Ishlab chiqarishda jabrlanganlarga birinchi yordam ko'rsatish


Bu yerda askarlar harbiy mashg’ulotlar paytida yaradorlarni jang maydonida olib chiqmoqda



Yüklə 20,31 Kb.
səhifə2/3
tarix30.12.2023
ölçüsü20,31 Kb.
#167726
1   2   3
TF-12 guruh talabasi Egamnazarov Abdulhoshim

Bu yerda askarlar harbiy mashg’ulotlar paytida yaradorlarni jang maydonida olib chiqmoqda.

Tibbiy saralash shikastlanganlar va yaradorlarni davolash, profilaktik va evakuatsion tadbirlar uyushtirilishiga qarab guruhlarga ajratiladi. N.I. Pirogov bundan 100 yil oldin aytganidek, yaxshi saralanib taqsimlangan yaradorlar o‘z vaqtida kerakli yordamni olishi mumkin va ularga to‘g‘ri tibbiy yordam ko‘rsatiladi.


Tibbiy saralash punkt ichida bo‘limlararo va evakuatsion transportda amalga oshiriladi.
Saralash natijasida yaradorlar uch guruhga bo‘linadi:
1.Atrofdagi sog‘lom va bemor kishilarga xavfli bo‘lganlar: yuqumli kasalliklar (YK) bilan og‘rigan bemorlar, radioaktiv moddalar (RM), zaharli (ZM) va bakteriologik moddalar (BM) bilan zararlanganlar.
2.Tibbiy yordam shu yerda ko‘rsatilishi zarur bo‘lganlar.
3.Tibbiy yordam evakuatsiyaning boshqa bosqichlarida ko‘rsatilishi zarur bo‘lganlar.
Tibbiy saralashni tibbiy saralash brigadalari o‘tkazadi. Ular shifokor, feldsher, hamshira, 2 ta registrator va sanitardan iborat. Tibbiy saralash uch jarayonga bo‘linadi:
1.Sanitar ishlovdan o‘tishi zarur bo‘lganlar (RM, ZM, BM,YK).
2.Tibbiy yordam tezlik bilan ko‘rsatilishi va ko‘rsatish joyiga qarab.
3.Evakuatsion belgisiga qarab.
Transportirovka qilganda bemorlarning oyog‘i oldinda, behush holatda, ko‘p qon yo‘qotganda—boshi oldinda, zinapoyadan tushganda oyog‘i oldinda, pastga olib tushishda boshi oldinda bo‘ladi. Boshi yaralangan, kalla suyaklari va bosh miyasi shikastlangan bemorlar zambilda chalqancha yotqiziladi. Burun va jag‘ suyaklari shikastlanganda bosh tomoni baland ko‘tarilgan bo‘ladi, boshni oldinga sal engashtirib o‘tkazib qo‘yilgan vaziyatda tashiladi.
Yaradorlarni jarohatlanish o‘chog‘idan ko‘chirish, o‘choq ichida ko‘chirish, o‘choqdan tez yordam bo‘limiga va kasalxonalarga ko‘chirish tibbiy evakuatsiya, deyiladi.
Yaradorlarni tashish usullari: qo‘lda, yelkada, orqada, tashuvchi yordamida, bir yoki ikki tashuvchi yordamida, birin-ketin, sanitariya zambili yordamida, tashuvchi ilmoqni aylana, sakkiz soni va tugun shaklida yasab tashish.




Yüklə 20,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə