1. Python tili imkoniyatlari Pythonni ko`chirish


Python tili sintaksisi. Python tilining sintaksisi ham tilning o`zi kabi juda soddadir. Sintaksis



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə4/78
tarix19.12.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#152124
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78
1. Python tili imkoniyatlari Pythonni ko`chirish

Python tili sintaksisi.


Python tilining sintaksisi ham tilning o`zi kabi juda soddadir.

Sintaksis.


  • Satrning yakuni ko`rsatmaning ham yakuni hisoblanadi (nuqtali vergul talab etilmaydi)

  • Ichki ko`rsatmalar qoldirilgan bo`sh joylarga qarab bloklarga birlashtiriladi.Bosh joylar soni ixtiyoriy bo`lishi mumkin, asosiysi, bitta ichki blok chegarasida bo`sh joylar soni bir xil bo`lishi kerak. Bu yerda kodning oson o`qilishiga ham e`tibor qaratish kerak. Masalan, 1 ta bo`sh joy tashlash – bu yaxshi usul emas. Yaxshisi, 4 ta bo`sh joy tashlang (yoki hech bo`lmaganda tabulyatsiyadan foydalaning).

  • Pythonda ichki ko`rsatmalar bitta shablon asosida yoziladi: Asosiy ko`rsatma ikkita nuqta bilan yakunlanganda, undan keyin odatda, kod bloki bir xil bo`sh joy tashlagan holda yoziladi.


Asosiy ko`rsatma:
Ichki ko`rsatmalar bloki


Ba`zi maxsus holatlar.


  • Ba`zan, bir nechta ko`rsatmalarni bir-biridan nuqtali vergullar bilan ajratgan holda bitta satrda ham yozish mumkin.


a = 1; b = 2; print(a, b)

Lekin bu imkoniyatni hadeb qo`llayvermang. Dasturni oson o`qilishi haqida esdan chiqarmang. Yaxshisi bu imkoniyatni umuman qo`llamang.



Bitta ko`rsatmani bir nechta satrlarda ham yozish mumkin. Buning uchun bu ifodani oddiy yumaloq, kvadratli yoki figurali qavslardan birining ichiga olish kifoya.

Tarkibiy ko`rsatma asosiy ko`rsatma bilan bir satrda ham joylashishi mumkin, faqat tarkibiy ko`rsatma ham o`z navbatida tarkibiy ko`rsatmalardan iborat bo`lmasa. Umid qilamanki, siz tushundingiz . Keling, yaxshisi, bir misol keltiraman:



if x > y: print(x)

Sintaksisni to`liq tushunish, albatta, tajriba ortishi bilan birga keladi, shuning uchun ham “Dasturlarga misollar” bo`lmiga qarashni maslahat beraman.


Bundan tashqari PEP8 – Pythonda kod yozish bo`yicha qo`llanma hamda “Pythonda kodni rasmiylashtirish” PEP 257 lar bilan ham tanishishni maslahat beraman.
5-bob.

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə