Ishlab chiqarishda jabrlanganlarga birinchi yordam ko'rsatish



Yüklə 20,31 Kb.
səhifə1/3
tarix30.12.2023
ölçüsü20,31 Kb.
#167726
  1   2   3
TF-12 guruh talabasi Egamnazarov Abdulhoshim


ISHLAB CHIQARISHDA JABRLANGANLARGA BIRINCHI YORDAM KO'RSATISH





REJA:

1)Voqea sodir bo'lgan joyda o'z xavfsizligiga rioya qilish.


2)Jabrlanuvchining balandligi va undan keyingi qo'llab-quvvatlash bazasida joylashgan joyi.

1.Birinchi usulda vertolyot yordamida tog‘li, sahro, o‘rmon,botqoqlik, suv sathidan baland joylarda zararlanganlar qidiriladi. Qishda vertolyotlar 400—600 metr, yozda 150—200 metr balandlikda uchadi.


2.Sanitariya transporti: bronetransportyor (BTR), piyodalarmaxsus mashinasi (BMP). Ular orasidagi masofa 300—350 metrni tashkil qiladi, mashina ichida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatiladi.
Shikastlanganlar haydovchi-sanitar, sanitar, sanitar-instruktor tomonidan kuzatish yo‘li bilan qidiriladi. Har bir sanitarga 200—250 metr masofani kuzatish topshiriladi. Tibbiyot xodimlari sog‘ askar va yarador askar yiqilishi xususiyatlarini, o‘ziga xos belgilarini bilishi lozim. Sog‘ askar yuzi bilan oldinga yiqiladi, qurolni tashlamaydi, o‘zini chekkaga oladi. Yarador askar sekin yiqiladi, qo‘lidan quroli tushadi, yiqilgan joyida qoladi.
3.Shikastlanganlarni qidiruv guruhi bilan qidirish. Bu guruh 4–6 kishidan iborat bo‘lib, ikkiga bo‘linadi. Har bir guruh 2–3 kishidan iborat, ularga sanitar yoki sanitar-instruktor boshchilik qiladi.
4.Sanitar patrullar yordamida qidirish qo‘shinlar hujum qilayotganda, daryodan o‘tish zarur bo‘lganda amalga oshiriladi, sanitar patrullar jangchilarni kuzatib boradi. Yaradorlar suvdan qayiq, sanitar-transportyor va suzish vositalari yordamida olib chiqiladi.
5.Yaradorlarni kechasi qidirish. Bu usul kech ko‘ruv asboblari yordamida amalga oshiriladi. Qidiruvchilarga fonarlar beriladi. Transportyorga projektor o‘rnatiladi. Shikastlanganlar kunduzi yana bir marta axtarib chiqiladi.
6.Yaradorlarni maxsus tayyorlangan itlar yordamida qidirish.Bu usul kechasi tog‘, o‘rmon, botqoqlikda, qishloq ichida jang olib borilayotganda qo‘llanadi.
7.Sanitar patrullar yordamida qidirish. Bu usul o‘rmon, botqoqlikda, tuman, bo‘ron sharoitida qor yog‘ib turganda qo‘llanadi. Bunday usulda qidiruvchilar orasidagi masofa yaqin bo‘lib, ular bir-birini ko‘rib turishi kerak. Bunda okop, transheya, snaryad portlashidan keyin hosil bo‘lgan chuqurliklar ko‘zdan kechirilib yaradorlar olib chiqiladi. Agar yarador topilsa, transport batalyoni tibbiy punkt yo‘liga yaqin joyga yashirin belgilab qo‘yilib, so‘ngra qidirish davom ettiriladi. Yaradorlarni qidirish aniq bo‘lishi uchun maydon ikki marta ko‘rib chiqiladi. Avval orqadan oldinga, so‘ngra oldindan orqaga. Bu usulda ko‘p kishining ishtirok etishi talab qilinadi, asosan, urush harakatlari to‘xtagandan so‘ng qo‘llanadi.
Sanitar-zambildan, asosan, og‘ir yaradorlarni tashish maqsadida foydalaniladi. Shikastlanganlarni yotqizgan holatda samolyot, vertolyot, avtomobil va sanitariya poyezdiga yetkaziladi.



Zambil uzunligi 321 sm, og‘irligi 9,5–10 kg, eni 55 sm, balandligi 16 sm bo‘ladi. Bu zambillar standart, har qanday transportga joylashtirishga qulay, yig‘ma yoki yoziq holda bo‘ladi. Yaradorlarni zambilga o‘tkazish uch yo‘l bilan amalga oshiriladi:


1.Yaradorlarni qo‘lda ko‘tarib joylashtirish.
2.Kiyimidan ko‘tarib joylashtirish (oyoq-qo‘li singan bo‘lsa).
3.Sanitarlar yotgan holda yaradorlarni ustiga ortib joylashtirish.
Yaradorlarga yaqinlashish usullari:
1.Qisqa joyni yugurib o‘tish (4–5 sekunddan oshmasligikerak).
2.Yonboshlab siljish.
3.Emaklash.
4.Yerda qorin bilan sudralib siljish.
5.Sanitariya transportlari yordamida.
Yaradorlarni jang maydonidan olib chiqish:
Yaradorlarni sanitar orqasiga ortib yotgan holda yonboshlab, emaklab, shinel, yoping‘ich plash-palatka, yelkasida, qo‘lida, tashuvchi ilmoq yordamida olib chiqadi. Shikastlanganlar qo‘lda, opichlab, ko‘tarib, birin-ketin ko‘tarib, har ikki qo‘lni qulf qilib ko‘tarib, tasmalar yordamida, bir zambil bilan, ikki zambil bilan ko‘tarib olib chiqiladi.




Yüklə 20,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə