Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar mavjud ob’ektlarning umumiy xususiyatlari


-§.2018-2022-yillar davomida O‘zbekiston Respublikasida sodir bo‘lgan yong‘inlar bo‘yicha statistik ma’lumot



Yüklə 261,87 Kb.
səhifə2/4
tarix08.06.2023
ölçüsü261,87 Kb.
#116215
1   2   3   4
Бобур (2)

1.2-§.2018-2022-yillar davomida O‘zbekiston Respublikasida sodir bo‘lgan yong‘inlar bo‘yicha statistik ma’lumot
2018-yilning o'tgan davrida sodir bo'lgan 4144 ta yong'inda 71 nafar inson halok bo'lgan. O'tgan hafta davomida esa respublikada jami 181 ta yong'in qayd etildi. Unda 2 nafar fuqaro kuyish tan jarohati olgan. 2017-yil iyun oyidan beri O'zbekistonda haftaning har chorshanbasi yong'in profilaktikasi kuni sifatida o'tkazib kelinmoqda. 2017-yili respublikada 12507 ta yong'in kuzatilgan bo'lsa, unda 141 nafar inson halok bo'lgan. 2018-yilda kuzatilgan yong'inlar va uning profilaktikasiga bag'ishlangan tadbirlarning natijasi bo'yicha tahliliy ma'lumotlar
Profilaktik tadbirlar natijasida 2018-yilning o'tgan 5 oyi davomida jami 4144 ta yong'in sodir bo'lgan. O'tgan yilning mos davriga nisbatan ushbu ko'rsatkich 175 taga kamaygan. Kuzatilgan yong'inlarda esa 71 nafar kishi halok bo'lib, 2017 yilga nisbatan 21 nafarga kamaygan. 156 nafar shaxs yong'inlarda tan jarohati olgan. Aytish joiz, ushbu ko'rsatkichning 61 nafarga kamayishiga erishilgan
O'tgan hafta davomida esa respublikada jami 181 ta yong'in qayd etildi. Unda 2 nafar fuqaro kuyish tan jarohati olgan.
Yong'inlarning 128 tasi yashash uylarida, 17 tasi tadbirkorlik sub'ektlarida, 3 tasi davlat tasarrufidagi ob'ektlarda, 12 tasi avtomobillarda va 4 tasi boshqa ob'ektlarda sodir bo'lgan. Shuningdek, 17 tasi ochiq maydonlardagi holatlar bilan bog'liqdir.
Yashash uylarida sodir bo'lgan yong'inlarning 128 tasi ya'ni 71 foizi ushbu uylardagi yordamchi va ho'jalik bino hamda xonalarda sodir bo'lganligini alohida ta'kidlab o'tish zarur.
O‘zbekistonda 2022-yilning o‘tgan 5 oyi davomida 3449 ta yong‘in sodir bo‘lgan. Buning oqibatida 82 kishi jarohat olgan bo‘lsa, 48 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda FVV bosh boshqarma boshlig‘i O‘lmas Muzaffarov ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu ko‘rsatkichlar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan kamaygan — yong‘inlar soni 567 taga, jarohat olganlar — 26 taga, halok bo‘lganlar 8 taga keskin isib ketishi evaziga may oyi va iyun oyining birinchi o‘n kunligida yong‘inlar bilan bog‘liq vaziyat faollashgani kuzatilmoqda. Ushbu davrda sodir bo‘lgan yong‘inlar 981 tani tashkil etib, 106 tasi qurigan o‘simliklarning yonishi, 665 tasi aholi turar joylari va 210 tasi boshqa obyektlarga to‘g‘ri kelgan.
Yong‘in kelib chiqish sabablari tahlil qilinganda, aksariyat hollarda aholi yashash joylaridagi yong‘inlar maishiy konditsioner va muzlatkichlardan hamda tozalanmagan quruq o‘tlarning yonishidan kelib chiqayotgani ma’lum bo‘lmoqda
Mutaxassis bu kabi holatlarda qanday yo‘l tutish kerakligi bo‘yicha masalahatlar bergan:

  • 5,3 kVt quvvatiga ega konditsioner, yuzasi 2,5 millimetrdan kam bo‘lmagan, ikki himoyali mis simlar orqali 25 Amperlik himoya avtomatiga ulanishi lozim;

  • 7,5 kVt quvvatiga ega konditsioner yuzasi 4 mm dan kam bo‘lmagan, ikki himoyali mis simlar orqali 35 Amperlik himoya avtomatiga ulanishi lozim.

  • konditsionerni ulashda alyumin simlardan foydalanish tavsiya etilmaydi;

  • ortiqcha yuklanish va elektr simlarining qizib, yonishining oldini olish maqsadida konditsioner elektr uzatkich orqali ulanmasligi va bitta elektr manbaidan bir necha elektr uskunalar foydalanmasligi kerak;

  • konditsioner maxsus ishlangan, yerlantirilgan va soz holdagi elektr rozetkadan quvvatlanishi lozim;

  • konditsionerning elektr ta’minoti alohida kabel orqali umumiy elektr qutisidan to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanishi kerak;

  • konditsioner elektr simlari tashqi himoya qobiqlarining butligi, bir biriga payvandlash, oppressovka yoki maxsus zajimlar orqali ulanishi va himoya avtomatlariga mahkamlanishi lozim.

Bunday talablar maishiy muzlatkichlarga ham taalluqli bo‘lib, imkon qadar o‘rnatilgan xonalar quyosh nuridan va havo haroratining issiq ta’siridan himoyalangan bo‘lishi, shunda sovitish tizimining ekstremal holatda tez tez ishga tushishi oldi olinadi va muzlatkichning xizmat muddati uzayadi.

-rasm Namanganda bir-biriga tutash xonadonlarda yong‘in chiqdi
Avvalroq Kogon shahrining “Gazchilar” qo‘rg‘onida yong‘in sodir bo‘lgani, Toshkentda yonayotgan uydan ikki nafar fuqaro qutqarib olingani, Namanganda bir-biriga tutash xonadonlarda yong‘in chiqqani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Namangan shahridagi “Alpomish” MFYda joylashgan xonadonlarning birida yong‘in chiqqani tasvirlangan video tarqaldi. Namangan viloyati FVB holat bo‘yicha ma’lumot berdiYong‘in natijasida bir-biriga tutash qurilgan xonadonlarning taxminan 155 kvadrat metr maydonda tomi, shift qismi va uy-jihozlari yonib, zararlangan. Hodisa oqibatida tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmagan.
Tashkent City’dagi Nest One atrofida nimalar bo‘lmoqda” sarlavhasi ostida xabar tarqaldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi holatga munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, 5-may kuni soat 17:26 da Toshkent shahar Shayxontohur tumanida joylashgan Nest One qurilish binosida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan
Yong‘inda binoning D blok 7-qavatida ta’mirlash ishlari vaqtida 4 kv/m maydonda qurilish materiali yongan.
Buxoro shahrida 25-aprel kuni ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, shu kuni soat 08:53 da “Varaxsha” mahallasi Alpomish ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning birda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida viloyat FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan. Yong‘in soat 09:08 batamom o‘chirilgan.
Hodisada yashash uyining 18 kvadrat metr maydonda tomosti qurilmalari va qisman ichki jihozlari yongan. Sodir bo‘lgan yong‘indan uy egasi qutqaruvchilar tomonidan qutqarib qolingan.



Yüklə 261,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə