1. Python tili imkoniyatlari Pythonni ko`chirish



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə51/78
tarix19.12.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#152124
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   78
1. Python tili imkoniyatlari Pythonni ko`chirish

O`zgarmas (konstanta)lar


O`zgarmaslar odatda, modul darajasida e`lon qilinadi va faqatgina bosh harflar bilan yoziladi, so`zlar esa tagchiziq bilan ajratiladi. Masalan: MAX_OVERFLOW, TOTAL kabi.

Meroslashni loyihalashtirish


Albatta klass yoki klass ekzemplyarining (bundan keyin atribut) metodi qanday bo`lishini – ommaviy yoki noommaviy – hal qilib oling. Agar siz shubhalanayotgan bo`lsangiz, noommaviy atributni tanlang. Keyinchalik uni ommaviy qilish teskarisini qilishdan ko`ra osonroq bo`ladi.
Ommaviy atributlar – bu boshqa dasturchilar ham foydalanishlari mumkinbo`lgan atributlardir va siz teskari nomutanosiblikning bo`lmasligiga ishonch hosil qilishingiz kerak. Noommaviy atributlar esa, o`z navbatida, 3-shaxslar tomonidan qo`lanilishga mo`ljallanmagan bo`lib, shuning uchun siz ularni o`zgartirmasligingiz yoki o`cirmasligingizga kafolat bera olmaysiz.
Biz “yashirin atribut” terminini qo`llamaymiz, chunki, pythonda bunaqasi bo`lmaydi.
Klasslar atributlarining yana bir tipi API klass ostilariga tegishli bo`lib, ko`pincha ularni boshqa tillarda protected deb ham nomlashadi.
Ba`zi klasslar shunday loyihalashtiriladiki, ulardan bazaviy klass imkoniyatlarini kengaytiradigan yoki yangilaydigan boshqa klasslar meroslashi mumkin bo`ladi. Siz mana shunday klassni loyihalashtirayotganingizda o`zingiz uchun qaysi atributlar ommaviy, qaysilari API klass ostiga tegishli va qaysilari faqatgina bazaviy klass tomonidan qo`llanilishini belgilab oling va aniq tarzda ko`rsating.
Endi tavsiyalarni shakllantirib olamiz:

  • Ochiq atributlar nomining boshlanishida tagchiziqqa ega bo`lmasliklari kerak.

  • Agar ochiq atribut nomi tilning kalit so`zi bilan bir xillikka ega bo`lsa, nomning oxirida bitta tagchiziq qo`shing. Bu nomni o`zgartirish yoki abbreviaturalardan foydalanishdan ko`ra ma`qulroq(lekin bu qoidaning istisno holatlari ham mavjud – klassni anglatadigan argument, ayniqsa, klass metodining birinchi argumenti (class method) cls nomiga ega bo`lishi kerak).

  • Oddiy ommaviy atributlarni tushunarli nomlar bilan nomlang va murojat qilish va o`zgartirishning murakkab metodlarini yozmang. (accessor/mutator, get/set). Shuni esda saqlangki, pythonda ularni, kerak bo`lsa, keyinchalik qo`shish juda oson. Bunday holda atributga murojaat sintaksisining ortida funksional amallarni yashirish uchun xususiyatlar (properties)ni qo`llang.


Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə