1. Python tili imkoniyatlari Pythonni ko`chirish


if instruksiyasining sintaksisi



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə7/78
tarix19.12.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#152124
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   78
1. Python tili imkoniyatlari Pythonni ko`chirish

if instruksiyasining sintaksisi.


Dastlab if ning shartli iborali qismi yoziladi, undan keyin bitta yoki bir nechta majburiy bo`lmagan elif qismlari va nihoyat, oxirida, majburiy bo`lmagan else qismi yoziladi. If shartli ko`rsatmasining umumiy ko`rinishi quyidagicha bo`ladi:

if shart1:
1-blok
elif shart2:
2-blok
else:
3-blok

Oddiy misol (‘true’ ni chiqaradi, chunki 1 - rost)



>>> if 1:
... print('true')
... else:
... print('false')
...
true

Ozgina qiyinroq misol (uning natijasi foydalanuvchi nimani kiritishi ga bog`liq bo`ladi):



a = int(input())
if a < -5:
print('Low')
elif -5 <= a <= 5:
print('Mid')
else:
print('High')

Elif ishtirok etgan konstruksiya boshqa dasturlash tillarida keng qo`llaniladigan swich-case konstruksiyasining o`rnida ham bemalol qo`llanilishi mumkin.


Pythonda rostlikka tekshirish


  • 0 ga teng bo`lmagan har qanday son va bo`sh bo`lmagan ixtiyoriy ob`yekt – rost.

  • 0 ga teng sonlar, bo`sh ob`yektlar va None qiymat – yolg`on.

  • Solishtirish operatsiyalari ma`lumotlar strukturalariga nisbatan rekursiv tarzda qo`laniladi.

  • Solishtirish operatsiyalari True yoki False lardan birini qaytaradi.

  • and va or mantiqiy operatorlari rost yoki yolg`on ob`yekt-operandni qaytaradi.

Mantiriy operatorlar:



X and Y

X va Y, ikkala ifoda ham rost bo`lgandagina rost bo`ladi.



X or Y



not X

X va Y ifodalardan hech bo`lmaganda bittasi rost bo`lganda rost bo`ladi.


X yolg`on bo`lganda rost bo`ladi.

if/else uch bo`ginli iborasi.


Ushbu ko`rsatma:

if X:
A = Y
else:
A = Z

Anchagina oddiy hamda kalta bo`lishiga qaramasdan 4 qatorni egallab turibdi. Aynan mana shunday holatlar uchun if/else ifodasi o`ylab topilgan.



A = Y if X else Z



>>> A = 't' if 'spam' else 'f'
>>> A
't'

Bu ko`rsatmada X ifoda rost bo`lganda Y ifodani, aks holda, Z ifodani bajaradi.


7-bob.

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə