatlarga ega. To'qimalarda ayni vaqtda tarkib o'zgarishlari paydo bo'ladi. Kuyish darajasiga ko'ra 4 xil bo'lishi ko`zatiladi.
1-darajali kuyishda teri qizaradi (giperemiya), shishib ketadi va qattiq og'riydi.
2-darajali kuyishda pufaklar vujudga kelib chiqib, og'riq bezovta qiladi.
3-darajali kuyish vaqtida terining o'lishi - nekrozi namoyon bo'ladi, pufakchalar yoriladi, og'riq kamayadi, lekin teri qatlami chuqur shikastlanadi va qasmoq paydo bo'ladi.
4-darajali kuyish ro'y berganida kuyish jarayoni suyakkacha yetib borishi mumkin. Bunda tana harorati ko'tariladi. Peshob ajralishi dastavval kamayadi va keyinchalik to'xtaydi. Natijada septikotoksemiya, ya'ni zaharli moddalarning qonga singib. badan bo'ylab tarqalishiga olib keladi.
Azot kislotasining ko'zning mugo`z pardasiga ta'siri natijasida, u nobud bo'ladi
Azot kislotasining bug'lari va uning oksidlari nafas yo'llariga kirgan taqdirda tanada turli-tuman salbiy o'zgarishlar sodir bo'ladi. Masalan, azot oksidi bilan zaharlanganda yurak qon-tomirlari va markaziy nerv tizimi shikastlanadi. Azot dioksidi ta'sirida esa, o'pkalarda o'zgarishlar ro'y berib, ularning zaharlanish oqibatidagi shishishini ko`zatish mumkin. Azot kislotasining o'zi ta'sir etgan hollarda nafaqat hozirgina sanab o'tilgan shikastlanishlar, balki tananing u tushgan joylarida kuyish alomatlari paydo bo'lib, kuyish darajasiga ko'ra terining ustki qavatidan boshlab, to suyakkacha yetib borishi mumkin. Amaliyotda azot kislotasi va uning birikmalari ta'siridan vujudga kelgan zaharlanishlar majmua holida namoyon bo'lib, darajasiga ko'ra yengil, o'rtacha va og'ir xillarga ajratiladi.
Azotli moddalar bilan yengil shaklda zaharlangan paytlarda bo'ladigan o'zgarishlar asosan nafas yo'llarini zararlab, ko'pincha traxeya va bronxlarning yallig'lanish alomatlari bilan kechadi. Bunday hollarda odam go'yoki o'zini yo'qotib qo'yib, bosh aylanish, umumiy holsizlik, tez fursatda charchash kabi shikoyatlar bilan e'tiborni o'ziga tortadi. Zaharlanganlar dastavval quruq, keskin yo'talga mubtalo bo'lib, keyinchalik yo'tal kuchayadi, lekin ancha yumshoqroq bo'ladi. Shilliqli yoki shilliqli-yiringli balg'am ajralishi mumkin. Undan tashqari. ko'krak sohasida siquv sezgilari bezovta qiladi.
O'rtacha darajadagi zaharlanish vujudga kelib chiqqanida, ko'pincha bronx-o'pka yallig'lanishi belgilari ko'zga tashlanadi: umumiy holning izdan chiqishi, kuchli darajadagi ko'p balg'am ajralishi bilan namoyon bo'ladigan yo'tal. Bu paytda o'pkalar eshitilib ko'rilganda, turli xildagi xirillashlar: (mayda va o'rtacha) ho'l hamda quruq xirillashlar aniqlanadi.
Azot kislotasi va uning birikmalari bilan og'ir darajadagi zaharlanish yo`z berganida, o'pkalarning zahariy shishishi paydo bo'ladi. Bunday holat bo'g'uvchi xususiyatli kimyoviy zaharlovchi moddalar, ayniqsa fosgen va difosgen ta'sir etganida ko`zatiladi.
Zaharlovchi moddalar alveolalardagi havo va qon oqimi orasidagi pardalar- membranalarga, ya'ni kapillyarlar bilan alveolalar orasidagi devorlarga ta'sir etadi. Bunday hollarda, bir tomondan gazlarning qonga singishi (diffo`ziyasi) izdan chiqsa, ikkinchi tomondan esa, qonning tarkibiy qismlari kapillyarlardan alveolalarga sizib o'tadi va natijada kislorod bilan ko'mir kislotasi (uglekislota) orasida almashinuv jarayoni bo`ziladi.
Zaharlanishning klinik manzarasi tanaga azot kislotasi va uning birikmalari kirgan paytdan boshlab, tomoqning qichishi, ko'krak qafasi sohasida siquv, bosh aylanish seziladi. Keyinchalik bu belgilar barham topadi va odam o'zini nisbatan yaxshi seza boshlaydi. Shundan so'ng 4-8 soatcha o'tgach, o'pkalarning shishib ketganlik alomatlari yo`zaga kelib chiqadi. Dastavval kuchli nafas siquvi, nafas olish tezlashib (taxipnoe), yo`zaki bo'ladi, yo'tal tezda kuchayib, kasalning kechishi oldin rangsiz, so'ngra sarg'ish-pushti rangli (gemorragik) balg'am tashlash bilan ko'zga tashlanadi. Zaharlanganlarni umumiy bezovtalanish qiynaydi. Yo`z va qo'I-oyoqlar terisi ko'karib ketadi (ko'karish anoksemiyasi bosqichi). Vaqt o'tgach, ular o'limtik, kulrang tus oladi (kulrang anoksemiya bosqichi).
Og'ir hollarda o'pkalar shishi boshlanganidan bir-necha soat o'tgach, odam nobud bo'ladi. Ayrim hollarda o'pkalarning yallig'lanishi qo'shiladi yoki zararlanish o'pkalar skleroziga (o'pkalarda va bronxlar devorlarida biriktiruvchi to'qimaning rivojlanishi) aylanadi.
Zaharlanganlarga qisman sanitar ishlovini berib, ularga havotozalagichni kiydirib, tezlikda zararlangan joydan xavfsiz joyga ko'chirish amallarini bajarishdan iborat. Zararlangan joylarda xizmat qiluvchi tuzilmalarning o'zlari ham shikast topmasliklari maqsadida maxsus havotozalagichlar va himoya kiyimlarini kiyib, so'ng vazifalarini ado etishlari lozim.
Ftor va uning birikmalari. Bularga ftor zarrachasi, xlorning 3 ftorli xloridi, 5 ftorli xlor, ftoroksidi taalluqdi. Ularo'zigayarasha, yetarli darajada zaharli xususiyatlidir. Ular ta'siridan zaharlanish kelib chiqqanida, klinik manzara ko'p jihatlari bilan azot kislotasiniki kabi bo'ladi. Ftor teriga ta'sir qilganida nekrotik o'zgarishlarga sabab bo'ladi. Hosil bo'lgan yaralar azot kislotasi ta'siridan kelib chiqadigan yaralarga nisbatan chuqurroq bo'lishi bilan ajralib turadi. Undan tashqari, terining qizarishi, teri, nafas yo'llari, hiqildoq, to'sh suyagi orqasida kuydiruvchi, sanchiqli og'riqlar ko`zatiladi. Mazkur o'zgarishlar 5-7 kundan so'ng o'tib ketadi.
Ftor birikmalari bilan zaharlanish darajasiga ko'ra yengil, o'rtacha va og'ir shakllarda namoyon bo'lishi mumkin.
Yengil darajada shikastlanganda burun, tanglay, hiqildoq, traxeya va bronxlarning yallig'lanish alomatlari ko'zga tashlanadi. Odamlar umumiy holsizlikdan shikoyat qilishadi. Arterial qon bosimi va qon tomirining urishi o'zgaruvchanliklari bilan ajralib turadi.
O'rtacha zaharlangan paytlarda bronxlar, o'pkalarning va hatto jigarning yallig'lanish belgilari e'tiborni tortadi.
Og'ir darajali zaharlanish chog'ida, o'pkaning zahariy shishishi rivoj topadi. Ayrim zaharlanganlarda tirishishlar, koma - chuqur uyqu holati rivojlanib, bu paytda odam hushsizlanib. tomir urishi juda ham tez va yo`zaki bo'lib qoladi; arterial qon bosimi va tanasining harorati pasayib ketadi, nafas olishi chuqur va yo`zaki bo'lib, rangi oqarib ketadi, atrof-muhitdagi omillar ta'siriga javob bermaydi. Koma, markaziy nerv tizimining chuqur shikastlanishi oqibatida kelib chiqadi.



Yüklə 261,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə