1. Python tili imkoniyatlari Pythonni ko`chirish


str([object], [kodirovka], [xatoliklar]) –



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə11/78
tarix19.12.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#152124
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   78
1. Python tili imkoniyatlari Pythonni ko`chirish

str([object], [kodirovka], [xatoliklar]) – ob`yektning satrli ko`rinishi. __str__ metodini qo`llaydi.
tuple(object) – kortejga aylantirish.

Boshqa tarkibiy funksiyalari


abs(x) – absolyut qiymatni qaytaradi (sonning moduli).
all(ketma-ketlik) – barcha elementlar rost bo`lsa yoki argument bo`sh bo`lsa True ni qaytaradi.
any(ketma-ketlik) – elementlardan kamida bittasi rost bo`lganda True qiymat qaytaradi. Bo`sh ketma-ketlik uchun False qiymat qaytaradi.
ascii(object) – repr() kabi, ob`yekt tavsifidan iborat satrni qaytaradi, lekin ASCII bo`lmagam simvollarni ekranlangan ketma-ketliklarga almashtiradi.
bin(x) – butun sonni ikkilik satrga almashtirish.
callable(x) – funksiyalar kabi chaqirish mumkin bo`lgan ob`yektlar uchun True qiymat qaytaradi.
chr(x) – kodi x ga teng bo`lgan simvolni qaytaradi.
classmethod(x) – ko`rsatilgan funksiyani klassning metodi sifatida tavsiflash.
compile(source, filename, mode, flags=0, dont_inherit=False) – keyinchalik eval yoki exec funksiyasi tomonidan bajarilishi mumkin bo`lgan dastur kodiga kompilyatsiyalash. Satr tarkibida karetkani qaytarish simvollari yoki nol baytlar bo`lishi mumkin emas.
delattr(object, name) – ‘name’ nomli atributni o`chirish.
dir([object]) – ob`yekt nomlari ro`yxati, ob`yekt ko`rsatilmagan holat uchun esa, joriy ko`rinish sohasidagi nomlar ro`yxati.
divmod(a,b) – a ni b ga bo`lish natijasidagi butun qism va qoldiqni qaytaradi.
enumerate(iterable, start=0) – har bir o`tishda kortej nomeri hamda unga mos ketma-ketlik a`zosidan iborat iteratorni qaytaradi.
eval(expression, globals=None, locals=None) – dastur kodi satrini bajaradi.
exec(object[, globals[, locals]]) – Pythondagi dastur kodini bajaradi.
filter(function, iterable) – function rost qiymatni qaytaradigan elementlardan iborat iteratorni qaytaradi.

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə