1. Parazitologiya fanining maqsadi, vazifalari va rivojlanish tarixi



Yüklə 348,5 Kb.
səhifə19/27
tarix08.06.2023
ölçüsü348,5 Kb.
#116060
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27
Parazit

Piroplazmidalar (Piroplasmida) kenja turkumi.
Vakillari sutemizuvchilarning qonida parazitlik qiladi.
Bu kenja turkum vakillarining rivojlanishi ham 2 ta xo‘jayinda,
asosiy xo‘jayinlari- qon so‘ruvchi yaylov kanalari
oraliq xo‘jayinlari- uy va yovvoyi sutemizuvchilarda o‘tadi.
Bu kenja turkumga 170 dan ortiq tur kiradi. 3 ta oilasi bor:
1. Babezidlar (Babesidae) oilasi.
2. Teyleridlar (Theileridae) oilasi.
3. Pirоplаzmidаlаr (Piroplasmidae) oilasi.
Babeziyalarning asosiy xo‘jayinlari yaylov kanalari va oraliq xo‘jayinlari turli uy hayvonlari hisoblanadi.
Babezioz qo‘zg‘atuvchilarini Ixodes ricinus, Boophilus bovis, Rhipicephalus avlodi turlari va boshqa tur yaylov kanalari tarqatadi.
Qoramollar babezioz bilan asosan bahor va yoz oylarida, ya’ni may-iyul oylarida kasallanadi.
Kasallangan hayvonlarning harorati 40-42°C gacha ko‘tariladi, ular holsizlanadi, birinchi 2 kunda suti 40-60 % ga kamayadi, keyinchalik esa 80 % gacha kamayadi.
Hayvonlarning ishtahasi pasayadi, kavsh qaytarmay qo‘yadi, ichi ketadi, eritrositlari soni 1 mm kubda 2 mln gacha va gemoglobini 30 % gacha kamayadi.
Natijada, qoramollar kasallangandan 4-8 kun o‘tgandan keyin o‘ladi. Ba’zan esa kasallangan mollar to‘satdan talog‘i yorilib ketib, 3-4 kunda o‘ladi.
Teyleridalar qoramollarning limfa hujayralarida, keyinchalik esa eritrositlarida parazitlik qiladi va teylerioz kasalligini qo‘zg‘atadi.
Teylerioz uy va yovvoyi kavsh qaytaruvchi hayvonlarning obligat transmissiv kasalligi hisoblanadi va chorvachilik xo‘jaliklariga katta zarar yetkazadi.
Teylerioz ham eng xavfli, o‘limga olib keladigan kasalliklardan hisoblanadi. Kasallangan hayvonlarning 40-80 % o‘ladi.
Bu kasallik issiq iqlimli mamlakatlarda, shu jumladan, O‘zbekistonda ham chorva mollariga, birinchi navbatda, qoramollarga katta zarar yetkazadi.
MDH da, shu jumladan O‘zbekistonda teyleriyalarning 7 ta turi uchraydi.
Eng xavflisi Theileria annulata hisoblanadi. Bu parazit Markaziy Osiyo Respublikalarida ko‘p uchraydi. Tarqatuvchisi Hyalomma avlodiga mansub kanalar hisoblanadi.
O‘zbеkistоndа qоrаmоllаrgа pirоplаzmоzni аsоsаn bir хo‘jаyinli kаnаlаrdаn-Boophilus calcaratus vа Ripicephalus bursa yuqtirаdi.
Qоrаmоllаr pirоplаzmоz bilаn аsоsаn tаbiiy shаrоitdа kаnаlаr ko‘p bo‘lgаn yaylоvlаrdа zаrаrlаnаdi.
Shunday qilib, babezid, teylerid va pirоplаzmidlarning barcha vakillari eritrotsitlarda parazitlik qilib, qoramollar, qo‘y va echkilar, otlar, tuyalar, cho‘chqalar va itlarga katta zarar yetkazadi.
Kasallangan hayvon qonini so‘rgan kana parazitni o‘ziga yuqtiradi.
Infuzoriyalar (Infusoria) yoki kipriklilar (Ciliophora) tipi.
Vakillari ko‘lmak suvlardan tortib dengiz, okeanlargacha bo‘lgan hamma suvlarda va nam tuproqlarda uchraydi.
7500 ga yaqin turi bor. Ba'zi turlari esa umurtqasiz va umurtqali hayvonlarda hamda odamlarda parazitlik qiladi.
Kiprikli infuzoriyalar sinfiga kiruvchi ixtioftirius (Ichthyophthirius multifilus) baliq terisi va jabrasiga kirib, yara hosil qiladi.
Bu parazitning yosh individlari baliq terisiga va jabrasiga chuqurroq o‘rnashib, faol ovqatlanadi va kattalashadi
Bu parazit keltirib chiqaradigan kasallikdan yosh baliqchalar 90-100 % nobud bo‘ladi.
Ixtioftiriuslardan, ayniqsa, zog‘ora baliq, gulmohi, do‘ngpeshona, oq amur va losossimon baliqlar ko‘p zarar ko‘radi.
Odam va hayvonlar organizmida parazitlik qiluvchi Balantidium coli ham kiradi.
Uning tanasi loviyasimon bo‘lib, odamning yo‘g‘on ichagi devorida parazitlik qilib, jarohat hosil qiladi va xavfli qonli ichburug‘ kasalligini vujudga keltiradi.
Odamlarga bu parazitlar cho‘chqalar orqali yuqadi.
Chunki, balantidiy cho‘chqa, sichqon va kalamushlar ichagida ham parazitlik qiladi.
Cho‘chqalarning tezagi orqali parazitning sistalari tashqariga chiqadi va odamlar bu sistalarni yutib, balantidiy bilan kasallanadi.
Demak, balantidioz bilan ko‘pincha cho‘chqachilik fermalarida va kolbasa tayyorlash korxonalarida ishlaydigan ishchi xodimlar kasallanadi.

Yüklə 348,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə