1. Parazitologiya fanining maqsadi, vazifalari va rivojlanish tarixi



Yüklə 348,5 Kb.
səhifə21/27
tarix08.06.2023
ölçüsü348,5 Kb.
#116060
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27
Parazit

So‘rg‘ichlilar (Trematoda) sinfi.
Trematodalar sinfi vakillari ham monogeneyalar singari kiprikli chuvalchanglardan kelib chiqqan.
Ammo ular barcha umurtqalilar-baliqlar, amfibiyalar, reptiliyalar, qushlar va sutemizuvchilar, shu jumladan, odamlarning hamda umurtqasizlarning ichki parazitlari hisoblanadi.
Bu sinf haqidagi dastlabki ma’lumotlar XVII-asrning o‘rtalarida paydo bo‘lgan.
Taniqli italiyalik olim Redi birinchi marta qoramollar jigarida jigar qurtini topib, uning tuzilishini o‘rganadi.
Shved olimi K. Linney trematodalarning 40 dan ortiq turini o‘rganib, birinchi marta trematodalar sinfiga asos solgan.
1819-yili mashhur gelmintolog olim K.A. Rudolfi 220 dan ortiq trematodalar turini o‘rganadi.
Trematodalarni har tomonlama o‘rganishda rus olimlari yetakchi rol o‘ynaydi. Akademik K.I. Skryabin o‘z shogirdlari bilan trematodalar bo‘yicha 26 tomlik mukammal asarlar yozgan.
Hozirgi vaqtda trematodalar, ya’ni so‘rg‘ichlilar sinfiga 5000 dan ortiq tur kiradi, shulardan qariyib 50 % baliqlarda, qolganlari esa boshqa umurtqalilarda parazitlik qiladi.
Odamlarda ularning 30 ga yaqin turi uchraydi. Trematodalar o‘z xo‘jayinlarining hazm organlarida, jigar va jigar o‘t yo‘llarida, qon tomirlarida va boshqa ichki organlarda parazit holda yashaydi.
So‘rg‘ichlilar sinfidan odam va mahsuldor hayvonlarda
Fasciolata,
Paramphistomata,
Heterophyata,
Echinostomatata
Schistosomatata kenja turkumlarning vakillari katta ziyon yetkazadi.
Jigar qurtlarining (Fasciola sp.) biologik xususiyatlari.
Jigar qurtlari Fasciolidae oilasiga kiradi. Jigar qurti odatda mayda va yirik shoxli mollarda, ba’zan boshqa hayvonlar va odamlarning jigarida hamda o‘t yo‘llarida parazitlik qiladi.
Dunyoda Fasciolidae oilasiga 8 ta tur kiradi. Respublikamizda chorva mollarida fastciolalarning asosan 2 ta turi, ya’ni oddiy jigar qurti (Fasciola hepatica) va gigant jigar qurti (Fasciola gigantica) parazitlik qiladi.
Oddiy jigar qurti bargsimon shaklda bo‘lib, voyaga yetganlarining tanasi 30–40 mm uzunlikka, eni esa 12-13 mm ga teng.
Bunday fassiolalarning rangi kulrang va biroz qo‘ng‘ir bo‘lsa, jigar to‘qimalarida parazitlik qiluvchi yosh trematodalar oq, sutsimon ko‘rinishga ega va ular tanasining uzunligi odatda 18-19 mm dan oshmaydi.
Gigant jigar qurtining tanasi bo‘yiga cho‘zilgan, eni esa qisqa bo‘ladi. Ularning jigar o‘t yo‘llarida parazitlik qiluvchi voyaga yetganlarining tana uzunligi 30 mm dan 70 mm gacha bo‘lib, eni esa 6-11 mm.
Jigar to‘qimalarida parazitlik qiluvchi mazkur turga oid yosh trematodalarning uzunligi 1-2 mm dan 30 mm gacha bo‘lib, eni 0,2-5,0 mm ni tashkil qiladi.
Ushbu trematoda oddiy jigar qurtiga nisbatan yuqori patogenli hisoblanadi.
Fassiolalar biogelmint bo‘lib, ular asosiy va oraliq xo‘jayinlar ishtirokida rivojlanadi.
Asosiy xo‘jayin vazifasini o‘txo‘r sutemizuvchilar, oraliq xo‘jayin vazifasini esa Lymnaeidae oilasiga mansub (Lymnaea truncatula) chuchuk suv qorin oyoqli mollyuskalari bajaradi.
Gigant jigar qurtining oraliq xo‘jayini doirasi esa ancha keng bo‘lib, uning rivojlanishi L. auricularia, L. bactriana, L. subdisjuncta va L. impura kabi mollyuska turlari ishtirokida o‘tadi.
Oddiy jigar qurti (Fasciola hepatica) O‘zbekistonning Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan tashqari barcha hududlarda tarqalgan.
Jigar qurti asosan qon va jigar to‘qimasi bilan oziqlanib, o‘z xo‘jayiniga katta ziyon yetkazadi.
Bu parazit jigardagi o‘t yo‘llarida ohak to‘planishi va uning bekilishi tufayli jigarda og‘ir kasallik tug‘diradi.
Hayvonlarning ishtahasi pasayib, ozib ketadi va ichi o‘tadi. Yosh mollarning o‘sishi sekinlashadi, sigirlarning sut mahsuloti kamayadi.
Surunkali fastsiolyozda qoramolar va qo‘ylarning jag‘ ostida, ko‘krak qismida shishlar paydo bo‘ladi. Ba’zan bola tashlash ham kuzatilishi mumkin. Kasallik davolanmasa o‘lim bilan tugaydi.
Odamlar ham fastsiolyoz bilan kasallanishi mutnkin.
Bunda odamlar tasodifan jigar qurtining ko‘zga ko‘rinmas lichinkalari (adoleskariylari) bor bo‘lgan hovuz, ko‘l suvlarni ichganda yoki har xil suv o‘tlarini yuvmasdan iste’mol qilganda ularni o‘zlariga yuqtiradi.
Masalan, Fransiyaning Lion shahri yaqinida 500 dan ortiq kishi fastsiolyoz bilan og‘rigan.
Olimlarning tekshirishicha, bu odamlar botqoqlikda o‘sadigan krestsalat o‘tini iste’mol qilib, kasallikni o‘zlariga yuqtirganlar.

Yüklə 348,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə