Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar mavjud ob’ektlarning umumiy xususiyatlari


-§.Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar mavjud ob’ektlarda saqlanadigan kimyoviy moddalarning umumiy xususiyatlari



Yüklə 261,87 Kb.
səhifə3/4
tarix08.06.2023
ölçüsü261,87 Kb.
#116215
1   2   3   4
Бобур (2)

1.3-§.Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar mavjud ob’ektlarda saqlanadigan kimyoviy moddalarning umumiy xususiyatlari
Portlovchi va yong’inga xavfli moddalar saqlanadigan omborlarga qo’yiladigan asosiy talablar. Omborlarda – xomashyo, tayyor mahsulotlar, yuqori bosimdagi idishlar qo’shimcha materiallar, yonuvchi kurilish materiallari va boshqalar saqlanadi. Ular tashqi ko’rinishi bo’yicha to’kiladigan, donador suyuq o’ralgan, yonuvchan, yengil alangalanadigan va gaz holatida bo’lish mumkin. Portlovchi va yong’inga xavfli moddalar saqlanadigan omborlarda havo almashtirish darajasi talabga javob berishi, o’tni o’chirish vositalari bilan ta’minlangan bo’lishi kerak.
Ombor yonmaydigan materiallardan qurilishi lozim. Unda suv, isitish yo’li, namlik bo’lishi butunlay taqiqlanadi. Omborni yonmaydigan materiallardan qurish tavsiya etiladi
Portlashga moyil xonalari mavjud bo’lgan sanoat korxonalarini loyihalashda, ularni portlashdan va butunlay buzilib ketishdan asrab qolish uchun xizmat qiladigan chora-tadbirlar ishlab chiqiladi va tadbiq etiladi. Bunday tadbirlarni asosiy vazifasi sanoat korxonasining portlash xavfsizligini ta’minlash bo’lib, portlashga sabab bo’luvchi omillarni bartaraf etishga qaratilgan bo’ladi. Bu kabi xavfsizlik muammolari ishlab chiqorish tartibotini yaratish yoki tanlash jarayonida mukammal echilishi kerak. Ya’ni ishlab chiqorishda shunday texnologik tizimni tanlash lozim bo’ladiki, uni ishlatish jarayonida dastgoh va uskunalardan portlovchi gazhavo aralashmasini hosil bo’lishiga etarli bo’lgan yonuvchi gaz va suyuqliklarni oqib chiqishiga va chiqqan taqdirda ham portlaydigan miqdorgacha yig’ilib qolmasligini ta’minlayoladigan bo’lishi kerak. Agar barcha tadbirlarni bajarganda ham, portlash xavfi to’liq bartaraf etilmaydigan bo’lsa, bu holda bino va inshootlarni loyihalashda maxsus konstruktiv echimlar vositasi bilan ularni portlash oqibatidagi buzilish darajasini kamaytirish choralari qo’llaniladi.
GOST 12.1.010-76 raqamli «Portlash xavfsizligi» davlat me’zoni talablari bo’yicha ishlab chiqarish jarayonlari shunday takomillashgan bo’lishi lozimki, yil davomida ularda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan portlash ehtimoli 1/106 dan oshmasligi kerak. Ammo harqancha texnologik ogohlantirishlar va texnik-tashkiliy tadbirlarni qullanishiga qaramay, ba’zan talofatli portlashlar sodir bo’lib turadi. Bino va inshootlarni yonish va portlash xavfi bo’yicha A va B toifasiga kiruvchi sanoat korxonalarida, avariya holatida yonuvchi gaz yoki changlarni havo bilan xavfli aralashmasi hosil bo’lishi sababli yong’in yoki portlash sodir bo’lishi mumkin. Bunday hollarda bino va inshootlarni butunlay buzilib ketishdan saqlash maqsadida, KMK 2.09.02-85 «Ishlab chiqorish binolari» loyihalash me’yori talablariga binoan, ularda portlash paytida hosil bo’ladigan bosimni ta’sir kuchini kamaytiruvchi, maxsus «engil otilib ketuvchi (EOK)» - binoning yuk ko’taruvchi asosiy qismlarini saqlab qolish uchun xizmat qiladigan qurilmalar rejalashtiriladi. Engil otilib ketuvchi (EOK) qurilmalarga qo’yiladigan asosiy talab, xonadagi xavfli gazhavo aralashmasi bosimini portlash vaqtida, binoning asosiy yuk ko’taruvchi qismlarini buzilib ketmasligini ta’minlay oladigan darajada chegaralashdan iborat. EOK qurilmalari oldin aytganimizdek tashqi devorlarda yoki tomda o’rnatiladi. Devorda o’rnatiladigan qurilmalar tomdagisiga nisbatan 30-50% ga samaraliroq va tiklash jarayonida kam xarjliroq xisoblanadi. EOK qurilmalarni hisoblash va loyihalashda ularni massasini va mustahkamligini shunday tanlash kerakki, portlash vaqtida devor-larga tushadigan bosim (Rp), ruxsat etilgan bosim (Rrux) dan ortiq bo’lmasin,
Bunday qurilmalar, bino va inshootlarni tomyopg’ich qismida yoki tashqi devorida o’rnatiladi. Ularning umumiy maydoni, A toifadagi korxonalar uchun portlash xavfi mavjud bo’lgan xonalarning har 1 m3 hajmiga 0,05 m2 dan va B toifadagi korxonalar uchun esa har 1 m3 hajmiga 0,03 m2 dan kam bo’lmagan miqdorda loyihalashtiriladi. Engil otilib ketuvchi qurilmalarga deraza, eshik, darvoza, asbestsement fanerdan, alyumin va po’lat tunukalar bilan qoplanib, ichiga engil isitgich polimerlar bilan to’ldirilgan panellar va shunga o’xshash engil qurilmalar misol bo’laoladi. Bunday qurilmalarning engil otilib ketishi uchun ruxsat etilgan og’irligi 120 kg/m2 dan oshmasligi kerak.
Derazalarning engil otilib ketuvchi qurilmalarga aylanishi uchun ulardagi oynalarning qalinligi 3, 4 va 5 mm bo’lganda, sirti mutanosib holda 0,8; 1,0 va 1,5 m2 dan kam bo’lmasligi lozim. Tomyopg’ich sirtida o’rnatilgan EOK qurilmasining umumiy maydoni aniqlangandan keyin, uni har biri 180 m2 dan oshmagan, alohida to’rtburchaklarga bo’lingan holda joylashtirilgan bo’lishi kerak. Bu qurilmalarning og’irligidan hosil bo’ladigan bosim 0,7 kPa (70 kgs/m2) dan ko’p bo’lmasligi kerak. A va B toifadagi bir qavatli binolarni tomida o’rnatilgan EOK qurilmalari, ishlab chiqorish tartiboti talablarini buzmagan va atrof-muhitni hisobga olgan holda tashqi devorga yaqin joylashtirilishi va ko’pqavatli binolarda oxirgi qavatda yoki tashqi devorda o’rnatilishi lozim. Bunday xonalarni erto’la va er osti qavatlarida joylashtirilishi ruxsat etilmaydi.
Bino va inshootlarda portlash hodisalari ko’proq quyidagi sabablarga ko’ra sodir bo’ladi: - yong‘in xavfsizligi qoida va me’yorlari talablarini qo’pol ravishda buzilishi; -issiqlik uzatish, shamollatish tizimlarini va elektr dastgohlarini noto’g‘ri o’rnatish; - buzuq holdagi texnologik va elektr uskunalarini ishlatish; - yonuvchi va portlovchi moddalarni omborlarda saqlash qoidalarini buzilishi - elektrstatik va atmosfera elektr zaryadlaridan himoyalanish qoida-larini buzilishi yong‘in darakchilari va avtomatik o’t o’chirish tizimining yo’qligi yoki buzuqligi; - portlashi mumkin bo’lgan manba’lar (bug’ qozonlari, ekonomayzerlar, nasos agregatlari, kompressorlar, elevatorlar, gaz balonlarini sinovdan o’tkazish va to’ldirish xonalari) ustidan nazorat qoidalariga to’liq rioya qilmaslik.
Havo bilan aralashmagan yonuvchi gaz va bug’larni maxsus kran orqali uncha katta bo’lmagan teshikdan oqizib, so’ng gugurt chaqib yoqilsa, mash’ala bo’lib osuda yonaboshlaydi. Bunday yonishlarni shisha idishlarni tayyorlash zavodlarida, g’isht, keramika va chinni pishirish zavodlarining pechlarida sun’iy va tabiiy gazlarni yonishi misolida ko’rish mumkin. Sement zavodlarining aylanma pechlarida ham ko’mir kukunini yoqilishi shu taqlitda amalga oshiriladi. Ammo bu gazlar ba’zi nosozlik sabablariga ko’ra, havo bilan aralashib ketish hollari mavjud bo’lib, aralashma xavfli nisbat darajasiga etgan bo’lsa, katta kuch bilan portlash sodir bo’lishi mumkin.

Shahar

Obyekt

KTZM

Zaharlanishi mumkin bo’lgan mintaqadagi odamlar soni

Navoiy

Navoiy azot

ammiak, xlor

99250

Olmaliq

Kimyo zavodi

ammiak, xlor

560

Angren

Tilla koni

ammiak, xlor

450

Farg’ona

Farg’ona azot

ammiak, xlor

607300
Mabodo, muayyan sabablarga ko’ra, bunday korxonalarda avariya sodir bo’lib, kimyoviy moddalar tashqariga chiqib ketsa, hududning zaharlanish chuqurligi 45-50 km (450 km2 dan ortiq maydon) ni tashkil etishi mumkin. Shuning uchun respublikamiz aholisi, ishlab chiqarish korxonalarining ishchi-xizmatchilari favqulodda yuz beradigan vaziyatlarda to’g’ri ish tutishlari, fuqarolar muhofazasi tomonidan beriladigan har bir yo’riqnoma, vazifalami to’g’ri bajarishlari va saqlanish qoidalariga rioya etishlari zarur. Buning uchun har bir korxonada, ayniqsa, ishlab chiqarish korxonalaridagi fuqarolar muhofazasi xodimlari avariya va halokatlarni, uning oqibatlarini yo’qotish chora-tadbirlarini hamda ofat ro’y bergan joyda iabrlanganlarga yordam ko’rsatish qoidalarini tushuntirishlari lozim.
Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar bilan ishlaydigan sanoat tarmoqlarida nafaqat avariya oqibatlari fuqarolarga xavf-xatar keltirishi mumkin, balki shu tarmoqlardan chiqadigan chiqindi mahsulotlar ham (atmosferaga yoki suv xavzalariga chiqarib yuborilishi) atrof muhitni va tabiatni 141 ifloslantirishi oqibatida insonlar hayotiga jiddiy xavf soladi

Yüklə 261,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə