1. Parazitologiya fanining maqsadi, vazifalari va rivojlanish tarixi



Yüklə 348,5 Kb.
səhifə18/27
tarix08.06.2023
ölçüsü348,5 Kb.
#116060
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27
Parazit

Qon sporalilar (Haemosporidia) kenja turkumi.
Vakillari odam va issiq qonli hayvonlarning qizil qon hujayralari - eritrotsitlarida parazitlik qiladi.
Bu kenja turkumga 100 ga yaqin tur kiradi.
Bezgak plazmodiumlarini birinchi marta 1879-yilda rus olimi V.I. Afanasyev va 1880-yilda fransuz olimi Alfons Laveren kashf etganlar.
Bezgak kasalini chivinlar yuqtirishini esa 1895-yilda ingliz olimi R. Ross va italiyalik olim J. Grassi aniqlashgan.
Odamlarda bezgakning asosan 4 ta turi parazitlik qiladi:

  • Plasmodium vivax-uch kunlik bezgak qo‘zg‘atuvchisi, ya'ni isitma har 48 soatdan keyin qaytarilib turadi.

  • Plasmodium malariae-to‘rt kunlik bezgak qo‘zg‘atuvchisi, ya'ni isitma har 72 soatdan keyin qaytarilib turadi.

  • Plasmodium falcipharum-24-48 soat oralab

xuruj qilib turadigan va ko‘pincha juda og‘ir o‘tadigan tropik bezgak qo‘zg‘atuvchisidir.

qo‘zg‘atuvchisi, ya'ni isitma har 48 soatdan keyin qaytarilib turadi.
Bu bezgak qo‘zg‘atuvchisi juda kamdan-kam Afrika va Osiyo mamlakatlarida uchraydi. Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi mam-lakatlarida bu kasallikning qo‘zg‘atuvchisi bir marta 1924-yilda Ufa shahrida uchragan.
Bu parazitning qo‘zg‘atuvchisi bilan zararlangan bezgak chivini odam qonini so‘rganida, chivin so‘lagida bo‘lgan sporozoitlar odam qoniga o‘tadi, qon orqali esa jigar va taloq to‘qimalariga kelib, ko‘paya boshlaydi
Yadrolari bir nechtaga bo‘linadi, so‘ngra yadro soniga qarab, sitoplazma ham o‘shanchaga ajraladi va parazitning navbatdagi avlodi-merozoitlar paydo bo‘ladi.
Keyinchalik, merozoitlar qizil qon tanachalariga kirib, gemoglobin plazmasi bilan oziqlanadi.
Parazitning eritrotsitlar gemoglobini hisobiga oziqlanib o‘sadigan davriga trofozoitlar deyiladi.
Trofozoitlardan bo‘linib ko‘payuvchi shizontlar hosil bo‘ladi.
Eritrotsitlardagi bir shizont yadrosi bir necha marta bo‘linadi va 12-24 ta merozoitlar yetiladi. So‘ngra bu merozoitlar eritrotsitning qobig‘ini yemirib, qon plazmasiga o‘tadi.
Bu hodisa merozoit eritrotsitga kirgandan 48 soat o‘tgach sodir bo‘ladi va xuddi shu paytda odamni bezgak tutadi.
Sababi qon plazmasiga minglab merozoitlar bilan birga melanin degan zaharli moddalar ham chiqadi va qonni zaharlaydi
Bezgak yer yuzida juda keng tarqalgan kasallikdir. Bezgak kasaliga uchragan odamda kuchli anemiya (kamqonlik) kuzatiladi.
1 mm3 qondagi eritrotsitlar soni normadagi 5 mln. dan 1 mln. gacha tushib qoladi.
1935-yilning o‘zida mazkur hududlarda 9 mln. kishi bezgak bilan kasallanganligi ma'lum.
Bu davrda odamlarning bezgak bilan kasallanishi, ayniqsa, Afrika, Janubiy Amerika, Osiyo va Yevropadagi juda ko‘plab mamlakatlarda keng tarqalgan edi.
1930-yillarda faqatgina Hindistonning o‘zida har yili 100 mln. dan ortiq kishi bezgak bilan kasallangan.
Hozirgi vaqtda Anofeles avlodiga kiradigan chivinlarning 400 dan ortiq turlari mavjud bo‘lib, shulardan 25-30 ta turi bezgak kasalligi qo‘zg‘atuvchilarini tashuvchilari hisoblanadi.
Kasallik to‘satdan boshlanadi,
bemorni isitma tutadi,
junjiydi, qaltiraydi,
keyin qaltirash bosilib,
harorat ko‘tariladi (40-410C),
bemor qizarib ketadi,
nafas olishi qiyinlashadi,
halloslaydi va boshi qattiq og‘riydi.
So‘ngra harorat tez pasayib, bir maromga tushadi. Shu payt bemor qattiq terlaydi, ertasiga o‘zini sog‘lom his qiladi. Keyin yana isitma tutadi.
Isitma tutayotgan bemorning qoni tekshirilganda, bezgak plazmodiylarini topish mumkin.
Bezgak tutavergach, plazmodiylar qizil qon tanachalarini parchalashi sababli bemor kamqon bo‘lib qoladi, talog‘i va jigari kattalashadi, oq qon tanachalari ancha kamayadi.

Yüklə 348,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə