1. Parazitologiya fanining maqsadi, vazifalari va rivojlanish tarixi


Qoramol tasmasimon chuvalchangi (



Yüklə 348,5 Kb.
səhifə26/27
tarix08.06.2023
ölçüsü348,5 Kb.
#116060
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Parazit

Qoramol tasmasimon chuvalchangi (Taeniarhynchus saginatus).
Qoramol tasmasimon chuvalchangi asosan, odamlarning ingichka ichagida parazitlik qilib hayot kechiradi.

  • tana uzunligi 4-10 m,

  • eni esa 12-14 mm ,

  • gavdasi bosh (skoleks), bo‘yin va mingga yaqin proglottidalardan iborat,

  • skoleksida 4 ta so‘rg‘ichli

  • so‘rg‘ichlari o‘rtasida rudiment ko‘rinishdagi xartumi bo‘lib, unda xitinli ilmoqchalar bo‘lmaydi.

Shuning uchun ham qoramol tasmasimoni qurollanmagan tasmasimon deyiladi.
Jinsiy organlari sistemasi taxminan 200-bo‘g‘imdan paydo bo‘la-boshlaydi.
Germafrodit bo‘g‘imlarida avval erkaklik, so‘ngra urg‘ochilik jinsiy a’zolari yetiladi.
Urug‘donlar soni har bir proglottidda 1000 ga yaqin, bir dona tuxumdoni esa ikki bo‘lakli.
Qoramol tasmasimonining odam ichagidagi rivojlanish siklini rus olimlari J.K.Shtrom va F.F.Tolizin tomonidan chuqur o‘rganilgan.
Bu olimlar o‘z hayotlarini xavf ostida qoldirib, qoramol tasmasimoni tuxumini yutib, uning rivojlanishini va organizmga ko‘rsatadigan ta’sirini o‘zlarida tajriba o‘tkazib sinab ko‘rishgan.
Umuman, qoramol tasmasimonining jinsiy voyaga yetgan davri teniarinxus (Taentarynchus saginatus), keltirib chiqaradigan kasalligi esa teniarinxoz deyiladi.
Lichinkalik davrida (Cysticercus bovis) hosil qiladigan kasallik esa sistiserkoz deb ataladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, teniarinxoz bilan asosan odamlar, sistiserkoz bilan esa qoramollar kasallanadi.
Teniarinxoz yer yuzida keng tarqalgan. Ayniqsa, Afrika, Janubiy Amerika, Avstraliya va Osiyoning ayrim mamlakatlarida odamlar bu kasallik biian ko‘proq kasallanadi.
MDHda teniarinxoz Kavkaz ortida, O‘rta Osiyo respublikalarida, Qozog‘istonda, Rossiyaning shimoliy viloyatlarida ko‘proq uchraydi.
O‘zbekistonda bu kasallik, asosan Xorazm viloyati aholisi o‘rtasida tez-tez uchrab turadi (13%).
Buning asosiy sababi mahalliy aholi o‘rtasida milliy taom mol go‘shti qiymasidan tayyorlangan «ijjan»ning (piyoz va garmdori qo‘shilgan xom qiyma mol go‘shtining) keng iste’mol qilinishidir.

Yüklə 348,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə