1. Qo’riqxonalar haqida O’zbekistondagi ba’zi bir qo’riqxonalar



Yüklə 6,88 Kb.
tarix23.12.2023
ölçüsü6,88 Kb.
#156030
ekologiya 4


Toshkent farmasevtika insituti Sanoat farmatsiyasi fakulteti 103-A guruh talabasi Toxirova Munisaning "Ekologiya va gigiyena"modulining Ekologiya bo'limidan bajargan mustaqil ishi
Mavzu:Qo'riqxonalar: mohiyati va maqsadi.
REJA:
1.Qo’riqxonalar haqida
2.O’zbekistondagi ba’zi bir qo’riqxonalar
3.Qo’riqxonalarning ahamiyati
Qo‘riqxonalar – quruqlik yuzasidagi hudud yoki suv havzasi, uning chegarasida barcha tabiat majmuyi – o‘simliklar, hayvonlar, tuproq va sh.k. – to‘liq va umrbod xo‘jalik yurituvidan chiqarib olinadi va davlat muhofazasi ostida bo‘ladi. Qo‘riqxonalarda faqat ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi.
Ayrim qo‘riqxonalar biosferaga oid deb e’lon qilingan. Ularda har bir
tabiiy hududlar uchun o‘ziga xos bo‘lgan biogeotsenozlar saqlanadi.
Endi ba’zi bir qo’riqxonalar bilan tanishamiz :
Hisor davlat qo‘riqxonasi. Qo‘riqxona hududida 250 dan ortiq turdagi umurtqali, 900 ga yaqin umurtqasiz hayvonlarni uchratish mumkin. Bu yerda O‘zbekiston Respublikasi «Qizil kitob»iga kiritilgan sutemizuvchi 180 hayvonlardan Tyanshan qo‘ng‘ir ayig‘i, O‘rta Osiyo qunduzi, qor qoploni,Turkiston
silovsini, kichik taqaburun va katta taqaburun ko‘rshapalakla-ri,qushlardan – boltayutar, burgut, qora laylak va lochin uchraydi. Qo‘riqxonaning o‘simliklar dunyosi ham juda boy va xilma-xildir. Ulardan oq lola, sarg‘ish lola, Chimyon lolasi, Bobrov astragali, norshirach, oq parpi, Oshanin piyozi, sunbul, kavrak, O‘zbekiston chinniguli O‘zbekiston «Qizil kitob»iga kiritilgan
Zomin davlat qo‘riqxonasi. Zomin qo‘riqxonasida 700 ga yaqin turdagi o‘simliklar o‘sadi. Dorivor o‘simliklarning parpi, oqsovrinjon, qumloq bo‘znochi, valeriana, yalpiz kabi turlari uchraydi. Qo‘riqxonaning hayvonot dunyosi xilma-xil bo‘lib, Turkiston agamasi, qumloq va tuproq yerlarda chipor ilon, sariq ilon, cho‘l kaltakesagi, dehqon chumchuqlar, qorayaloq, archa boltatumshug‘i, Turkiston ukkisi, kaklik va Turkiston maynasi, vahima qush, jiblajibon, yirtqich qushlardan – tasqara va boltayutarlar uchraydi
Qizilqum davlat qo‘riqxonasi. Qo‘riqxona hududida 160 dan ortiq o‘simlik turlari o‘sadi. Bu yerda Sog‘d lolasi va Korolkov shirachi, turang‘il, qora tol, qora saksovul, oq saksovul, yulg‘un va qandimlarni uchratish mumkin.Qo‘riqxona hayvonot olamiga juda boy. Bu yerda Xalqaro va O‘zbekiston Respublikasi «Qizil kitob»iga kiritilgan sutemizuvchilardan Buxoro bug‘usi va jayron, qushlardan – churrak, yo‘rg‘a tuvaloq, suv burguti, baliqlardan –Amudaryo kichik kurakburuni, Amudaryo katta kurakburuni uchraydi.
Surxon davlat qo‘riqxonasi. Qo‘riqxonada 500 dan ortiq o‘simlik turlari o‘sadi. Hayvonot olami xilma-xil: Buxoro qo‘yi, jayron, Turkiston silovsini, echkemar, kapcha ilon, Turkiston oq laylagi, qora laylak, burgut, boltayutar, tasqara, ilonburgut va mallabosh lochinlar Xalqaro va O‘zbekiston
Respublikasi «Qizil kitob»iga kiritilgan
Zarafshon dasht-to‘qay qo‘riqxonasi. Mazkur qo‘riqxona Zarafshon daryosi bo‘ylab joylashgan. Qo‘riqxonada yuz-dan ziyod hayvon turlari ro‘yxatga olingan va muhofaza etiladi. Qo‘riqxonada oddiy to‘qay tovushqoni, bo‘rsiq, karaganka, chiyabo‘ri, to‘qay mushugi, jayra ko‘paytiriladi
Kitob davlat qo‘riqxonasi. Zarafshon tog‘ tizmasining janubi g‘arbiy qismida joylashgan. Qo‘riqxonada noyob
paleontologik topilmalar muhofaza qilinadi. O‘zbekiston «Qizil kitob»iga 182 kiritilgan burgut, boltayutar va boshqa hayvonlar qo‘riqxona faunasini tashkil etadi
Chotqol tog‘-o‘rmon biosfera qo‘riqxonasi. Chotqol qo‘riqxonasida Markaziy Osiyo tog‘ ekotizimlarining faqatgina shu hududda uchraydigan endemik va kamyob o‘simlik hamda hayvon turlari muhofaza qilinadi.Ushbu qo‘riqxonada tog‘ qo‘yi, yovvoyi cho‘chqa (qobon), Turkiston silovsini, ko‘k sug‘ur, jayra, gornostay, relikt yumronqoziq, qor barsi (irbis) kabi hayvonlar muhofaza qilinadi
Qo’riqxonalarning yaratilishining ko'plab sabablari bor. Asosiy sabablar qatoriga quyidagilar kiradi:
  • flora va fauna turlarining populyatsiyasini saqlash uchun qo'riqxonalar yaratiladi;
  • yashash muhiti saqlanib qoladi, u hali inson tomonidan juda o'zgargani yo'q;
  • bunday joylardagi suv omborlari toza bo'lib qoladi;
  • mablag'lar qo'riqxonalarni muhofaza qilishga yo'naltirilgan ekologik turizmni rivojlantirish;
  • bunday joylarda ma'naviy qadriyatlar va tabiatni hurmat qilish qayta tiklanadi;
  • muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni yaratish odamlarning ekologik madaniyatini shakllantirishga yordam beradi.

!


Shunday qilib, qo'riqxonalar har bir mamlakatda zarur. Bu tabiatning hech bo'lmaganda bir qismini saqlab qolish uchun bir xil harakatdir. Qo'riqxonaga tashrif buyurib, yovvoyi tabiatdagi hayvonlarning hayotini kuzatishingiz mumkin, unda ular tinchgina yashab, ularning sonini ko'paytirishi mumkin. Sayyoramizda qancha qo'riqxonalar yaratilsa, tabiatni tiklash va hech bo'lmaganda odamlarning erga etkazgan zararini qoplash uchun shuncha ko'p imkoniyatlarga ega bo'lamiz.
E’tiboringiz uchun Rahmat!
Yüklə 6,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə