1. O‘qituvchining kasbiy mahoratini rivojlantirishda pedagogikaning ahamiyati



Yüklə 149,21 Kb.
səhifə2/4
tarix12.12.2023
ölçüsü149,21 Kb.
#148949
1   2   3   4
1. O‘qituvchining kasbiy mahoratini rivojlantirishda pedagogikan-www.fayllar.org

O‘z–o‘zini bilish jarayoni o‘qituvchining pedagogik mahorati doira­sida ma’lumotlarni qayd qilish darajasida kechadi, bunda refleksiyaning passiv shakli ustuvorlik qiladi. O‘qituvchi pedagogik faoliyatida yuzaga kelayotgan turli qiyinchiliklar va muammolarning sabablarini, erishila­yotgan yutuqlar va natijalarni shunchaki qayd qilib boradi.
O‘z – o‘zini anglash jarayoni o‘qituvchining o‘z faoliyati va unda o‘zi­ga nisbatan «metapozitsiya» (noaniq pozitsiyada)da turib, o‘ziga tash­qa­ridan qarash, o‘zini kuzatish malakasini ko‘zda tutadi. Bunda, interiorizatsiya (tashqi omillarning ichki omillarga o‘tishi) hodisasi amalga oshadi, kasbiy qiyinchiliklarning kelib chiqish sabablari rasmiy­lashtiriladi; faoliyatdan ko‘zlanadigan asosiy maqsad aniqlanadi, refleksiv – «MEN» shakllanadi. Bu o‘qituvchining dolzarb rivojlanish zonasi bilan bog‘liq.
O‘z – o‘zini belgilash jarayonida boshlang‘ich daraja kasbiy ehti­yojlarni hisobga olib belgilanadi va jadal imkoniyatlar asosida faoli­yat rejalashtiriladi. Strategik, taktik va tezkor vazifalar shakllantiriladi. Haqi­qiy «MEN» va ideal «MEN» nisbatlanadi2. Bu o‘qituvchining eng yaqin rivojlanish darajasi3 bilan bog‘liq.
O‘z – o‘zini rivojlantirish jarayonida o‘qituvchining kasbiy faoliyati davomida takomillashtirilgan pedagogik mahorati, refleksiyalangan (ya’­ni avval foydalanilgan va ularning samaradorligini baholash natija­sida tobora optimal bo‘lib chiqqan metodlar) harakat usullari va metodlarining o‘sishi sodir bo‘ladi.
O‘z – o‘zini nazorat qilish o‘qituvchi pedagogik faoliyati jarayonida nazariy va amaliy tajribalar asosida, o‘z – o‘zini kasbiy jihatdan nazorat qilib, pedagogik mahoratini yanada takomillashtirib borishning ikkinchi shakli boshlanishini nazarda tutadi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, refleksiya muammosi nafaqat pedago­gika, psixologiya, falsafa, mantiq kabi fanlarda, balki boshqa fanlarda ham o‘rganiladi. Bu tushuncha talqiniga biz ta’lim rivojlanishining fal­safiy kons epsiyasi (V.V.Krayevskiy, B.T. Lixachyov, Ya.S.Turbovskiy va boshqalar.) g‘oyalari nuqtai nazaridan yondashamiz. Bu holatda kishining dunyo, jamiyat, o‘zining bu dunyodagi o‘rni haqidagi tobora umu­miy, keng tushunchalarining pedagogik voqelik bilan aloqasi refleksiya predmeti sanaladi. Ta’kidlash joizki, dastlab ongda bilim­larning falsafiy refleksiya oqimidagi tahlili kechadi, keyin u pedagogik nazariya tarkibiga kiradi va uning bir qismiga aylanadi, so‘ngra faoliyatni nazariy jihatdan anglashning boshlang‘ich nuqtasi bo‘lib qoladi. Shu tariqa inson o‘z ongini, faoliyatini rivojlantirish mexanizmlarini egallash va ularni maqsadli boshchqarish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.
B.G.Ananev, inson xarakterining shakllanish jarayonini tahlil qilib, refleksiv xossalar shaxsning boshqa sifatlariga qaraganda ancha kech shakllanishini aytadi. Uning fikricha: «inson hayoti davomida o‘zaro munosabatlarning ko‘plab obyektlari orqali o‘tadi, natijada uning ongi o‘z-o‘zini anglash obyektiga aylanadi. O‘zining xulq–atvor subyekti sifatida ko‘p marotaba anglash tajribasini to‘plash va unga muno­sabatlar, biz refleksiya deb ataydigan xarakterga aylanishi uchun, xulq–atvorda uni muntazam qo‘llash talab qilinadi».
Ushbu fikr kasbiy refleksiyaning rivojlanishi, buning natijasi o‘laroq, shaxsning faoliyat xususiyatlari bilan balgilangan refleksiv qirralari shakllanishini ta’minlaydigan ma’lum sharoitlar, vaziyatlarni yaratish zaruriyati haqida xulosa qilish imkoniyatini beradi.
Shunday qilib, olimlarning tadqiqotlariga tayanib, ta’kidlash mum­kinki, o‘qituvchining kasbiy pedagogik mahoratini rivojlantirish muam­mo­sini faqat uning kasbiy refleksiyasini takomillashtirish asosida hal qilish mumkin. Kasbiy pedagogik refleksiya nafaqat kasbiy faoliyat, bal­ki, bilim, ko‘nikma va malakalarning o‘sishini ta’minlaydi hamda ushbu faoliyatni takomillashtirish asosi ham sanaladi.
Har qanday o‘qituvchi o‘z–o‘zini tarbiyalash va o‘z–o‘zini rivojlan­tirishga hatto juda kuchli intilishi bo‘lsa ham, o‘zining shaxsiy rivojlanish dasturini maxsus malakalarsiz belgilay olmaydi, bu pedagogik faoliyat­dagi muvaffaqiyatga erishish, o‘qituvchining o‘z ustida ishlashga tayyor­garligi, uning o‘z–o‘zini tahlil qila olishi, o‘z–o‘zini tashhislash qobi­liyatining qanchalik shakllanganligi bilan bog‘liq.

Yüklə 149,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə