1. Reabilitatsiya tushunchasi. Fanning ob’ekti, maqsadi va vazifalari


Manbalarda reabilitatsiyaning quyidagi ko‘rinishlari mavjud



Yüklə 375,67 Kb.
səhifə3/4
tarix29.03.2022
ölçüsü375,67 Kb.
#84829
1   2   3   4
Manbalarda reabilitatsiyaning quyidagi ko‘rinishlari mavjud:
  • Turli kasallik tufayli me’yordagi morfofunksional statusning buzilishi natijasida amalga oshiriladigan tibbiy-biologik reabilitatsiya
  • Shaxsning mehnat qobiliyatini susayishi natijasida amalga oshiriladigan kasbiy reabilitatsiya.
  • Ijtimoiy moslashmaganlik natijasida yuzaga keladigan muammolar bilan ishlashdagi ijtimoiy reabilitatsiya.

  •  

Reabilitatsiya olib borishda quyidagi bosqchilarning ahamiyatiga e’tibor beriladi: etiologiya – patologiya – namoyon bo‘lish.

Aynan mana shu mexanizm shaxsda reabilitatsiyani tashkil etishni taqazo etadi. Reabilitatsiyaga muhtoj shaxsning belgilari: psixik buzilish, hayot faoliyatining cheklanishi, ijtimoiy kemtiklik. Shaxsdagi mazkur belgilarni reabilitatsiya qilish uchun quyidagi faoliyatni aniq amalga oshirish darkor:

-Aniq psixodiagnostika

-Shaxsning funksionaal qobiliyatlarini aniqlashtirish

-Psixotexnologiyalarni ta’sir darajasini aniqlashtirish lozim.

 

K.Renner va G.Yumashevga ko‘ra reabilitatsiya-bu kasal va invalidlar (bolalar va kattalar)ning funksional va ijtimoiy mehnatini tiklovchi jamoat zaruratidir. Bular davlat, jamiyat, tibbiyot, psixologik, pedagogik, yuridik va boshqa tadbirlar orqali amalga oshiriladi.



Ijtimoiy reabilitatsiya - bu insonni ijtimoiy mavqei, sog‘ligi, ishga layoqatlilik huquqini tiklashga qaratilgan kompleks choralardir. Ijtimoiy reabilitatsion faoliyatni turli darajalari farqlanadi: ijtimoiy-tibbiy, kasbiy-mehnat, ijtimoiy- psixologik, ijtimoiy- rolli, ijtimoiy-huquqiy.

 

Ijtimoiy-psixologik reabilitatsiya mijoz (nogirin va boshqalarjga jamiyatda va atrof muhitda adaptasiya jarayoni samarali kechishiga, ma’naviy-psixologik muvozanatga erishishga, o‘ziga ishonishga, psixologik diskomfortni bartaraf etishga, to‘liq hayot bilan yashab ketishga yordam beradi.



Shunday qilib reabilitatsiyaning umumiy mazmuni quyidagilardan iborat:
  • Kasallar, nogironlar, hamda boshqalaming qobiliyatini funksional tiklash;
  • Mehnatga moslashish (mehnat terapiya);

  • 3. Uzluksiz ijtimoiy-psixologik reabilitatsiya shaxsni har kunlik hayot faoliyatiga psixik funksiyalarini va kommunikativ qobiliyatlarini qayta tiklash asosida qo‘shiluvchi.

     


Ijtimoiy-psixologik reabilitatsiya ob’ektini umumlashtirib 3 guruhga ajratish mumkin:

1.Ijtimoiy kam himoyalangan guruhlar (etimlar, nogironlar va boshqalar);

2.Marginallar guruhi (daydilar, bomjlar);

3.Xulqi og‘ishgan shaxslar (xukm qilinganlar, alkogoliklar, giyohvandlar va boshqalar

 

Mutaxassislar ijtimoiy reabilitatsiyaning quyidagi tamoyillarini ajratib ko‘satganlar:



1) Ijtimoiy-reabilitatsiyaning bosqichma –bosqichliligi tamoyili.

2) Ijtimoiy reabilitatsiyaning differensialliligi, tizimliligi, kompleksliligi tamoyili.

3) Ijtimoiy reabilitatsiyaning tizimliligi, ichki imkoniyatlarning realizatsiyasi

4) Ijtimoiy reabilitatsiyaning individualligi

5) Ijtimoiy reabilitatsiyaning ochiqligi 

Ijtimoiy reabilitatsiya bosqichlari:

1) Diagnostikaga asoslangan prognostik bosqich

2) Ijtimoiy reabilitatsiya texnologiyalarini saralash bosqichi.

3) Bevosita ijtimoiy reabilitatsiyani amalga oshirish bosqichi

4) Amaliy imkoniyatlarni realizatsiyalash bosqichi

5) Ekspert baholash bosqichi.

 

Ijtimoiy ish – bu odamlarga insonlar orasidagi munosabatlarni hal qilish va jamiyatdagi ijtimoiy o‘zgarishlarda ko‘maklashishga yo‘naltirilgan, ularning hayotiy farovonligini oshirish maqsadida yordam ko‘rsatish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kasbiy faoliyatdir.



 


Yüklə 375,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə