1-rasm. Oshxonaning jihozlanishi



Yüklə 40 Kb.
tarix30.05.2023
ölçüsü40 Kb.
#114432

3.2. Pazandachilik o‘quv xonasida texnika xavfsizligi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablari
Pazandachilik yo‘nalishi bo‘yicha mashg‘ulotlar xonasiga yorug‘lik yaxshi tushadigan, hid va bug‘lardan tozalash uchun maxsus shamollatkich moslamalari o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Uning devorlari kafel bilan qoplangan bo‘lib, qo‘l va oshxona idish-tovoqlarini yuvish uchun alohida chanog‘i bo‘lishi zarur.
Oshxona jihozlarini saqlash uchun mebellar, mahsulotlarga ishlov berish va tayyorlangan taomlarni bezash uchun stollar bo‘lishi hamda mahsulotlarga issiqlik ishlovi berish uchun elektr plita va duxovkalar yong‘inning oldini olish va elektr xavfsizligi qoidalariga muvofiq o‘rnatilishi lozim (1-rasm).

1-rasm. Oshxonaning jihozlanishi.


Pazandachilik oquv xonasida texnika xavfsizligi qoidalari

    1. Ovqat tayyorlashni boshlashdan oldin ishlatiladigan elektr asboblari va jihozlarining sozligi tekshiriladi.

    2. Elektr jihozlarini tok manbayiga ulashda qo‘l quruq bo‘lishi kerak.

    3. Go‘sht qiymalagichda ishlashda unga mahsulotni maxsus moslama bilan surish lozim.

    4. Pichoqni boshqa kishiga sop tomoni bilan uzatish kerak.

    5. Kastrulka yoki qozonda suyuqlik qaynatishda suyuqlikni to‘ldirib solish mumkin emas.

    6. Suyuqlik qaynab turgan idishning qopqog‘ini o‘zidan teskari tomonga qaratib ochish kerak.

    7. Tovadagi qizigan yog‘ga mahsulotni sekin-asta, tovaning bir chetidan solish lozim.

    8. Qaynayotgan suyuqlikka turli mahsulotlarni sachratmasdan ehtiyotkorlik bilan solishni unutmang.

    9. Issiq qozon, tova, idish-tovoqlarni maxsus qo‘lqop yoki moslama bilan ushlash kerak.

    10. Oshxonada tagi qiyshiq, bandlari singan, cheti uchgan, siri ko‘chgan idish-tovoqlarni ishlatmaslik kerak.

Pazandachilik o‘quv xonasida sanitariya-gigiyena qoidalari

    1. Ovqat va pazandachilik mahsulotlarini pishirishda maxsus kiyimlar – ochiq rangli fartuk va qalpoq kiyish yoki oq ro‘mol o‘rab olish lozim.

    2. Ovqatni tayyorlashga kirishishdan oldin qo‘llarni sovun bilan yuvish, tirnoqlar olingan bo‘lishi kerak.

    3. Ovqat tayyorlashda imkon qadar yangi, sifatli mahsulotlardan foydalanish talab etiladi.

    4. Go‘shtga, baliqqa birlamchi ishlov berishda maxsus tamg‘alangan – «XG», «XB» taxtakach va pichoqlardan foydalanish kerak.

    5. Ish o‘rnini tez-tez tozalash va har doim ozoda, pokiza saqlashga rioya etilishi shart.

    6. Xona jihozlari saranjomligi va ozodaligini ta’minlash lozim.

    7. Toza idishlarni maxsus gigiyenik javonlarda saqlash kerak.

    8. Chiqitlarni maxsus qopqoqli idishga solib, o‘z vaqtida chiqarib tashlash talab qilinadi.

Pazandachilik o‘quv xonasida ishlaganda shaxsiy gigiyena qoidalari
Pazandachilik o‘quv xonasida ishlovchi o‘qituvchi va o‘quvchilar shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilishlari juda ham zarur. Ularning shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilmasligi turli yuqumli kasalliklarni (qorin tifi, dizenteriya, tuberkulyoz, teri-tanosil), shuningdek, turli xil ovqatdan zaharlanishlarni keltirib chiqaradi. Pazandachilik o‘quv xonasida quyidagi shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilinishi shart:

  1. Toza kiyimda va ozoda holda ishlash lozim.

  2. Tirnoqlar toza olingan bo‘lishi kerak.

  3. Ishga tushish oldidan qo‘lni sovunlab toza yuvish, toza fartukni kiyishi, sochlarni bosh kiyim ostiga olishi.

  4. Shamollash alomatlari yoki yiringli yaralari, kuygan, kesilgan joylari bor bo‘lsa ishlamaslik lozim yoki ishga qo‘yilmasligi kerak.

  5. Hojatxonaga kirishdan oldin maxsus kiyimlar yechiladi va chiqqandan so‘ng qo‘l sovunda tozalab yuviladi.

Yüklə 40 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə