1. Quyidagilar



Yüklə 76 Kb.
səhifə2/2
tarix26.10.2023
ölçüsü76 Kb.
#131127
1   2
qishloq xojaligi iqtisodiyoti

Qishloq xoʻjaligi - aholi uchun oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib beruvchi asosiy manbadir. Ayni vaqtda u keng istemol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi sanoatning bir qancha tarmoqlari uchun xom-ashyo yetkazib beradi. Masalan, qishloq xoʻjaligi xom-ashyosining ulushi (qiymat jixatidan) ip-gazlama sanoatida barcha moddiy xarajatlarning 60 foizini, qandolat sanoatida salkam 70 foizni, yogʻ va sut sanoatida qariyb 80 foizni tashkil qiladi. Bularning hammasi shuni koʻrsatadiki, qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishni koʻngildagiday surʼatlar bilan rivojlanmasa, xalq turmush darajasini oshirishning hech qanday eng yaxshi programmasini ham roʻyobga chiqarib boʻlmaydi. Qishloq xoʻjaligining ahamiyati yana shu bilan belgilanadiki, xalq xoʻjaligida band boʻlgan xodimlarning 27 foizi shu sohada mehnat qiladi. Qishloq xoʻjaligida mamlakat milliy daromadining taxminan uchdan bir qismi yaratiladi. Shu sababli mamlakat butun iqtisodiyotining oʻsish surʼatlari, mehnatkashlar farovonligini oshirish koʻp jihatdan qishloq xoʻjaligining rivojlanish darajasiga bogʻliqdir. Shu bilan birga sotsial-siyosiy jihatni ham xisobga olish muhimdir. Qishloq xoʻjaligini yuksaltirish ishchilar sinfi bilan dehqonlar ittifoqini mustahkamlashning eng muhim shartidir. V.I.Lenin qishloq xoʻjaligining ahamiyatini belgilar ekan, mustahkam qishloq xoʻjalik bazasi boʻlmasa, hech qanday xoʻjalik qurilishi boʻlishi mumkin emas deb taʼkidlagan

Qishloq xoʻjaligiga taʼrif[tahrir | manbasini tahrirlash]


Qishloq xoʻjaligi moddiy ishlab chiqarishning asosiy tarmoqlaridan biri. Dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari olish uchun ekinlar ekish va chorva mollarini koʻpaytirish bilan shugʻullanadi, aholini oziq-ovqat mahsulotlari va xalq xoʻjaligining bir qancha tarmoqlarini xom ashyo bilan taʼminlaydi. Qishloq xoʻjaligi oʻsimlik va hayvon mahsulotlarini dastlabki qayta ishlashning turli tarmoqlarini ham oʻz ichiga oladi. Ishlab chiqarishning boshqa sohalaridan farq qilgan holda qishloq xoʻjaligi juda katta maydonlarda va hududiy xilma xil sharoitlarda olib boriladi. Unda yer (asosiy ishlab chiqarish vositasi), yorugʻlik, issiqlik, suv va tirik organizmlar — oʻsimlik va hayvonlardan foydalaniladi. Qishloq xoʻjaligining i.ch. davri ish davri bilan mos tushmaydi. Qx.ning asosiy tarmoqlari — dehqonchilik va chorvachilik. Ular ham oʻz navbatida bir qadar kichikroq tarmoqlarga boʻlinadi (dehqonchilikda — dalachilik, sabzavotchilik, polizchilik, bogʻdorchilik, oʻrmon xoʻjaligi va b.; chorvachilikda — qoramolchilik, qoʻychilik, yilqichilik, choʻchqachilik, parrandachilik, asalarichilik, pillachilik va b.); Oʻz navbatida, dehqonchilik va chorvachilik tarmoklari ekiladigan ekinlar (gʻallachilik, sholikorlik, paxtachilik) va chorva mollari turlari (qoramol, qoʻy, ot, tuya) boʻyicha guruhlanadi.
Q.x. — inson xoʻjalik faoliyatining dastlabki turlaridan biri. Uning kelib chiqishi tosh davri oxiriga borib taqaladi. Bu davrda inson xoʻjalik va b. ehtiyojlarini qondirish uchun yerni oddiy qurollar bilan ishlagan, baʼzi xayvonlarni xonakilashtira boshlagan. Asrlar davomida turli sharoitlar taʼsirila dehqonchilik tizimi oʻzgargan va takomillashgan; hayvonlarning foydali xususiyatlari parvarishlangan, koʻplab zotlari yetishtirilgan.
Jahon Q.x.da dunyodagi iqtisodiy faol aholining 45,2% (1316,7 mln. kishi) band. Q.x.da foydalaniladigan yerlar 13387,0 mln. ga, jumladan, haydaladigan yerlar 1380,8 mln. ga, jami sugʻoriladigan yerlar 271,4 mln.ga (1998). 1999 y.da jahon Q.x.da 583,6 mln.t bugʻdoy, 596,4 mln. t sholi, 600,4 mln. t makkajoʻxori, 130,0 mln. t arpa, 294,3 mln. t kartoshka, 444,6 mln. t mevalar, shu jumladan 60,6 mln. t uzum yetishtirildi. Chorvachilikda 225,9 mln. t goʻsht, 562,4 mln. t sut tayyorlandi. 1338,2 mln. bosh qoramol, 912,7 mln. choʻchqa, 1068,6 mln. qoʻy va 709,9 mln. bosh echki, 14139,0 mln. tovuq boqildi.
3 Qishloq xo„jaligi iqtisodiyotining asoslaridan biri bu tabiiy resurslardir. Tabiiy
resurslarning eng kerakli unsurlariga esa yer kiradi. Yer qishloq xo„jaligida ishlab chiqarishning
asosiy omili, mehnat yo„naltirilgan ob„yekt sifatidagi mehnat predmeti, shuningdek, turli xil
mahsulotlarning joylashuv makoni, insonlar uchun turar joy hamda hayvonot va o„simliklar
dunyosining yashashiga mo„ljallangan mehnat qurolidir. Har bir halq va millat yerni asosiy
boyligi sifatida e‟tirof etadi, bir nyechta shart va omillarni birlashtirgan holda qishloq
xo„jaligidagi afzalliklarni yer orqali tavsiflaydi.
Yer resurslari - bu quruqlik yuzasining jami yig„indisi bo„lib, uning tarkibiga boshqa
tabiiy ob„yektlar ham kiritiladi. Bular: o„rmonlar, o„simlik va boshqa tirik organizmlar, suv



2

ob„yektlari. Yer resurslarining suv ob„yektlari o„z ichiga ko„llar, ko„lmak va hovuzlar, ariqlarni


qamrab oladi. Okyean, dengizlar va daryolar esa suv resurslari tarkibiga kiradi.


Har bir davlatning yer-suv resurslari tabiat va jamiyatda yashash manbaidir, shuningdek,
yer va suv bir-birining mavjudligini taqozo qiladi.
Yerning j amiyatdagi ahamiyati beqiyosdir. Unda fuqarolar yashashi uchun binolar
quriladi, turli mahsulotlar etishtiriladi. Demak, yerning qishloq xo‟jaligi ishlab chiqarishidagi
ahamiyati ulkan. Chunki u shu tarmoqning yeng asosiy ishlab chiqarish vositasi hisoblanadi.
Yerga urug‟, ko‟chat yekib, ishlov berish natijasida turli xildagi mahsulotlar etishtiriladi.
Demak, tarmoqda etishtiriladigan barcha turdagi mahsulotlar yerdan, suvdan foydalangan holda
olinar ekan. Ingliz iqtisodchisi Uilyam Pettining aytishicha, «yer - boylikning onasi...».
Respublika dehqonchiligi sug‟orishga asoslangan. Shuning uchun suv ham yer kabi yeng
zarur vosita hisoblanadi. Qishloq xo‟jaligidan olinayotgan mahsulotlar, masalan, paxta, sholi,
tamaki, sabzavot, poliz, makkajo‟xori, bug‟doy, arpa, yem-xashaklarning aksariyat qismi
sug‟oriladigan yerlarda etishtiriladi. Qishloq xo‟jaligida etishtirilayotgan yalpi mahsulotning 95
foizga yaqini sug‟oriladigan yerlardan olinadi. Sanoatning qishloq xo‟jalik xomashyolariga,
aholining esa oziq- ovqat mahsulotlariga bo‟lgan talabi qondirilishida yer va suvning ahamiyati
juda katta. Yerlardan, suvlardan qanchalik oqilona, samarali foydalanilsa, ishlab chiqariladigan
mahsulotlar hajmi shunchalik ko‟payadi, natijada yuqorida ta‟kidlangan talablarning qondirilish
darajasi ortadi. Lekin yerdan asosiy vosita sifatida foydalanishda uning quyidagi xususiyatlarini
e‟tiborga olish maqsadga muvofiqdir:
yer maydonining cheklanganligi va takror ishlab chiqarilmasligi. Ona zamin tabiatan
cheklangan, uning maydonini inson kengaytira olmaydi. Chunki u tabiat mahsuli hisoblanadi.
Boshqa asosiy vositalarni, masalan, traktorlarni, mashinalarni talabni qondirish maqsadida
xohlagancha ishlab chiqarish mumkin;
yerning tabiat mahsuli ekanligi. Yer tabiat mahsulidir. Shuning uchun uning kelajakdagi
taqdiri tabiatga bog‟liq. Boshqa asosiy vositalar, ya‟ni binolar, inshootlar, kombaynlar, traktorlar 
inson mehnatining mahsulidir. Zaruriyat tug‟ilganda ular inson tomonidan ishlab chiqarilishi
mumkin. Yerni esa inson ishlab chiqara olmaydi;
yer - qishloq xo‟jaligining abadiy ishlab chiqarish vositasidir. Respublika hududida
mavjud bo‟lgan yerlardan qishloq xo‟jalik mahsulotlari etishtirishda bizdan oldingi avlodlar
foydalangan, hozirgi davrda biz foydalanmoqdamiz, kelajakda esa avlodlarimiz foydalanadi;
yerni qishloq xo‟jaligi mahsulotlari etishtirish maqsadida bir joydan ikkinchi joyga
ko‟chirib yurish imkoniyati cheklangan. Undan joylashgan makonida, ya‟ni stasionar holatda
oqilona foydalanish mumkin. Lekin mashina va traktorlarni talab etilgan joyga olib borib, turli
xildagi ishlarni amalga oshirish, bino-inshootlarni ham talab etilgan joyga qurish mumkin;
g) yerning yuqori qatlami hisoblangan tuproq unumdorligining mavjudligi, unga ilmiy
asoslangan holda ishlov berish natijasida uning oshib borishi. Darhaqiqat, tuproqqa vaqtida
ishlov berilsa, o‟g‟itlansa, uning unumdorligi oshib borishi mumkin. Lekin boshqa asosiy
vositalar ishlab chiqarish jarayonida qatnashishi oqibatida jismoniy jihatdan ishdan chiqadi. Ular
vaqt o‟tishi bilan fan-texnika taraqqiyoti natijasida ma‟naviy jihatdan ham yeskiradi.
Lekin yerga e‟tibor berilsa, undan fan-texnika yutuqlarini joriy etgan holda oqilona,
samarali foydlanilsa, unumdorligi oshib borishi mumkin. Ammo bu, uning unumdorligi
cheklanmagan, degani emas. Shunday ekan, yerning unumdorligidan tadbirkorlik bilan
foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Qishloq xo‟j aligida yerning yuqori qatlami hisoblangan tuproq unumdorligi katta ahamiyat kasb
yetadi. Hayotda tuproq unumdorligining quyidagi turlari mavjud: tabiiy, sun‟iy va iqtisodiy
unumdorlik. Tuproqning tabiiy unumdorligi-tabiat mahsulidir. U tabiatning ta‟siri natijasida
uzoq yillar mobaynida shakllanadi. Uning holati quyosh nuri hamda yog‟ingarchilik miqdoriga,
shamol va suvlarning ta‟siriga bog‟liqdir. Ularning ijobiy ta‟sirida tuproq tabiiy unumdorligi
yaxshi bo‟ladi. Sun‟iy va iqtisodiy unumdorlik esa inson mehnati natijasida shakllantirilib,
oshirilishi mumkin. Jumladan, mehnat, mablag‟ sarflab, yerlarning irrigasion, meliorativ holatini
yaxshilab, urug‟ yekib, ularni o‟g‟itlash, yaxshi sifatli ishlov berish orqali tuproqning iqtisodiy
unumdorligi yuksaltirilishi mumkin. Qishloq xo‟jaligida foydalaniladigan suvlarning sifati ham
barcha viloyatlarda bir xilda bo‟lmay, bir-birlaridan farq qiladi.

3

Masalan, Andijon, Namangan va Farg‟ona viloyatlarining aksariyat hududlarida ekinlarni


sug‟orishda foydalaniladigan suvlarning sifati yaxshi, ya‟ni ularning tarkibida hosildorlikka


salbiy ta‟sir etuvchi turli xildagi minerallar kam, lekin Qoraqalpog‟iston Respublikasi, Xorazm
viloyati hududlarida foydalanilayotgan suvlarning tarkibida xlor va boshqa moddalar ko‟p.
Shuning uchun ham ularning sifati nihoyatda yomon. Bunday hol qishloq xo‟jalik mahsulotlari
etishtirish hajmiga, sifatiga salbiy ta‟sir ko‟rsatadi. Kelajakda yerlarning unumdorligini oshirish,
suvlarning sifatini yaxshilashga qaratilgan barcha tadbirlar majmuasini samarali amalga oshirish
orqali zarur qishloq xo‟jalik mahsulotlari hajmini, miqdorini ko‟paytirishga va sifatini
yaxshilashga erishish mumkin.
Yer resurslari ham boshqa resurslardek o„z xususiyatlariga ega.
Birinchidan, yer - tabiat mahsuli, in„omi hisoblanib, u inson mehnati bilan yaratilmaydi.
Inson faqatgina yerga mehnatini yo„naltirib, yo yerning ahvolini yaxshilaydi, yoki umuman
yomon ahvolga solishi mumkin. Lyekin inson o„z xohishi bilan yer resurslarini hosil qilolmaydi.
Ikkichnidan, yer chyegaralangan tabiiy resursdir. Inson xohlagancha yerni ko„paytira yoki
kamaytira olmaydi. Shu sababli, bosh maqsad yerdan samarali va to„g„ri foydalanishdir. Bir
mamlakat miqyosida yer miqdori uning chyegaralari bilan aniqlansa, umuman hududlar sifatida
esa yer miqdori quruqlik yuzasi bilan belgilanadi.
Yüklə 76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə