1. Qaysi qatorda ng tovushi ishtirok etgan so'zlar berilgan?



Yüklə 1,74 Mb.
səhifə12/19
tarix23.12.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#157323
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
ONA TILIDAN TEST SAVOLLARI

C) ... chars-churs uchqun sochdi-da, axiyri gurillab ketdi.
D) Choy qaynatib ichishni-da unutdi.
853. Qaysi gapda teng bog'lovchi qo'llangan?
A) Haqiqat tikanli gulga o'xshaydi, shuning uchun ham u hidlashni bilmaganlarning burniga sanchiladi.
B) El netib topgay menikim, Gar o'zimni topmasam.
C) Menga Pushkin bir jahon-u, Menga Bayron bir jahon, Lek Navoiydek bobom bor, Ko'ksi qalqon o'zbegim.
D) Barcha gaplarda teng bog'lovchi mavjud.
854. Qaysi gapda ham yuklamasi bog'lovchi vazifasida qo'llangan?
A) Sekin unga yaqin bordimibu manzara bizning ko'ngilga yaqin-da, qadrdon!
B) Men ham eshitgan va ko'rganimni aytaman-da, jo'ra.
C) O'zi balo tog'ining boshida o'tirarmish kun-u tun, yoz ham qish.
D) Barcha javoblarda yuklama sifatida qo'llangan.
855. Yana ular futbol haqida nazariy bilimlarga ega bo'lishimizni talab qiladilar.
Ushbu gapdagi ko'makchining ma'no turini
belgilang.
A) maqsad ma'nosi B) yo'nalish ma'nosi C) chegara ma'nosi D) fikr mavzusi ma'nosi
856. O'xshatish, qiyoslash ma'nosini ifodalovchi ko'makchini toping.
A) yanglig' B) qarab C) qadar D) to'g'risida
857. Faqat vazifadosh ko'makchilar ishtirok etgan qatorni toping.
A) tomon, haqida, ko'ra B) so'ng, singari, bo'ylab C) tufayli, avval, to'g'risida D) qarab, keyin, ust
858. Faqat sof ko'makchilar berilgan qatorni toping.
A) sayin, uzra, qadar B) kabi, bo'ylab, muvofiq C) uchun, doir, so'ng D) sari, yarasha, tomon
859. Ko'makchilar qaysi kelishik shakllaridagi ismlar bilan qo'llanishi mumkin?
l)bosh kelishik; 2)qaratqich kelishigi; 3)jo'nalish
kelishigi; 4)tushum kelishigi; 5)o'rin-payt
kelishigi; 6)chiqish kelishigi
A) 1, 2, 3, 4, 5, 6 B) 2, 3, 4, 5, 6
C) 1,2,3,6 D) 3, 4, 5
860. Qaysi ergashtiruvchi bog'lovchilar yordamida bog'langan ergashgan qo'shma gaplarda ergash gaplar bosh gapdan oldin keladi?
1) sabab ergashtiruvchi bog'lovchilari bilan bog'langanda;
2) maqsad ergashtiruvchi bog'lovchilari bilan bog'langanda;
3) shart ergashtiruvchi bog'lovchilari bilan bog'langanda;
4) qiyoslash-chog'ishtiruv ergashtiruvchi bog'lovchilari bilan bog'langanda.
A) 1, 2, 3, 4 B) 1,2 C) 3, 4 D) 3
861. Qaysi ergashtiruvchi bog'lovchilar yordamida bog'langan ergashgan qo'shma gaplarda ergash gaplar bosh gapdan oldin keladi?
A) chunki, negaki B) toki C) go'yoki, xuddi D) basharti, mabodo
862. Qaysi ergashtiruvchi bog'lovchilar yordamida bog'langan ergashgan qo'shma gaplarda ergash gaplar bosh gapdan so'ng keladi?
1) sabab ergashtiruvchi bog'lovchilari bilan bog'langanda;
2) maqsad ergashtiruvchi bog'lovchilari bilan bog'langanda;
3) shart ergashtiruvchi bog'lovchilari bilan bog'langanda;
4) qiyoslash-chog'ishtiruv ergashtiruvchi bog'lovchilari bilan bog'langanda.
A) 1,2,3,4 B) 1,2,4 C) 2,3 D) 3,4
863. Qaysi ergashtiruvchi bog'lovchilar yordamida bog'langan ergashgan qo'shma gaplarda ergash gaplar bosh gapdan so'ng keladi?
A) toki B) agarda C) basharti D) mabodo
864. Qismlari bog'lovchi vazifasidagi bo'lsa so'zi yordamida bog'langan qo'shma gapni aniqlang.
A) Ihn bir daraxt bo'lsa, odob uning mevasidir.
B) Kitob bir bog1 bo'lsa, yozuvlar uning gullaridir.
C) Aql eskirmas kiyim, bilim bo'lsa tuganmas buloqdir.
D) barcha javoblar to'g'ri
865. 1. Aql qancha oz bo'lsa, shuhratparastlik shuncha kuchayadi.
2. Kimda aql oz bo'lsa, undagi shuhratparastlik shunchalik kuchayadi.
3. Kimda aql oz bo'lsa, unda shuhratparastlik shuncha kuchayadi.
Berilgan ergashgan qo'shma gaplar qaysi turga mansub?

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə