1. Python tili imkoniyatlari Pythonni ko`chirish


Python tili imkoniyatlari



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə2/78
tarix19.12.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#152124
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78
1. Python tili imkoniyatlari Pythonni ko`chirish

Python tili imkoniyatlari


Mendan juda ko`p Python tilining afzalliklari haqida so`rashganlari uchun men shu mavzuda uncha katta bo`lmagan tahliliy maqola yozishga qaror qildim.


Quyida Python yordamida bajarish mumkin bo`lgan ba`zi amallar keltirilgan:

  • xml/html fayllar bilan ishlash

  • http so`rovlar bilan ishlash

  • GUI (Grafik interfeys)

  • Veb-ssenariylar yaratish

  • FTP bilan ishlash

  • Tasvirlar, audio va video fayllar bilan ishlash

  • Robototexnika

  • Ilmiy va matematik hisoblashlarni dasturlash

Va yana juda ko`plab boshqa ishlar.
Shunday qilib, Python tili hoh rezervli nusxalash, hoh elektron pochtani o`qish yoki biror bir o`yin yaratish kabi kundalik vazifalarning juda katta qismini bajarishda qo`l kelishi mumkin.Python dasturlash tili deyarli hech nima bilan cheklanmagan, shuning uchun yirik loyihalarda ham qo`llanilishi mumkin. Masalan, Python Google va Yandex kabi IT gigantlar tomonidan muntazam qo`llanilib kelinmoqda. Bundan tashqari Python tilining oddiyligi va universalligi bu tilni eng kuchli dasturlash tiliga aylantirgan.

2-bob.

Pythonni ko`chirib olish.


Bugun biz Python 3 ni ko`chirib olish va o`z kompyuterimizga tekinga, ro`yxatdan o`tish va SMSlarsiz o`rnatib olishni o`rganamiz :).

Windowsda Pythonni o`rnatish.


Pythonni biz rasmiy saytidan yuklab olamiz. Shu yerda sizni Pythonni boshqa saytlar yoki torrentlardan ko`chirmaslikka chaqiraman, chunki ularda viruslar bo`lishi mumkin. Dasturning o`zi tekin. https://python.org/downloads/windows/ manziliga kiramiz hamda “latest python release” ni va python 3 ni tanlaymiz.
Ushbu kitobdagi ba`zi misollarim Python 2 da ishlamasligi mumkin. Ushbu kitob yozilayotgan vaqtda saytda Python 3.8.6 versiyasi bor.
Pythonning joriy versiyasi tavsiflangan (ingliz tilida) sahifa hosil bo`ladi. Sahifaning oxiriga o`tib, Download/Загрузки/Yuklash ni tanlanganda eng oxirgi versiyani yuklash sahifasi hosil bo`ladi:

Bundan tashqari siz yuklab olishingiz mumkinbo`lgan fayllarning ro`yxatini ham ko`rishingiz mumkin. Bizga (agar sistemamiz 32 bitli bo`lsa) Windows x86 MSI installer yoki (agar sistemamiz 64 bitli bo`lsa) Windows x86-64 MSI installerlardan biri kerak. Mana shu fayllardan boshqa bizga hech narsa kerak emas.

Python o`rnatiladigan faylining yuklanishini kutamiz:



Shundan keyin, yuklangan faylni ochamiz. Fayl Python Software Foundation tomonidan imzolangan bo`lsa, demak, hammasi joyida. O`rni kelganda, tasdiqlanmagan yoki ishonchsiz tasdiqlangan .exe kengaytmali fayllarni ochishdan saqlanish kerakligini eslatib o`taman.

Barcha foydalanuvchilar uchun yoki faqat bir kishi uchun (ixtiyor sizda) o`rnatishni tanlaymiz:

O`rnatish uchun papka manzilini tanlaymiz. Men ko`rsatilgan papkani o`zgarishsiz qoldiraman. Siz esa, o`z diskinbgizdagi xitiyoriy papkani tanlashingiz mumkin.



O`rnatish kerak bo`lgan komponentalarni tanlaymiz. Bu haqda tushunchaga ega bo`lmasangiz yoki ishonchingiz komil bo`lmasa, bu yerda hech qanday o`zgarish kiritmaymiz.

Pythonni o`rnatish yakuniga yetishini kutamiz…


Finish. Tabriklayman. Siz Pythonni o`rnatdingiz! Bundan tashqari Windows uchun mo`ljallangan Python o`rnatuvchisining tarkibida IDLE ham mavjud. Siz hoziroq o`zingizning birinchi dasturingizni yozishngiz mumkin.

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə