1. Python tili imkoniyatlari Pythonni ko`chirish


Python bo`yicha topshiriqlar



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə78/78
tarix19.12.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#152124
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   78
1. Python tili imkoniyatlari Pythonni ko`chirish

Python bo`yicha topshiriqlar


Har bir Pythonni o`rganuvchilar uchun mustahkamlashmaqsadida kod yozish foydali bo`ladi. Sizga bir nechta topshiriqlar va yechimlarni taklif qilamiz (hammasi ham oson emas).
Ushbu topshiriqlarni bexato bajarish uchun, albatta, ushbu qo`llanmani to`liq o`zlashtirib chiqishingizni tavsiya etamiz.

Oddiy arifmetik operatsiyalar(1)


3 ta argumentlarni qabul qiluvchi arithmetic funksiyani yozing: birinchi ikkitasi sonlar, uchinchisi esa ular ustida bajarilishi kerak bo`lgan operatsiya bo`lsin.Agar uchinchi argumenti ‘+’ bo`lsam ular qo`shilsin, ‘-’ bo`lsa, ayrilsin, ‘*’ bo`lsa, ko`paytirilsin va ‘/’ bo`lsa, bo`linsin (birinchisini ikkinchisiga). Qolgan hollarda esa ‘Noma`lum operatsiya’ satrini qaytarsin.

Kabisa yili(2)


1 ta argument – yil ni qabul qiluvchi is_year_leap funksiyasini yozing. U agar yil kabisa yili bo`sa, True ni aks holda False ni qaytarsin.

Kvadrat(3)


1 ta argument – kvadratning tomonini qabul qilib, 3 ta qiymat (kortej orqali): kvadrat perimetri, kvadrat yuzasi va kvadrat diagonallarini qaytaruvchi funksiya tuzing.

Yil fasllari(4)


1 ta argument – oy tartib raqami(1 dan 12 gacha)ni qabul qilib, shu oy tegishli bo`lgan yil faslini (qish, bahor, yoz yoki kuz)qaytaruvchi funksiya tuzing.

Bank omonati(5)


Foydalanuvchi a so`m miqdorida years yilga yillik 10% lik jamg`arma bankiga omonat qo`yadi (Har yili uning omonati 10% ga ortadi, bu pullar uning oldingi omonatiga qo`shiladi va keyingi yil yana hosil bo`lgan summadan foiz hisoblanadi – murakkab foiz).
a va years argumantlarini qabul qiluvchi va foydalanuvchining hisob raqamida hosilbo`ladigan summani qaytaruvchi bank nomli funksiyani tuzing.

Oddiy sonlar(6)


1 ta argument – 0 dan 1000 gacha bo`lgan sonni qabul qilib, agar u tub son bo`lsa, True, aks holda, False qaytaradigan is_prime nomli funksiya tuzing

To`g`ri sana(7)


3 ta argument – kun, oy va yillarni qabul qilib, agar bunday sana kalendarimizda mavjud bo`lsa, True, aks holda False qiymat qaytaruvchi date funksiyasini tuzing.

XOR-shifrlash(8)


2 ta argument: shifrlash kerak bo`lgan satr va shifrlash kalitini qabul qilib, kalitli satrlar ustida XOR (^) funksiyasini qo`llash orqali shifrlangan satrni qaytaruvchi funksiyani tuzing. Bundan tashqari, shifrlangan satr va kalit bo`yicha, dastlabki satrni qayta tiklovchi XOR_unchifer funksiyasini ham tuzing._
Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə