1. Parazitologiya fanining maqsadi, vazifalari va rivojlanish tarixi



Yüklə 348,5 Kb.
səhifə25/27
tarix08.06.2023
ölçüsü348,5 Kb.
#116060
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Parazit

Zanjirsimonlar (Cyclophyllidea) turkumi.

  • gavda to‘lig‘icha bo‘g‘imlashgan,

  • yetilgan bo‘g‘imlardagi bachadoni yopiq holda tuzilgan,

  • embrional taraqqiyoti bachadonda kechadi,

  • tuxumda paydo bo‘lgan lichinka – onkosfera oraliq xo‘jayinlari iste’mol qilmaguncha tuxumdan tashqariga chiqmaydi,

  • ikki xo‘jayin ishtirokida rivojlanadi, oraliq xo‘jayini organizmida pufaksimon lichinka paydo bo‘ladi.

Exinokokk (Echinococcus granulosus).
Mahsuldor hayvonlarga va odamlarga juda katta zarar keltiradigan tasmasimon chuvalchanglardan yana biri exinokokk (Echinococcus granulosus) hisoblanadi.
Voyaga yetgan exinokokkning

  • shakli tasmasimon bo‘lib,

  • uzunligi 2-6 mm atrofida,

  • tanasi skoleks va 3-4 bo‘g‘imdan iborat,

  • skoleksida 4 ta so‘rg‘ichi va xartumi bor.

Xartumi ikki qator joylashgan, 28 tacha xitinli ilmoqchalar bilan qurollangan. Skoleksdan keyingi birinchi va ikkinchi bo‘g‘imlari germafrodit bo‘lib, unda 50 ga yaqin urug‘don, urug‘ tashuvchi naycha, jinsiy bursa, tuxumdon, melis tanachasi va qin joylashgan.
Oxirgi yetilgan bo‘g‘imi 400–800 ta tuxum bilan to‘lgan bo‘ladi.
Voyaga yetgan tasmasimon exinokokk it va boshqa go‘shtxo‘r yirtqich hayvonlarning ichagida 6 oy, ba’zan 1 yilgacha yashashi mumkin.
Exinokokkning yetilgan oxirgi bo‘g‘imlari asosiy xo‘jayini axlati bilan tashqariga chiqariladi va bu bo‘g‘imlar faol harakat qilib, 5-25 sm gacha bo‘lgan masofani bosib o‘tib, yem-xashak hamda boshqa narsalarga o‘z tuxumlarini sochadi.
Oraliq xo‘jayinlar, ya’ni qo‘y, echki, qoramol, tuya, cho‘chqa va boshqa o‘txo‘r hayvonlar exinokokk tuxumlarini yem-xashak bilan yutib, bu parazitni o‘zlariga yuqtiradi.
Ilmiy ma’lumotlarga qaraganda, exinokokk bilan kasallangan bir bosh qo‘ydan o‘rtacha 2,5 kg go‘sht, 300 g yog‘, 100 g jigar va 400 g o‘pka hamda jun mahsulotlari kam olinadi.
Exinokokkning lichinkali (pufakli) shakli odamlarda ham uchraydi.
Masalan, Urugvayda 10 yil mobaynida 3780 odam exinokokkoz bilan kasallangan. MDHda exinokokkoz Ukraina, Gruziya, Ozarbayjonda va O‘rta Osiyo mamlakatlarida odamlarda uchrab turadi.
Exinokokkning pufakli shakli faqat jarrohlik yo‘li bilan olib tashlanadi.

  • Buning uchun daydi va qarovsiz itlarning sonini kamaytirish kerak.

  • Chorvachilik xo‘jaligidagi hamda ov itlarini muntazam ravishda degelmintizatsiya qilish, ya’ni gijjaga qarshi dorilar berib turish kerak.

  • So‘yilgan mollarning exinokokk pufaklari bilan kasallangan organlarini itga bermasdan, yo‘qotish hamda zararsizlantirish lozim.


Yüklə 348,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə