1. Python tili imkoniyatlari Pythonni ko`chirish


for va while sikllari. break va continue operatorlari. Else sehrli so`zi



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə8/78
tarix19.12.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#152124
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   78
1. Python tili imkoniyatlari Pythonni ko`chirish

for va while sikllari. break va continue operatorlari. Else sehrli so`zi.


Ushbu bo`limda biz for va while takrorlash sikllari haqida hamda break hamda continue operatorlari haqida, bundan tashqari sikllar bilan birga qo`llanilganda dasturni tushunishni yanada osonlashtiradigan else so`zi haqida gaplashamiz.

while sikl operatori.


While – pythondagi eng universal takrorlanish operatorlaridan biri bo`lib, shu bilan birga ancha sekin ishlaydi. U shart rost qiymat qabul qilgan holatlar uchun takrorlanishlar tanasini bajaraveradi.

>>> i = 5
>>> while i < 15:
... print(i)
... i = i + 2
...
5
7
9
11
13


for sikl operatori.


For takrorlash operatori ozgina murakkabroq bo`lib, unchalik universal emas va shu bilan birga while operatoridan ko`ra tezkorroq hisoblanadi. Bu operator har qanday iteratsiyalanuvchi ob`yektni (masalan, satr yoki ro`yxat) bir-bir ko`rib chiqib, har bir takrorlanish vaqtida takrorlanishlar tanasini bajaradi.

>>> for i in 'hello world':
... print(i * 2, end='')
...
hheelllloo wwoorrlldd


continue operatori


continue operatori takrorlanishlar tanasining (for yoki while) qolgan qismini bajarmasdan, uni tashlab ketib, keyingi takrorlanishni boshlaydi.

>>> for i in 'hello world':
... if i == 'o':
... continue
... print(i * 2, end='')
...
hheellll wwrrlldd


break operatori


break operatori takrorlanishlarni muddatidan oldin yakunlaydi.

>>> for i in 'hello world':
... if i == 'o':
... break
... print(i * 2, end='')
...
hheellll


else sehrli so`zi


for yoki while operatorlari tarkibida qo`llanilganda else so`zi takrorlanishlardan chiqish odatiy holda bajarilgan yoki break yordamida chiqilganligini tekshirish uchun ishlatiladi. Else ning tarkibidagi ko`rsatmalar bloki faqatgina takrorlanishlar tanasidan chiqish break operatorisiz amalga oshirilgandagina bajariladi.

>>> for i in 'hello world':
... if i == 'a':
... break
... else:
... print('Satr tarkibida a harfi yo`q.')
...
Satr tarkibida a harfi yo`q.

8-bob.


Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə